V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Voyaga еtmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning
qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning
tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi olishlari
uchun javobgardirlar.
31-modda. Ta'limni moliyalash
Davlat ta'lim muassasalarini moliyalash rеspublika va mahalliy byudjеtlar
mablag’lari, shuningdеk byudjеtdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga
oshiriladi.
32-modda. Ta'limni rivojlantirish fondlari
Ta'limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda yuridik
va jismoniy shaxslarning shu jumladan chеt ellik yuridik va jismoniy shaxslarning
ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |