O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus


Oliy nerv faoliyatining tiplari



Download 2,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/360
Sana09.08.2021
Hajmi2,29 Mb.
#142785
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   360
Bog'liq
yosh fiziologiyasi va gigiyena (1)

Oliy nerv faoliyatining tiplari. Katta yarimsharlar po'stlog'ining nerv
hujayralari ta'siriga javoban tinch holatdan qo'zg'alish holatiga o'tadi. Bu har
qanday to'qima yoki organning holati va faoliyatini o'zgartiradi. Qo'zg'alishni
yo'qotishga olib keladigan unga qarama-qarshi jarayon tormozlanish deb ataladi.
Bu jarayonlarning paydo bo'lishi, kechishi va almashinib turishi turli odamlarda
turlicha bo'ladi. Ular reaksiyaning kuchi, bir jarayon ikkinchisiga o'tishining og'ir-
yengilligi va ularning muvofiqlashganligi bilan bir-biridan farq qiladi. Buning
natijasida odamlarda oliy nerv faoliyatining ko'p sonli turli-tuman tiplarini kuzatish
mumkin.
Oliy nerv faoliyatining bu xususiyatlari tug'ma (genotipik) va turmushda
orttirilgan (fenotipik) xossalar yig'indisi bilan belgilanadi. Hayvonlar ham, odam
ham nerv hujayralarining kuchiga ko'ra, ikki tipga-kuchsiz va kuchli tipga;
muvozanatlashgani bo'yicha-muvozanatlashgan va muvozonatlashmagan turlarga;
harakatchanligi bo'yicha-harakatchan va sust turlarga bo'linadi. Nerv sistemasining
bu uchala asosiy xossalari bir-biri bilan turli shaklda qo'shilib kelgani tufayli oliy
nerv faoliyatining biri ikkirchisidan anchagina farq qiladigan to'rtta tipini ajratishga
imkon yaratildi. I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining 4ta tip bayon etadi.
1.
Kuchli, muvozanatlashmagan tip. Bunda quzg'alish jarayoni
tormozlanish jarayonidan ustun turadi.Bu tipga kiruvchi bolalar tinib – tinchimas,
ser harakat boshqalar bilan tez o’rtoqlashib, tez urushib qoladigan,o’zidan o’zi
kuladigan xususiyatga ega bo’ladi.Bunday bolalarnung zehni yaxshi bo’ladi-
yu,ammo xulq –atvori jufa murakkab bo’lib,ularning tarbiyasi ota-ona,
o’qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug’diradi.
2. Kuchli muvozanatlashgan harakatchan tip. Bu tip nerv jarayonlarining
juda harakatchanligi bilan ifodalanadi.Bu tipga kiruvchi bolalar qobilyati, zehnli,
ishchan, har bir ishni tezroq bajarishga intiladigan,atrofidagi kishilar va
o’rtoqlariga yaxshi munosabatda bo’ladi.
3. Kuchli, muvozonatlashgan kam harakatchan tip. Bunda nerv jarayonlari
kamroq harakatchanlik bilan ifodalanadi.bu tip vakillari qobilyatli, zehnli,yuvosh
bo’ladi, har bir ishni nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq – atvori,
atrofdagi kishilar va o’rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo’ladi.
4. Kuchsiz tip. Bunda qo'zg'alish jarayoni, ayniqsa tormozlanish jarayoni
sust kechadi.Bu tipdagi bolalar kam xarakat, ish yoqmas,qo’rqoq,mustaqil fikirga
ega bo’lmagan,fikrlash qobilyati past bo’ladi.


107
Gipokrat odamlardagi to'rtta-xolerik, melanxolik, sangvinik va flegmatik
temperamentlarni farq qilgan. Qo'zg'aluvchan tip-xolerik, tormozlanuvchan tip-
melanxolik, kam harakat tip-flegmatik, harakatchan tip-sangvinik temperamentga
mos keladi. Oliy nerv faoliyati mazkur tiplarining bir o'zi kamdan-kam uchraydi.
Ko'pincha bitta individiuymda har xil tiplarga xos belgi va xususiyatlar
bo'ladi.Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko’rsatilgan turlari tug’ma, ya’ni nasldan
naslga berilgan va  bu belgilar, asosan, bolaning yoshlik davrlarida yaqqolroq
ko’rinadi, yosh kattalashgan sari tashqi muhit, ota-ona, o’qituvchilar va atrofdagi
kishilarning tarbiyaviy ta’siri natijasida o’zgaradi.
Nerv sistemasining tiplari bola tug'ilgan kundan boshlab, atrof-muhit va
ijtimoiy sharoit ta'sirida shakllana boradi va hayot mobaynida o'zgarib turadi.
Tabiiyki, bola xulq-atvori tug'ma bo'ladi  va ijtimoiy sharoit ta'sirida ham
shakllanadi. Shuning uchun ham bog'cha, kichik maktab yoshidagi bolani to'g'ri
tarbiyalash ko'p jihatdan nervining tipiga va hulq-atvorining shakllanishiga bog'liq
bo'ladi. Bola ulg'ayar ekan, miya po'stlog'idagi qo'zg'alish, tormozlanish
jarayonlari, nerv jarayonlarining kuchi va harakatchanligi hamda boshqa
xususiyatlari o'zgarib boradi.

Download 2,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish