118
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat
transfertlarining oshishi natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy
yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko‗payishi va
davlat xarajatlarining kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo
bo‗ladi. Davlat xarajatlari o‗zgarmas bo‗lgan
sharoitda ham byudjet
taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo‗lishi mumkin. Davriy taqchillik va
ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funksiyalari grafiklarining
«tikligiga‖ bog‗liq. Soliq funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy
soliq stavkasi t ning miqdoriga bog‗liq t qancha yuqori bo‗lsa T chizig‗i
shuncha tik bo‗ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi
o‗zgarishining daromadlar o‗zgarishiga bog‗liqligini xarakterlovchi γ
koeffisent qancha kichik bo‗lsa, G chizig‗i ham shuncha tik bo‗ladi.
Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to‗lovlari oshaveradi,
byudjetdan transfert to‗lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog‗liq bo‗lmagan o‗zgarmas miqdor
bo‗lganda t qanchalik katta bo‗lsa T chizig‗i
shuncha tik va
iqtisodiyotning o‗rnatilgan barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori
bo‗ladi. Ammo iqtisodiy o‗sishning ta‘minlash vazifasi T va G
chiziqlarini yotiqroq bo‗lishini taqozo etadi.
O‗rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaMM hajmini ,
uning potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to‗liq
tugatmaydi va ishlab chiqarishning har
qanday darajasida mavjud
bo‗lishi mumkin.
To‗liq bandlikni ta‘minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi
natijasida davlat byudjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya‘ni
to‗liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) va daromadlari
(xarajatlari) o‗rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko‗pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi
va tarkibiy taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko‗paytirish.
119
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish
orqali qoplanganda
muomalada pul massasini ko‗paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo‗ladi.
Ya‘ni, soliq to‗lovchilar tomonidan davlatga to‗laydigan soliqlar
to‗lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti
kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat
xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu,
lekin ular to‗lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o‗z
mahsulotlari
narxlarini
oldindan
oshirib
qo‗yishadi.
Bu
esa
inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‗z
navbatida foiz stavkasini ko‗tarilishiga olib kelishi mumkin.
Oqibatda
investitsiya xarajatlari, sof eksport hajmi va qisman iste‘mol xarajatlari
kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro‗y beradi va u fiskal
siyosatning rag‗batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo‗yadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning
bu usuli noinflyasion
usul hisoblansada inflyatsiya xavfini ma‘lum muddatga kechiktiradi
xolos. Chunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat
muomaladagi pul massasini ko‗paytiradi. Bu esa o‗z navbatida, baholar
darajasining ko‗tarishiga sabab bo‗ladi. Soliq tushumlarini ko‗paytirish
byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo‗li bo‗lib, u uzoq
muddat talab etadigan soliq islohati o‗tkazilishini talab etadi. Bu
islohotlar
soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish,
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko‗proq mulk egalari va mulkdan
foydalanuvchilar zimmasiga o‗tkazish orqali soliqlar tushumini
ko‗paytirishni ko‗zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish
usullariga muomaladagi pul
mablag‗larini olib qo‗yish va davlat qarzlarini to‗lash kiradi.
Davlat qarzlarini to‗lash nominal daromadlar va muomaladagi pul
massasini oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi
mumkin. Shu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag‗larni muzlatib qo‗yish
byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyasion usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: