Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet46/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Ключевые слова: каламбур, игра слов, перевод, способы переводов, ирония, смех, замысел автора, Уильям Шекспир, трагедия.
Key words: pun, wordplay, translation, ways of translation, irony, laughter, author’s intention, William Shakespeare, tragedy.
Byuk Shekspir yaratgan olamshumul pyesalaridagi kalamburlar muallif asarlarida kinoyaviy, sar- kazm, satirik yoki yumoristik effektlari kabi o‘zining odatiy vazifalarida qatnashgan bo‘lsa-da, aslida, Shekspir ijodidagi mazkur uslubiy vositasi ancha yuksak va rang-barang mavqega ega ekanligini kuzati-



1 Komiljon Imomov. O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari. 19-jild. Sumbul qush. Sehrli ertaklar, 2021.
2 Komiljon Imomov. Jonivorlarning sarguzashtlari. O‘zbek xalq ertaklari, 2019.
shimiz mumkin. U.Shekspir asarlaridagi suhbatdoshlar o‘zlarining beparvolik, iltifotsizlik, befarqlik, bi- rovni mazah qilish, piching, istehzo yoki nafrat va boshqa xis tuyg‘ularini izhor etadilar. Shekspir qala- miga mansub komediya, tragediyalari va xronikalarining eʼtiborli jihati shundaki, ulardagi kalamburlar- ning miqdori ko‘pligi jihatidan deyarli teng bo‘lib, ularning vazifasi esa faqatgina komik lahzalar yara- tishdan iborat emasdir. Masalan, taniqli rus shekspirshunos olimi M.M.Morozovning fikricha, “Shekspir asarlardagi kalambur komediya meʼyorlaridan ancha oshib ketgan. Hattoki, kalambur fojiaviy nido sifa- tida ishtirok etishi ham mumkin”.1
Shekspirning so‘z semantikasi va so‘z o‘yini nozikliklari sohasidagi bilimlari va mahorati quvvati dramaturgning o‘z ijodida kalamburdan ustamonlik bilan foydanishida qo‘l kelgan. Аslida, kalambur o‘t- kir dramaturgning sevimli ishi yoki ijodidagi odatiy holat bo‘lib hisoblangan. U.Shekspir asarlaridagi ko- mik qahramonlar va masharabozlari nutqlaridagi murakkab kalamburlarga to‘lib-toshgan va o‘zlarining yumoristik hajv qamchisi ila dunyo sahnasi va adabiyotida hamon baralla yangramoqda. Shekspir qalami- ga mansub kalambur vositasining o‘ziga hosligi shundaki, u satirik emas, balki muloyim kulgini qo‘zg‘a- tuvchi yumshoq va yumoristik tabiatga ega. Shekspir ijodining o‘z zamondoshlaridan farqli jihati shun- daki, ingliz dramaturgi kitobhon yoki auditoriyasiga odob-axloqni o‘rgatmaydi yoki nasihatgo‘ylik qil- maydi, balki aynan shu yo‘l bilan tomoshabinga maʼnaviy va estetik taʼsir o‘ztakazadi. Shuning uchun Shekspir matnidagi kalamburlar hech vaqt ikkinchi darajali masala yoki tasodifiy hodisa sifatida qaralma- gan. Аslida, so‘z o‘yini Shekspir davri uchun xos xususiyat bo‘lib, taniqli dramaturg xalq teatri uchun ijod etgan va u yaratgan kalamburlari tomoshabin va tinglovchilar eʼtiborini tortmay qolmagan. Shuning- dek, Shekspir mazkur uslubiy vositasidan asarning asosiy g‘oyasini va qahramonlarning o‘ziga xosligini namoyon etishda samarali foydalangan. Ingliz muallifi o‘z tragediyalarida qo‘llagan komediyali sahnalari dramatik pafosni zaiflashtirmagan, balki, aksincha, dramalarning fojiaviylik motivini va tomoshabinga bo‘lgan taʼsirini yanada oshirishga xizmat qilgan. Masalan, qirol Lir bo‘ron vaqtida dashtlarda darbadar kezib yurgan vaqtlarida uni g‘am-alam bukib quyganida ham Masxarabozining shiddatli hazil-mutoyiba- lari qirol fojiasini yanada kuchaytiradi. Demak, Shekspir dramalarida, hatto kulgili holat va komiklik fo- jiaviylikni kuchaytiruvchi vosita sifatida ham qo‘llanilgan. Shekspir komizmidagi ikkilanish hodisasini А.S.Pushkin ham juda chuqur payqagan: “dahshat va qo‘rquv kulgi orqali ifodalangan. Hamletning ha-
zillaridan inson tepa sochi tikka turadi”, deydi rus shoiri.
Tarjimada Shekspir tilining o‘ziga xos xususiyatlarini qayta yaratishda muallif zamoni bilan ham hisoblashish lozim. Chunki kalambur kabi vositasi Shekspir dramalarida turli ijtimoiy tabaqalardan kelib chiquvchi barcha qahramonlar nutqlarida qatnashgan (masxarabozlar, zodagonlar, aslzoda ayollar va h. k.). Ularning mag‘zini chaqish uchun Shekspirning har bir asarini chuqur tahlil etish va muallif ijodini biografik maʼlumotlar bilan bog‘lab yaxlit holda o‘rgangandagina, biz bu insonning ruhiy qiyofasini, yaʼ- ni, ijodkorning yaqin do‘sti Ben Jonson aytganidek, “Eyvonning nafis oqqushi”ni ko‘rishimiz mumkin. S.T.Kolrijning Shekspir haqidagi eʼtiroflarida shunday deydi: “uning hazillari tomoshabinlarning g‘am- anduhini tutundek tarqatib yuboruvchi qah-qah urib kulishlariga sabab bo‘lgan” yoki “atayin ularga nis- batan nafratini uyg‘otgan”. Аlbatta, bu xususiyatlarni asar sahnalari uyg‘unligini ta’minlash uchun tarji- mada asrab qolish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, U.Shekspirning “Genrix VI” (ikkinchi qism) tarixiy xronikasidan keyingi kalamburini misol sifatida keltiramiz:
Stanley. Why, madam, that is to be Isle of Man; There to be used according to your state.
Duchess. That is bad enough, for I am but reproach:
and shall I then be used reproachfully?
Stanley. Like to a duchess, and Duke Humphrey’s lady; According to that state you shall be used.
Yuqoridagi misolda Grafinya Stenli bilan o‘rtasidagi suhbati chog‘ida saroyda podshoh g‘azabiga yuliqqanlarga bo‘lgan munosobatning o‘zgarishini juda yaxshi anglayotganini izohlaydi. Shuningdek, uning yangi mavqeyi o‘zidan ko‘ra ko‘proq Grafinyaning atrofida uyushganlar obro‘yiga putur yetka- zishini ham belgilaydi va unga nisbatan bunday nomunosib munosabatning asosiy sababi ham adolatli eʼtirozlarining haqli ginalarida bo‘lishini izohlaydi. Keltirilgan kalambur esa «state» leksik birligining (“holat, vaziyat, ahvol” va “martaba, mavqe, o‘rin”) kabi tushunchalarida qurilgan.
Стенли



1 http://svr-lit.ru/svr-lit/articles/morozov/yazyk-i-stil-shekspira.htm
На остров Мен, миледи. Будут с вами Согласно званью обращаться там.1 Герцогиня
Вот это-то и плохо: я ‒ позор;
Со мной позорно будут обращаться?2
yoki: O.Chyuminaning tarjimasi ancha oldin bajarilgan bo‘lsa-da, unda zodagonlar davrasidagi mavqe va martaba insonning aslzodalik holatidan emas, balki hokimiyat izmi bilan belgilanishini ochiq- oydin ko‘rsatadi. Mutarjim muallifning kalamburini rus tilidagi “polojenie” kabi ko‘p maʼnoli so‘zidan ustamona foydalangan.
Стэнли. На острове Мэн, чтоб там миледи, жить, как подобает в положенье вашем. Герцогиня. В позорном положенье я теперь. Позорное ли встречу обсуждение?3
Keyingi “Richard III” nomli xronikasidan keltirilgan kalamburi tahlillarida mazkur asar qahramon tabiatining baʼzi bir o‘ziga xos tomonlarining ochiqlanishini kuzatishimiz mumkin. Shekspir asar qahra- monini Richard Glosterni quyidagicha tasvirlaydi: “U yuragidagi sirini hech kimga aytmaydigan, tabiatan damdo‘z, mahoratli riyokor, mo‘min qiyofali, ammo yuragida takabbur odam: ich-ichidan nafratlanadigan odamlarga sirtdan xushomad qilar, o‘ldirishni niyat qilgan odamlardan bo‘sa olish imkoniyatini boy ber- masdi; g‘azabidan bo‘lak izzati-nafsidan ham qahri qattiq va beshafqat yovuz battol edi...”Yovuzlik qah- ramonining bunday xususiyatlari taxtga daʼvogarlik qilayotgan jiyani bilan bo‘lgan suhbatida namoyon bo‘ladi. Suhbat davomida Richard so‘zlarini boshqacha talqin qilgan (yaʼni, “greater gift” – “qimmatbaho sovg‘a” o‘rnida “hajmi katta sovg‘a” yoki “light”‒“yengil” maʼnosi o‘rnida “arzimas”) York amakisining xasis va toshyurak odam ekanligiga shama qiladi. Undan tashqari, Richard hadya qilgan sovg‘alari, yaʼni, xanjar va qilichning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur buyumlar uning qonxo‘r va vahshiy ekanligi, shu- ningdek, tez kunlarda jiyani York amakisining qo‘lida o‘lim topishidan darak bermoqda. Keltirilgan mi- solda esa Shahzoda va York gersogi yosh bo‘lsalar-da, o‘ta zukko va ularning ayovsiz zaharli achchiq ha- zillari amakisi Glosterning asabiga tegayotgan edi.
Gloucester. A greater gift than that I’ll give my cousin. York. A greater gift! O, that's a sword to it.
Gloucester. Ay, gentle cousin, were it light enough. York. O, then I see, you will part but with light gifts; In weightier things you will say a beggar nay...4
Quyida keltirilgan А.Radlovaning rus tarjimasida muallifning birinchi kalamburi to‘liq muvofiq- likda o‘girilgan bo‘lib, shuningdek, ikkinchi uslubiy vositasi tarjimasi esa mazmunan yaqin ko‘p maʼnoli so‘z yordamida amalga oshirilgan:
Глостер. Я большего для вас не пожалею.
Герцог Йоркский. Ах, большего? Ну меч дадите мне? Глостер. Охотно, если б он поменьше был.
Герцог Йоркский. Ах, вы щедры на мелкие подарки, а в большем вы откажете…
“Kalambur” termini va “so‘z o‘yini” tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, aslida, ular sinonimik munosabatdagi hodisa emasdir. Odatda, so‘z o‘yini yoki so‘zlar juftligi masalan, omonimlar o‘rtasidagi munosabatlarining o‘yini asosida qurilishi kuzatiladi. Kalamburning tarkibi esa faqatgina so‘zlardan tash- kil topib qolmay, balki mazkur stilistik vositaning murakkab tabiatini o‘rganish ancha keng fonetik-grafik va semantik yondashuvlarini toqozo etadi.





1 Уильям Шекспир. Генрих VI. Часть вторая. Перевод Е. БИРУКОВОЙ. ПСС в восьми томах, издательство “Искусство”, 1958, т. 1, OCR Бычков М.Н.
2 http://lib.ru/SHAKESPEARE/henry6_2.txt
3 Шекспиръ В. Полное собраніе сочиненій. Библіотека великихъ писателей подъ ред. С.А.Венгерова. Т. 5, 1905, Король Генрих VI, три части, автор Вильям Шекспир, пер. Ольга Николаевна Чюмина https://fantlab. ru/translator4069
4 http://shakespeare.mit.edu/richardiii/full.html


Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish