II.SANOAT KORXONASIDA ASOSIY VOSITALARNING ESKIRISH HISOBI
Asosiy vositalarning eskirishi har oyda davlat tomonidan to’la tiklash uchun o’rnatilgan amortizatsiya me’yorlari asosida aniqlanadi.
Xalq xo‘jaligida asosiy fondlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarni hisoblash tartibi to’gri sidagi Nizomga muvofiq amortizatsiya hisoblash obekti bo’lgan asosiy vositalar tarkibi o’zgargan shuningdek amortizatsiya hisoblanadigan asosiy formulalar ro’yxati ichki xo‘jalik yo’llari asbob uskunalar ,trasnport vositalari ,zaxirada turgan va korxona balansidagi asosiy faoliyatga tegishli bo’lgan asosiy vositalar bilan to’ldiriladi.
1991 yil 1 yanvardan asosiy fondlarga amortizatsiya hisoblash tartibi o’zgargan, unga muvofiq faqat to’la tiklash uchun amortizatsiya hisoblanadi. 1992 yil 1 apreldan boshlab asosiy vositalarga eskirish tiklash qiymati bo‘yicha hisoblanmoqda.
Xorijdan sotib olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda va shunga o’xshash asosiy vositalarga belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomda ijaraga olingan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya hisoblashning turli xil tartiblari ko’zda tutilgan bo’lib u ijaraning turlariga bog’liq. Agar ijaraga topshirilayotgan obekt uzoq muddatli ijara sharti bilan topshirilsa, bunda asosiy vositalarga amortizatsiyani ijarachi hisoblaydi va mahsulotning tannarxiga olib boriladi. Agar ijaraga berilayotgan ob’ekt joriy ijara sharti bilan berilsa unda asosiy vositalarga amortizatsiyani ijaraga beruvchi hisoblaydi va uni realizatsiyadan tashqari jarayonlar xarajatlari tarkibida aks ettiriladi. Hisoblangan ijara haqi esa realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida hisobga olinadi.
Nizomda yangi hisoblash texnikalarini materiallar, priborlar va asbob uskunalarning yangi progressiv turlarini ishlab chiqaruvchi va esportga chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmini ko’paytirishi uchun jismonan va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy vositalarni yoppasiga almashtirishni ko’zda to’tgan korxonalarga amortizatsiya hisoblashning usulini qo’llashga ruxsat etilgan.
Amortizatsiya hisoblashning jadallashtirilgan usulini quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
me’yor bo‘yicha foydalanish muddati 3 yilgacha bo’lgan mashinalar, asbob uskunalar va transport vositalariga;
aeroflotning samolyot motor parkining normativ xizmat muddati samolyot va vertolyotlarning ish soatlari miqdoriga bog’liq bo’lgan ayrim asbob uskunalarga;
avtomobil transportining har 1000 km haqiqatda bosib o’tilgan yo’liga qarab foizda hisoblanadigan amortizatsiya ajratmasiga;
faqat belgilangan sinov va ma’lum mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob uskunalar va texnikalarga jadallashtirilgan amortizatsiya hisoblashda amortizatsiya hisoblashning teng usuli qo’llaniladi, bunda amortizatsiya ajratmasining yillik normasi 2 martadan oshmasligi kerak.
Amaliyotda oylik amortizatsiya miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi: o’tgan oyda amortizatsiya miqdoriga shu oyda kelib tushgan asosiy vositalarning oylik amortizatsiya miqdori qo’shiladi va shu oyda chiqib ketgan asosiy vositalarning amortizatsiya miqdori ayirib tashlanadi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun hisobda 0200 “Asosiy vositalarning eskirishi” kontr-aktiv schyot foydalaniladi. Ushbu schyotga asosiy vositalarning turiga qarab quyidagi subschyotlar yuritiladi:
0211-Obodonlashtirilgan yerlarning eskirishi;
0220-Binolar,inshootlar eskirishi;
0230-Mashina va uskunalarning eskirishi;
0240-Mebel va ofis jihizlarining eskirishi;
0250-Komputer jihozlari va hisoblash texnikalari eskirishi;
0260-Transport vositalarining eskirishi;
0270-Ish hayvonlarining eskirishi;
0280-Koʻp yilllik oʻsimliklarning eskirishi;
0290-Boshqa asosiy vositalarning eskirishi;
0299-Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi.
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya miqdoriga 8700 schyot debetlanadi va 0200 kreditlanadi.
Mahsuldor hayvonlar, bug’ular, kutubxona fondlari, yosh ko’chatlar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari, konservatsiyaga berilgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi.
Amortizatsiya hisoblash muddati tugagan asosiy vositalarga eskirish hisoblanmaydi. O’ziga tegishli asosiy vositalar korxonadan chiqib ketganda 0200 schyot debetlanadi va 9400 schyot kreditlanadi. 0200 schyot bo‘yicha analitik hisob asosiy vositalarning turlari va alohida inventar ob’ektlari bo‘yicha yuritiladi.
Amortizatsiya fondining jamgarilishini va foydalanishini buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilmaydi. Mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan tushum tarkibidagi amortizatsiya ajratmasi hisoblanish schyotiga yoki korxonaning tegishli schyotlariga o’tkaziladi va ushbu schyotlardan asosiy vositalarga tegishli kapital qo’yilmalarini moslashtirish jarayonida hisobdan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |