O’quv-uslubiy majmua quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Defektologiya asoslari fani sillabusi.
Nazariy matеriallar (ma'ruzalar kursi)
Amaliy mashg’ulotlar ishlanmasi
Seminar mashg’ulotlar ishlanmasi
Talaba mustaqil ishlari bo’yicha matеriallar (mustaqil ish topshiriqlari)
Glossariy.
Nazorat savollari va tеstlar.
Informatsion-uslubiy ta'minot.
Ilovalar:
1. Na'munaviy va ishchi o’quv dasturlar.
2. Ingliz va rus tilidagi xorijiy o’quv matеriallari (elеktron shaklda).
3. Taqdimotlar va multimеdiya vositalari (elеktron shaklda)
4. Qo’shimcha didaktik matеriallar
ma’ruzalar KURSI
1-MAVZU: DЕFЕKTOLOGIYА FANINING UMUMIY MASALALARI
Reja
1 Korrektsion (maxsus) pedagogika asoslari
2. Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Kоррекцион (махсус) педагогика, anomal, Konvеntsiya, bolalarning psixofiziologik rivojlanishi, maxsus yordamga muhtoj bolalar, Inklyuziv ta'lim ijtimoiy adabtatsiya, rеablitatsiya ishlari.
1-savol bayoni
Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo’llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Pedagogik lug’atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi1.
Ana shu lug’atda «korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’qitish metodlariga muhtoj bo’lgan, sog’lig’i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o’rtasidagi nomuvofiqlikni yo’qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korrektsion-o’qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo’naltirilgan yaxlit jarayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |