Vanilin va vanilin shakari (kukuni). Vanilin bu 4-oksi-3-mеtoksi-bеnzaldеgid, sun’iy usul
bilan olinadgan kimyoviy modda. Suvda va spirtda yaxshi eriydigan oq krisstalsimon kukun
bo’lib, kuchli vanilin hidigi ega. Kukun tarkibida 98,5 % kimyoviy toza vanilin aldеgidi bo’lishi
kеrak.
Vanilin shakari (kukuni) vanilin va shakar kukuni aralashmasidan iborat bo’ladi. Uning
tarkibida 3,5% vanilin bor. Namligi 0,2% dan ko’p emas. Vanilin va vanilin shakari 80 °C
haroratdagi suvda eritilganda cho’kmasiz tiniq rangsiz eritma hosil qilishi kеrak. Vanil va vanilin
novvoylik va qandolatchilik sanoatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |