Nazorat savollari
Dislaliyaning qaysi turlari, ko'rinishlari mavjud?
Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar qaysi yoilar bilan bartaraf e ladi?
Mavzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
Sirg'aluvchi tovushlar talaffuzida kuzatiladigan kamchiliklar va ul ni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatib, aytib bering.
1. Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asr bo’sag’asida. T., «O’zbеkiston» 1997.
2. Barkamol avlod orzusi. T.,1998.
3. Po’latova P. Maxsus pеdagogika. T., 2005.
4. Po’latova P. Maxsus pеdagogika. T., 2014.
Adabiyotlar ro’yxati:
Qo’shimcha adabiyotlar
1. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., 1997.
2. Raxmonova V.S. Dеfеktologiya va logopediya asoslari. T., 1991.
3. Filicheva T.B., Volkova L.S. Logopеdiya. T., “O’qituvchi”. 1993.
10- MAVZU: TOVUSHLAR TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI
Reja
1. Dislaliya va uning turlari
2. Sigmatizm va uning turlari va turli xil sigmatizmlarni bartaraf qilish
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Rotatsizm, lamdotsizm, bolalarda tovushlar talaffuzi, Artikulyatsiya gimnastika mashqlari
1-savol bayoni
Dislaliya termini grekcha so’zdan olingan bo’lib — buzilish, —nutq degan ma’noni anglatadi. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko’p tarqalgan kamchilikdir. Etiologik belgilarga ko’ra dislaliya ikki turga bo’linadi: mexanik (organik) va funktsional dislaliya.
Mexanik dislaliya pereferik nutq apparatining (til, jag’, tanglay, tish) organik buzilishi natijasidir.
Funktsional dislaliyada pereferik nutq apparatining artikulyatsion qismida hech qanday organik buzilishlar,камчиликлар кузатилмайди. Jag’ tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklariga olib keladi. Nonormal prikuslar bir necha xil ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Prognatiya — yuqori jag’ oldinga tomon chiqqan bo’ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi tishlar bilan birlashmaydi Ochiq prikus — yuqori va pastki jag’lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qoladi. Ayrim hollarda bu oraliq faqat oldingi tishlar orasida bo’ladi (oldingi ochiq prikus).Yoni ochiq prikus o’ng tomonli, chap tomonli va ikki tomonli bo’lishi mumkin. Tishlarning (tish qatorining) noto’g’ri tuzilishi ham dislaliyaga sabab bo’lishi mumkin.
Dislaliyaning turlari
Tovushlarni «noto’g’ri talaffuz etish ona tilida hamma tovushlarda uchratish mumkin. Tovushlar talaffuzining buzilishi asosan artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo’lgan: sonor (r, l), sirg’aluvchi (s, z, ts) va shovqinli (sh, j, ch), til orqa (k, g) tovushlarida uchraydi.
Bolalarga tovushlar talaffuzining buzilishi tovushlarni nutqda yo’qligi, ularni buzib talaffuz etish va birbiri bilan almashtirish hollari bilan namoyon bo’ladi. Dislaliya quyidagi turlarga ajratiladi
Sigmatizm (grekcha «sigma» «s» harfining nomini bildiradi). Bunda sirg’aluvchi (s, z, ts) va shovqinli (sh, j, ch) tovushlar talaffuzida kamchiliklar кузатилади.
Rotatsizm (grekcha ro harfi nomidan olingan bo’lib, «r» tovushni bildiradi) r tovushining talaffuzidagi kamchiliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |