O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/360
Sana09.08.2021
Hajmi2,29 Mb.
#142785
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   360
Bog'liq
yosh fiziologiyasi va gigiyena (1)

3-bosqich
Yakuniy
(10 min)
3.1. Mashg`ulotni yakunlaydi,
Talabalarni baholaydi  va faol
ishtirok chilarni  rag`batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish  sifatida
talabalarga hujayra rasmini
chizib kelish va uni konspekt
qilib kelish topshiriladi.
3.1. Eshitadi.
3.2. Topshiriqni
oladi
Hujayraning tuzilishini o’rganish
          Mashg’ulotdan  maqsad. Hujayraning tuzilishi va uning funksiyalarini
o’rganishdan iborat.
Nazariy tushuncha. Tiriklikning eng kichik tuzilish va funfksional birligi
hujayra hisoblanadi. Hujayralar shakli, tashqi, ichki tuzilishi va bajaradigan
funksiyasiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralar sharsimon, duksimon,
prizmasimon, kubsimon va boshqa shakllarda bo’lib, hajmi 5-10 mikrondan 100
mikrongacha bo’ladi. Hujayrani o’rganuvchi fan sitologiya deyilib, uning
ma’lumotlariga ko’ra odam hujayrasining o'rtacha vazni 10
-7
dan 10
-5
gacha bo'ladi.
 Har bir hujayra membrana (parda), sitoplazma, yadro va hujayra organoidlaridan
tashkil topgan.
Hujayra membranasi uch qavat tuzilishga ega bo`lib, har biri taxminan 25 A
qalinlikda bo’ladi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi moddalar
almashinuvini boshqaradi, hamda turli ionlarni tanlab o'tkazish xususiyatiga ega.
Sitoplazma yarim suyuq modda bo’lib,  anorganik va organik   moddalardan
tashkil topgan. Sitoplazma  hujayra membranasining ichida  joylashgan bo’lib,
hujayraning  hamma tarkibiy qismlarini  bir-biri bilan bog’lab,ular orasidagi
aloqalarning  amalga  oshirishda muhim rol o’ynaydi.U tashqi tomondan plazmatik
membrana,ichkaridan esa yadro qobig’i bilan chegaralangan.
Hujayra organoidlariga maxsus tuzilishga ega bo'lgan va ma'lum bir
funksiya bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik to'r, ribosoma,Golji
apparati, mitoxondriya, lizosoma, hujayra markazi va hokazolar.
Endoplazmatik to'r juda ko'p naycha, pufakcha, vakuolalar, donachalarni hosil
qilgan membranadan iborat bo’lib, asosiy funksiyasi oqsil, uglevodlar, yog’ va
yog’li gormonlar sintezlanishida qatnashishidan iborat.


230
Ribosomalar oqsillar sintezida ishtirok etuvchi hujayra organoidi
hisoblanadi. Voyaga yetgan eritrositlarda ribosomalar bo'lmaydi.
Golji apparati  qo'sh qavat membrana bilan qoplangan yirik vakuolalar va
mayda pufakchalardan iborat. Endoplazmatik to’rda sintezlangan moddalar Golji
apparatiga keladi. Bu yerda konsentrasiyalanib, ma'lum shaklga kirib tashqariga
chiqarish uchun tayyorlanadi yoki hujayraning o'zida sarflanadi. Shuningdek
uglevodlar sintezida, lizosomalar va hujayra membranalarini hosil bo’lishida
ishtirok etadi.
Mitoxondriyalar tayoqchasimon, donador, ipsimon shaklda bo'lib, hajmi 0,5
mkm, uzunligi 7 mkm gacha. Ular fermentlar va vitaminlarga boy bo’lib, soni 50-
500 mingtagacha yetadi va ikki qavat membrana bilan o'ralgan. Mitoxondriyalar
hujayrani energiya bilan ta'minlovchi ko'pgina kimyoviy reaksiyalarda ishtirok
etadi.
Lizosomalar bir qavat membranaga ega bo'lgan va hajmi 0,2-0,8 mkm
keladigan tuzilmalardir. Lizosomalarda oziq moddalarni parchalaydigan 40 ga
yaqin gidrolitik fermentlar saqlanadi.
Hujayra markazi ikkita sentrioladan iborat bo'lib, yadroning yaqinida
joylashadi. Sentriolalarning har biri 9 ta mikronaychadan tuzilgan. Hujayraning
bo'linishida bo'linish dukini hosil qiladi.
Yadro sitoplazma markazida  joylashgan. U hujayraning barcha hayotiy
jarayonlarini boshqaradi. Tuzilishiga ko’ra quyidagi tarkibiy qismlarga bo’linadi
yadro qobig’i 2) yadro shirasi  3) yadrocha  4) xromosomalarHujayra 2 xil usulda
ko’payadi.Oddiy amitoz,murakkab mitoz yo’li bilan ko’payadi.Amitoz oddiy
ko’payish  usuli bo’lib, unda hujayra membranasi, sitoplazmasi,yadrosi cho’zilib
xromosoma soni o’zgarmagan  holda 2 ta qiz hujayra hosil bo’ladi.Mitoz
murakkab ya’ni jinsiy ko’payish bo’lib,unda hujayra membranasi,
sitoplazmasi,yadrosi cho’zilib yadro tarkibiga yangi  xromosomalar hosil bo’ladi va
ikkiga bo’linadi.Natijada hosil bo’lgan yosh hujayra bir xil nasl apparatiga ega
bo’ladi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish