bob. TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT
Kompyuter ishlashi uchun zaruriy shart — dasturlarning mavjudligidir.
Dastur ta’minoti 2 guruhdan iborat:
Tizim dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo‘lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli quril- malari orasida muloqotni tashkil qiladi. Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining yadrosi operatsion tizimlar- dir. Operatsion tizim foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o‘rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta’minlovchi dasturlardir.
Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PC DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOSH va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi dasturlar mavjud. Ular dastur utilitlari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi dasturlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |