O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/360
Sana09.08.2021
Hajmi2,29 Mb.
#142785
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   360
Bog'liq
yosh fiziologiyasi va gigiyena (1)

2. Asosiy
bosqich
(50 daqiqa)
2.1. Ma'ruza davomida asosiy tushunchalarni
qayd etish lozimligini uqtiradi. Talabalarning
yozib olishlarini ta'kidlaydi.
2.2. quyidagi savollar o`rtaga tashlanadi:
- Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani nimani
o`rganadi.
2. 3. Fanning tarixiy rivojlanishi haqida tushuncha
bering.
2.1.Tinglaydilar,
yozadilar.
2.2. Javob
bеradilar, yozib
oladilar.
2.3. Javob
bеradilar,
muhokama
qiladilar.
3. Yakuniy
bosqich
(15 daqiqa)
3.1. Mavzuni umumlashtiradi va umumiy
xulosalar yasaydi. Talabalar diqqatini mavzuning
asosiy tomonlariga qaratadi.
3.2. Mustaqil ishlashlari uchun nazorat
savollariga javob tayyorlab kеlish vazifasini
bеradi.
Tinglaydilar.
Vazifani yozib
oladilar.
1 – MA’RUZA: YOSH FIZIOLIGIYASI VA GIGIYENA FANINING
MAQSADI VA VAZIFALARI


56
Reja:
1. Yosh fiziologiyasi va gigiyena predmeti.
2. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va
ahamyati.
3. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining rivojlanish tarixi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i
hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini
to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham
Yosh fiziologiyasi va gigiyena  fani 1970 yildan boshlab pеdagogika oliy o`quv
yurtlarining o`quv rеjasiga kiritildi.
Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam
fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib
ajralib chiqdi.
Yosh fiziologiyasi faniturli yoshdagi bolalar va o`smirlarning
organizmlarida kеchadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari,
to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'еkt bolalardir.
Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan
sitologiya, gistologiya,  odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena,
sanitariya, iqlimshunoslik kabi  fanlar bilan aloqada.
Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi,
sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat.
Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib bеrish, bir butun
organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash
xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid
morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish
fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini
olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam
beradi.
Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan
organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik
xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan
gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal
funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga
qo`yishda muhim ahamiyatga ega.
Gigiyena grеkcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini
bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini
o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mеhnat gigiyenasi, ovqatlanish
gigiyenasi, epidеmologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.
Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi,
turli sharoitga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar
salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini
yaxshilash  hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-
tadbirlarini  ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish.


57
Sanitariya-lotincha “sanitar”, sog'liq ma'nosini berib, u odam salomatligini
ta'minlaydigan gigiyena talablarini hayotga tadbiq etadi.
 Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani bolalar va o`smirlarni tashqi muhit
sharoitida o`rganadi, bunga esa morfologik va fiziologik usullarni qo`llash orqali
erishiladi.
Gigiyenada tabiiy eksperiment usuli asosiy usul bo'lib, u organizmga tashqi
muhitning har tomonlama ta'sirini o'rganadi.
Fiziologik, gigiyenik tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar matematik usulda
qayta ishlanib, dalillar yanada takomillashtiriladi. Tabiiy gigiyenik eksperiment
usulida bola uchun tabiiy yashash sharoitida (dars soatlari, jismoniy mashqlar,
sport va oddiy o'yinlar va hakozo) organizm va tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro
bog'liqlik, tabiiy omillarning bola organizmiga ta'sirini kuzatib, shu yoshdagi
bolalarga anatomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi.
Gigiyenaning asosiy vazifasi-bolaning har tomonlama barkamol bo'lib
o'sishi va rivojlanishi, jismonan va ruhan yetuk bo'lishi, farovon hayot kechirishi
uchun qulay sharoit yaratib berishdan iborat.
Gigiyena bir kishining shaxsiy ishi bo'libgina qolmay, davlat va jamoatchilik
ishi ham ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Gigiyenaning muhim
bo`limlaridan biri  shaxsiy gigiyenadir.  Yoshlikdan boshlab, to umrining
oxirigacha odam to'g'ri gigiyenik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog'-salomat
bo'lib yuradi va uzoq umr ko'radi. Sog'lom ota-onadan sog'lom bola tug'ilishi
azaldan ma'lum.
Agar inson sog'ligini 100% deb qaralsa, uning 50% i turmush tarziga, 20%i
tashqi muhit sharoitiga, 20%i naslga, 10%i tibbiy yordamga tegishlidir. Demak,
sog'liqni asrashda eng asosiy omil insonning qanday hayot kechirishi hisoblanadi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish