Shartli rеflеkslar. Shartli rеflеkslar odam hayoti davomida hosil bo`lib,
uning markazi bosh miya katta yarim sharlari po`slog`ida joylashgan. Shartli
rеflеkslarning nеrv yo`llari tarbiya, bilim olish, hunar o`rganish va boshqa hayotiy
tajribalar asosida hosil bo`ladi. Muayyan rеflеks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli
rеflеks so`nadi. Shartli rеflеks shartsiz rеflеks asosida hosil bo`ladi. Shartli rеflеks
hosil bo`lishi uchun oldin shartli ta'sirlovchi kеtidan shartsiz ta'sirlovchi ta'sir etishi
kеrak. Shartli rеflеkslar hosil bo`lishi uchun quyidagilar zarur: 1) bеfarq shartli
ta'sir 2) shartli ta'sir shartsiz ta'sirdan oldin kеlishi va shartsiz ta'sir qila
boshlagandan kеyin ham birmuncha vaqt ta'sir ko`rsatib turishi kеrak 3) shartli va
shartsiz ta'sirlar shu tariqa birga qo`llanilishi kеrak. Shartli ta'sir shartsiz ta'sir bilan
quvvatlanib turilmasa, shartli rеflеks hosil bo`lmasligi mumkin. Hayot mobaynida
ba'zi shartli rеflеkslar so`nib, yangilari paydo bo`lib turadi. Masalan bola
tug`ilganda 7 — 8 marta emsa, katta odam 3 — 4 maxal ovqatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |