Organizmning ichki muhiti. Qon organizm ichki muhitining bir qismi
hisoblanadi. Organizmning ichki muhitga hujayra ichidagi va hujayra
tashqarisidagi suyuqliklar kiradi. Hujayra tashqarisidagi suyuqliklar o'z navbatida
hujayralararo (to'qima suyuqligi), va tomirlar ichidagi (qon, limfa) suyuqliklarga
bo'linadi. Organizm ichki muhiti, ya'ni yuqoridagi suyuqliklarning miqdori,
kimyoviy tarkib, osmotik bosimi va barcha fizik-kimyoviy hususiyatlari nisbiy
doimiydir. Bu nisbiy doimiylik gomeostaz deb ataladi.
Gomeostaz organizmning ko'pchilik organlar sistemasining birgalikdagi
faoliyati orqali ta'minladi.
Qon hujayra tashqarisidagi suyuqlikning tarkibiy qismi bo'lib, tana
massasining o'rtacha 7% ini tashkil etadi, shundan qon plazmasi 4,5-5%ni tashkil
etadi. Biror organning ish faoliyati buzilsa (kasallik tufayli) organizm ichki
muhitining nisbiy doimiyligi ham buziladi. M-n: me`da-ichak, jigar, buyrak
kasalliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |