O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/130
Sana03.11.2022
Hajmi2,04 Mb.
#859567
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

nisbiy ustunlik 
nazariyasida
o‗z yechimiga ega bo‗ldi. 
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan movut va Angliyada 
ishlab chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‗lsin. Shuni 
hisobga olgan holda D. Rikardoning ―Nisbiy ustunlik‖ nazariyasini 
qo‗llaymiz: 
 


182 
14.1-jadval

Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan mehnat sarfi
Movut(bir dona) 
Vino( barrel) 
Portugaliya 
90
80 
Angliya
100
120 
Yuqoridagi misoldan ko‗rinib turibdiki Portugaliya barcha turdagi 
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya‘ni bir dona 
movut ishlab chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab 
chiqarish uchun esa 80 mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo 
Portugaliyada movut ishlab chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish 
savdosini yo‗lga qo‗yish ko‗proq foyda olib kelishini ta‘kidlaydi. 
Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab chiqarish 
arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun 
xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya‘ni, Portugaliya bir barrel vinoni 
(80 birlikda) 120 birlikda Angliyaga sotsa va o‗z navbatida, Angliyadan 
(100 birlikda) ushbu birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga 
ega bo‗ladi.
O‗zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa 8/9 
donaga ega bo‗lar edi. Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino 
ishlab chiqarish va movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi 
quyidagicha bo‗ladi. 
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut. 
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya‘ni 
movut ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‗rtasidagi farq 
vino ishlab chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab 
chiqarishga ixtisoslashish hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham 
yutadi. Ya‘ni, movut ishlab chiqarib, uni Portugaliyaga sotish hisobiga 
11/8 barrel vino (o‗zidagiga nisbatan 5/6 barrel) sotib olishi mumkin. 
Ushbu vaziyatda Angliyaning yutug‗i: 
9 / 8 - 5 / 6 =7 / 24 = 0,29 barrel vino. 
Bu misolda Portugaliya uchun har bir barrel vinoga 9/8 dona 
movut sotib olgandagina xalqaro sovda foydali hisoblansa, Angliya 


183 
uchun esa har bir barrel vinoga 5/6 dona movut almashganda savdo 
foydali hisoblanadi. 
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‗batlantirib, 
quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi 
mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishguncha o‗tgan davrgiga 
nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari sarflaydigan bo‗ladi. 
Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda mamlakatlarning pul 
birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan. Chunki, 
mamlakatlar o‗zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valyutalarini 
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. 
U izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valyutalarni almashtirish 
sharoitida ham saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‗lovlari 
o‗zaro balansga ega emas. Bunday vaziyat valyuta kurslaridagi 
o‗zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi barcha baholarni 
o‗zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum 
xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun: 

mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‗rtasida emas, balki 
mamlakat ichida harakatchan bo‗lishini;

transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa 
cheklashlar hisobga olinmasligini; 

mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi 
texnika va texnologiyalarni qo‗llash hamda ularni ko‗p miqdorda 
seriyali ishlab chiqarishda xarajatlardagi o‗zgarishlar e‘tiborga 
olinmasligini ta‘minlash imkoniyatlari yaratilishi lozim. 
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan vaziyatlarda xalqaro 
savdo narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‗llash mumkin. 
Chunonchi, bir barrel Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam 
narxda (80) va sotib olingan bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik 
kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan Portugaliyada (90 dan 100 
gacha) shunday tartibda sotilishi kerak. 
Mahsulotlar bahosi o‗rtasidagi o‗zaro nisbat aniqlab olingandan 
keyin «savdo sharoiti‘ (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini 
aniqlab olish uchun esa ―savdo sharoiti indeks‖ tushunchasi kiritilgan. 
Bu indeks quyidagi formula orqali aniqlangan: 


184 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish