Nazorat savollari
MS DOS OT (Amaliyot tizimi)ni tashkil etuvchilari va ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
MS DOS AT ni yuklash qanday bajariladi?
Fayl tushunchasi va fayllarni shartli belgilash to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
Windows 95 (98) amaliyot tizimi. Uning asosiy imkoniyatlari va Windows 3.11 dan farqi nimada?
bob. KOMPYUTER TARMOQLARI VA ULARNING
DASTURIY TA’MINOTI
4.1. Kompyuter tarmoqlari
Shaxsiy kompyuter qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, uning bitta kamchiligi bor, u ham bo‘lsa, faqat bitta foydalanuvchi foy- dalanishiga moslangan. Joriy vaqtda undan bitta foydalanuvchi foydalanib, uning resurslari taqsimlanmaydi.
Kompyuterlarning o‘zaro turli ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuter uchun shunday tarzda (tarmoqqa biriktirilgan holda) foydalanish juda ko‘p afzalliklarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |