O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


- Mavzu:Kichik guruhlar psixologiyasi



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/226
Sana22.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#401088
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226
Bog'liq
umumiy psixologiya

11- Mavzu:Kichik guruhlar psixologiyasi 
                     
Reja: 
1.
 
Kichik guruh tushunchasi.  
2.
 
Kichik guruhlar klassifikatsiyasi.  
3.
 
Kichik guruh tuzilishi.  
4.
 
Kichik guruhlar strukturasi va dinamik aspektlari.  
5.
 
Ijtimoiy hayotda kichik gruppalar ahamiyati oshishini obyetiv sharoitlari.  
Asosiy  o‘quv materiali qisqacha bayoni:
 
  Kichik  guruhlar  muammosi  ijtimoiy  psixologiyada  eng  yaxshi  ishlangan  va  ko‘plab  ilmiy 


59 
 
tadqiqotlar  o‘tkazilgan  obyektlardandir.  Bu  an’ana  Amerikada  asrimiz  boshida  o‘tkazilgan  ko‘plab 
eksperimental  tadqiqotlardan  boshlangan  bo‘lib,  ularda  olimlar  oldiga  qo‘yilgan  asosiy  muammo  shu 
ediki,  individ  yakka  holda  yaxshi  ishlaydimi  yoki  guruhda  yaxshiroq  samara  beradimi,  boshqa 
odamlarning  yonida  bo‘lishi  uning  faoliyatiga  qanday  ta’sir  ko‘rsatadi  kabi  savollarga  aniq  ilmiy 
asoslangan javob topish zaruratidir. Shuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro 
hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir yerda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) 
ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ 
faoliyatining  tezligi  oshadi,  lekin  harakatlar  sifati  ancha  pasayishi  aniqlandi.  Bunday  ma’lumotlar 
amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode 
va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa Ijtimoiy psixologiya da ijtimoiy 
fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning 
yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda 
ish-harakatlarning,  fikrlashlarning  tezligida  namoyon  bo‘ladi.  Lekin  ayrim  eksperimentlarda  teskari 
effekt  ham  kuzatildi,  ya’ni,  boshqalar  ta’sirida  individ  reaksiyalaridagi  tormozlanish  faoliyatining 
susayishi  holatlari  kuzatildi.  Bu  hodisa  fanda  ingibitsiya  nomini  oldi.  Lekin  olingan  faktlarning 
qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular 
natijasida qator qonuniyatlar ochildi.  
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga 
kelindiki,  kichik  guruh  “diada”  ikki  kishidan  tortib,  to  maktab  sharoitida  30-40  kishigacha  deb  qabul 
qilindi.  Ikki  kishilik  guruh  deyilganda,  avvalo  oila  –  yangi  shakllangan  oila  ko‘proq  nazarda  tutiladi. 
Lekin  samarali  o‘zaro  ta’sir  nazarda  tutilganda  “(7–2”  kishi  nazarda  tutiladi.  Bunday  guruh  turli 
ijtimoiy-psixologik  tadqiqotlar  uchun  ham,  ijtimoiy-psixologik  treninglar  o‘tkazish  uchun  ham  qulay 
hisoblanadi.  
Ikkinchidan,  guruhning  o‘lchami  qanchalik  katta  bo‘lsa,  uning  alohida  olingan  shaxslar  uchun 
qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. YA’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va 
uning normalarini buzishga moyilligi ortib boradi. 
Uchinchidan,  guruhning  hajmi  kichiklashib  borgan  sari  shaxslararo  o‘zaro  munosabatlar 
taranglashib  boradi.  Chunki,  shaxslarning  bir-birlari  oldida  mas’uliyatlarining  oshishi  va  yaqindan 
bilishlari  ularning  o‘rtasidagi  aloqalarda  doimo  aniqlik  bo‘lishini  talab  qiladi.  Munosabatlardagi  har 
qanday disbalanslar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 
To‘rtinchidan,  agar  guruh  a’zolarining  soni  toq  bo‘lsa,  ular  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlar  juft 
bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. Shundan bo‘lsa kerak,  boshqaruv psixologiyasida odamlarni 
biror  lavozimlarga  saylashda,  saylov  kompaniyalarida  nomzodlarni  elektoratga  taqdim  etishda  va 
umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi. 
Beshinchidan,  shaxsning  guruh  tazyiqiga  berilishi  va  bo‘ysunishi  ham  guruh  a’zolarning  soniga 
bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, 
ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib 
borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi.  

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish