L tovushini hosil qilish uchun bir nechta usullardan foydalanish mumkin.
1 usul. Logoped bola bilan birga oyna oldiga o’tirib, unga tilini yassi holatda yuqori va pastki tishlar orasiga olishni va til uchini engilgina tishlagan holda ovoz chiqarishni taklif etadi. Shunda L tovushiga o’xshash tovush hosil bo’ladi. Bunday mashq aniq tovush hosil bo’lmaguncha takrorlanadi.
2 usul. Bunda logoped bolaga tilni yanada yassts holatga keltirib, tishlar orasiga olishi va til uchini engilgina tishlab, i tovushini talaffuz etishni taklif etadi. Shunda l tovushi hosil bo’ladi.
3 usul. Logoped bolaga a tovushini talaffuz qilishni va shu zahotiyoq tilning uchini keng yoyib engilgina tishlashni taklif etadi. Bunda l tovushi aniq hosil bo’ladi. Shundan so’ng l tovushini to’g’ri a.rtikulyatsiyada talaffuz etish o’rgatiladi. L tovushi nutqda aniq va to’g’ri hosil bo’lgach, u bo’g’inlarda, so’zlarda, jumlalarda, she’rlarda mustahkamlanadi.
Logopedik mashg’ulotlar jarayonida bola o’z talaffuzini nazorat qila olishi va o’z nutqini atrofdagilar nutqiga taqqoslash asosida talaffuzidagi kamchiliklarni to’g’rilay olish malakasiga ega bo’lishi kerak.
Logopedik ishlar sistemasini shartli ravishda olti davrga bo’lish mumkin
I davr — nutqsiz tovushlarni bilish.
II davr — bir xil tovush, so’z birikmasi va iboralarda ovozning balandligi, kuchi, tembrini ajratish.
III davr — tovush tarkibi bo’yicha o’xshash so’zlarni ajratish.
IV davr — bo’g’inlarni farqlash.
V davr — fonemalarni farqlash.
VI davr — tovushlarni oddiy tahlil qilish malakalarini rivojlantirish.
Statik tayyorgarlik
1. «Belkurakcha». Til keng holda chiqarilib, bo’shashtiriladi va pastki lab ustiga qo’yiladi. Bunda til titramasligi kerak. Til shu holda 10—15 daqiqa ushlab turiladi.
2. «Qosacha». Og’iz.keng ochiladi, til keng chiqarilib yuqoriga ko’tariladi. Til yuqori tishlar tomon olib booiladi, lekin ularga tekkizilmaydi. Shu holda til 10—15 daqiqa ushlab turiladi.
3. «Ninacha». Og’iz ochiladi. Til oldinga tomon ingichka qilib chiqariladi. Shu holatda 15 daqiqa ushlab turiladi.
4. «Tepacha». Og’iz yarim ochiladi. Tilning orqa yonlari yuqori jag’ tishlar bilan qisiladi. Tilning uchi pastki oldingi tishlarga tiraladi. Bu holat 15 daqiqa ushlab turiladi.
Dinamik tayyorgarlik mashqlar
1. «Soatcha». Til uzuningichka qilib chiqariladi. So’ng shu holda til og’izning o’ng burchagidan chap burchagi tomonga qarab harakatta keltiriladi. Mashq 15—20 marta bajariladi.
2. «Ot». Til tanglay tomon so’rilib, so’ng qo’yib yuboriladi. Shunda til taqillagan ovoz chiqaradi. Tilni taqillatish sekin va kuchli bo’lishi kerak. Bu mashq 10—15 marta bajariladi.
3. «Qo’ziqorin». Og’iz ochiladi. Til tanglay tomon so’riladi, shunda til tanglayga qattiq jipslashadi. Bu holda til ushlab turiladi, shu vaqtning o’zida pastki jag’ pastga tomon tushiriladi. Bu mashq 10—15 marta bajariladi. Bu mashqning «Ot» mashqidan farqi shuki, til tanglayga jipsdashgach, qo’yib yuborilmaydi.
4. «Arg’imchoq». Til uzuningichka qilib chiqariladi, so’ng navbatmanavbat goh burun, goh iyak tomon olib boriladi. Bu vaqtda og’iz bekitilmaydi. Mashq logoped sanog’i ostida 10—15 marta bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |