4. Fotiyning Leksikon” lug’ati.
5. Avtori noma’lum bo’lgan “Katta etimologik lug’at”
Grammatika sohasida qilingan ishlar ham bir talaygina. Gretsiyada grammatikaning boshlang’ich etaplari sof amaliy ehtiyojlar tufayli emas, mantiqiy kategoriyalar bilan bog’liq ravishda yuzaga kelgan. Masalan, Platon til yoki nutqni ikki qismga ot va fe’lga bo’lgan.
Aristotel nutqning qismlarini ancha mukammal ajratgan ikkinchi yirik faylasuflardan biri edi. U so’zlarni uch sinfga (aslini olganda, gap bo’laklariga) ajratadi. Bular ot, fe’l, bog’lovchi va yuklama. Otga nimanidir ataydigan so’z, fe’lga nimanidir atabgina qolmay, uning zamonini ham ko’rsatadigan so’z, bog’lovchi va yuklamalarga esa nomlash vazifasini bajarmay, otlar va fe’llar yonida qo’llanadigan so’z deb izoh beradi.
Kelishiklar haqidagi dastlabki fikrni Aristotel ajratgan. Platon va Aristoteldan keyin stoiklar til kategoriyalarini aniqlashga o’z hissalarini qo’shganlar. Ular nutqning bir qismini- fe’l, bog’lovchi, artikl’, atoqli otlar, turdosh otlarni ajratadilar. Ular hamma so’zlarni ham ma’nolidir deyishgan. Ot va fe’lga stoiklar sintaktik kategoriya
deb emas, morfologik kategoriya deb qaraganlar. Kelishiklarni ajratib, har biriga alohida nom berganlar. Beshta kelishikka ajratganlar. 1. Bosh kelishik, 2. Qaratqich kelishigi, 3. Jo’nalish kelishigi, 4. Tushum kelishigi, 5. Chaqirish kelishik.
Qadimgi grek faylasuflari notiqlikka katta ahamiyat berdilar. Notiqlikka hizmat qiladigan stilistikani Anaksemen asos solgan. Qadimgi grek tilshunosligining falsafiy davrida grammatika, fonetika, bir tamondan falsafadan ajratilmagan bo’lsa, ikkinchi tamondan musika bilan ham qo’shilib ketgan edi. Fonetika musiqadagi ritmika bilan birga o’qitilgan.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Yunonistanda falsafiy davr ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, bu davrda erishilgan tilshunoslikdagi yutuqlardan hozirda ham foydalanib kelinmoqda . Ammo antik tilshunoslar juda katta yutuqlarga erishgan bo’lsalar-da, ularning jiddiy kamchiliklari ham bo’lgan. Masalan, ular hind tilshunoslari singari tilning tarixiy taraqqiyotini tushunmas va bitta til doirasida sheklanib qolgan edilar. Grammarik kategoriyalarni esa mantiq kategoriyalariga bo’ysundirgan edilar. Shunday ekan bu davr manbalari tilshunoslikga beshik vazifasini bajardi deyishimiz mumkin . Bu davr ya’ni falsfiy davr tilshunoslik yuzaga kelishidagi asosiy davr hisoblanadi . Bugun kunda va kelgusida tilshunoslik rivojida yuksak bir poydevor bo’lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |