ZK - hisobot davri boshiga bo’lgan TMZ qoldig’i; ZR - kelib tushgan TMZ;
ZT – sotishga tayyor TMZ tannarxi;
ZK1 - hisobot davri oxiriga bo’lgan TMZ tannarxi; ZR – sotilgan TMZ tannarxi.
Joriy hisobga olish tizimini qo’llaganda, tovar-moddiy zaxiralarning balans schyotlaridagi qoldig’i inventarizatsiya yakunlanmaguncha boshlang’ich darajada qoladi. TMZning butun harakati xarajatlarning vaqtinchalik schyotlarida aks ettiriladi, masalan, metariallarning xaridi «Tovar-moddiy zaxiralar»balans schyotida emas, balki 1510 –«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida TMZ qoldiqlarining inventarizatsiyasi natijalari bo’yicha TMZni hisobga olish balans schyotlarining debetlanishi yoki kreditlanishi, «Tovar-moddiy zahiralar bo’yicha tuzatishlar» yoki «Materiallarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar» schyotlari bilan o’zaro aloqoda tuzatuvchi yozuvlar amalga oshiriladi. Butun hisobot davri davomida sotilgan TMZning tannarxi «Tovar-moddiy zaxiralar bo’yicha
tuzatishlar» schyotining qoldig’iga tuzatilgan, «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debeti bo’yicha yig’ilib boriladi. TMZni doimiy hisobga olish tizimini qo’llaganda TMZning balans schyotlarida tovarmoddiy zahiralar qabul qilinishi va chiqib ketishi batafsil aks ettiriladi. TMZni joriy hisobga olishda qo’llaniladigan xarajatlarning vaqtinchalik schyotlarida bu holda qo’llanilmaydi. Natijada butun hisobot davrida TMZning ma’lum turlarining mavjudligi va sotilgan zahiralarning tannarxi ma’lum bo’ladi.
Sotilgan TMZning tannarxi sotilish bo’yicha «Sotilgan mahsulot (tovar)ning tannarxi» schyotida aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida uzluksiz va davriy tizimlarning asosiy farqi shuki, uzluksiz hisob tizimiga muvofiq «Tovarlar» schyotida doimo yangi xaridlar, sotuvlar va tovarlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa muomalalar aks ettiriladi. Zaxiralarning davriy hisob tizimi yuritilganda ushbu schyot tamoyil bo’yicha ma’lumotlar hisobot davrining oxirida mavjud
Tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasi o’tkazilmaguncha, boshlang’ich holida qoladi. Natijada davriy hisob tizimi sharoitida ishlatiladigan
«Tovarlarning xaridi», «Sotib olingan tovarlarning qaytarib berilishi va narxining pasaytirilishi», «Xaridorlardan chegirmalar» va «Tovarlarni sotib olish bo’yicha transport xarajatlari» kabi schyotlar zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimi sharoitida ishlatilmaydi.