15.3-Jadval.
O‗zbekiston respublikasi tashqi savdosining Tovar tarkibi,
jamiga nisbatan foiz xisobida
1990 y
2000 y
2010 y
2018 y
Eksport- jami
100
100
100
100
Paxta tolasi
59,7
27,5
12,1
1,6
Oziq-ovqat mahsulotlari
3,9
5,4
9,7
7,7
Kimyo va kimyo mahsulotlari
2,3
2,9
5,1
6,3
Energiya tashuvchilar va neft
mahsulotlari
17,1
10,3
22,8
18,7
Qora va rangli metallar
4,6
6,6
6,9
8,2
Mashina va asbob-uskunalar
1,7
3,4
5,5
1,5
Xizmatlar
1,3
13,8
10,3
21,3
Boshqalar
9,4
30,2
27,7
34,6
Shu jumladan
Oltin
…
17,0
20,1
20,4
To‗qimachilik mahsulotlari
…
7,2
4,9
11,2
196
Savdo embargosi
- davlat tomonidan tovarlarning ayrim turlarini
istalgan mamlakatga olib kirishni yoki istalgan mamlakatdan olib
chiqishni taqiqlash. Bunday iqtisodiy sanksiyalar iqtisodiy manfaatlar
uchun emas, balki siyosiy sabablarga ko‗ra amalga oshiriladi. Savdo
embargosi BMT qaroriga binoan bir mamlakatga taalluqli yoki jamoaviy
xarakterga ega bo‗lishi mumkin. Savdo aloqalarini cheklaydigan
embargo unda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarga iqtisodiy zarar
etkazadi. Shu bilan birga, savdo embargosiga qo‗shilmaydigan
mamlakatlar ma'lum foyda keltirishi mumkin, chunki ularning tovarlari
eksportining o‗sishi uchun sharoitlar yuzaga keladi.
15.3. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalari va eksport
subsidiyalari
Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya
qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan
iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni o‗sishini ta‘minlasa,
ikkinchi tomondan, iste‘molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi.
Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Ammo subsidiyalarni joriy qilgandan so‗ng ularni bekor qilish
qiyin bo‗ladi, raqobat muhiti yo‗qoladi hamda bu xarajatlarni
moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi.
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning
bilvosita
usullariga
qaraganda
bevosita
usullaridan
kengroq
foydalaniladi. Bevosita usullar mazmuniga ko‗ra, iqtisodiy, ma‘muriy,
me‘yoriy - huquqiy ko‗rinishga ega bo‗lishi mumkin.
Lisenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar
ichida keng tarqalgani hisoblanadi.
Lisenziyalash
– bu, tashqi iqtisodiy operasiyalarni amalga
oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma‘lum tartibidir.
Liseniyalar berish huquqiga O‗zbekiston Respublikasining
quyidagi boshqaruv tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya,
197
Adliya, Ichki ishlar, Sog‗liqni saqlash, Xalq ta‘limi vazirliklari,
shuningdek, Markaziy bank.
Lisenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni,
shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida
kvotalash
keng qo‗llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki,
unda vakolatli davlat yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar,
xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo‗yicha ma‘lum davrga
eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilaydi.
Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to‗lov
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun
muzokaralarda
o‗zaro kelishuvga erishish uchun qo‗llaniladi.
O‗zbekistonda kvotalash xalq iste‘moli mollarini va strategik xom
ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida
qo‗llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi
oqimlarini tartibga solishda ham qo‗llaniladi. Ko‗pgina rivojlangan
mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan
ishchi kuchi importiga kvotalar o‗rnatadi.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko‗proq mos keladi.
Tariflarga nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko‗riladigan farovonlikdagi
yo‗qotishlar ikki holatda katta bo‗ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar
import qilayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar
monopol hukumronligi darajasini oshirsa. Ikkinchidan, importga
lisenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
Ko‗pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag‗batlantirish
tadbiri
sifatida
ko‗pgina
mamlakatlarda
eksport
subsidiyalari
qo‗llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga
mo‗ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu
maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko‗zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari
turli shakllarda qo‗llaniladi. Bularga:
- eksport qiluvchi firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli
kreditlar berish;
198
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor
konyukturasi haqida tekin axborot yetkazib berish;
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq
soliq imtiyozlarini berish;
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport
subsidiyalarining
berilishi
milliy
ishlab
chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo
importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import
bojlari bu yutuqni yo‗qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor
davlat byudjeti yo‗qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa
qo‗shimcha daromad ko‗radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash
ko‗rinishlaridan biridir.
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import
bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi
sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi.
Bunday vaziyatlarda ichki iste‘mol o‗sadi, ishlab chiqarish va eksport
kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab
chiqaruvchilarda yo‗qotishga duch bo‗ladilar. Tashqi bozordagi
baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste‘molchilar yutuqqa
erishsa, davlat esa daromadga ega bo‗ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash
eksport kvotalarining bir turi
bo‗lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga ―ixtiyoriy‖ eksport
miqdorlarini cheklashdan iborat.
Bu yerda «ixtiyoriy so‗zi‘ shartli xarakterga ega. Chunki, eksport
qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o‗z hamkorlari tomonidan birorta
noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste‘molchilar uchun
tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun
iste‘molchilar ularni e‘tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik
bildirmaydilar.
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij
iste‘molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx
belgilashlari mumkin.
199
Kompensatsiya bojlari
- bu xalqaro savdoda keskinlikni
kuchaytiradigan eksport subsidiyalariga javobdir. To‗lovli import
bojlaridan foydalanish natijasida eksport qiluvchi mamlakat milliy
eksportni subsidiyalashtirmaydi, aksincha, import qiluvchi mamlakat
byudjetini moliyalashtiradi. Kompensatsiya (yoki antidemping) bojlari
xorijiy eksport subsidiyalarini zararsizlantiradi. Maxsus antidemping
qonunchiligi
eksport
dotatsiyasini
"adolatsiz"
raqobat
sifatida
tavsiflaydi. Shu munosabat bilan Subsidiyalar va kompensatsiya
choralari to‗g‗risida Shartnoma qabul qilindi ("Subsidiyalar to‗g‗risidagi
kodeks", 1993 yil, Urug‗vayning GATT bo‗yicha ko‗p tomonlama
savdo muzokaralari).
"Subsidiyalar kodeksi" jahon bozorida raqobat uchun normal
sharoitlarni yaratishni, taqiqlangan eksport subsidiyalarini yo‗q qilishni
nazarda tutgan. Biroq, bu muammoni hal qilmaydi, chunki ichki
eksportni JSTni chetlab o‗tib davlat tomonidan subsidiyalash usullari
mavjud (1995 yilgacha GATTgacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |