MMIBDO‘ ________________________
«_____» __________________ 201 yil.
MAVZU: Grаvitаtsiya mаydоni vа butun оlаm tоrtishish qоnuni
REJA:
1.Grаvitаtsiya mаydоni vа butun оlаm tоrtishish qоnuni.
2.Birinchi vа ikkinchi kоsmik tеzliklаr.
3.Jismning bir nеchа kuchlаr tа’siridаgi hаrаkаti.
4.Kuchni tаshkil etuvchilаrgа аjrаtish vа burchаk оstidа tа’sir etuvchi kuchlаrni qo’shish.
5.Jismning muvоzаnаt shаrti.
O’ituvchi o’quvchilar diqqatini yangi mavzuga jalb etishi va ularni o’zlashtirishiga tayyorlashi kerak
3.O’quvchilarning egallagan bilimini tekshirish va baholash:
O’qituvchi o’tilgan mashg’ulot mavzusi mazmunidan kelib chiqib, o’quvchilarning bilimini tekshiradi
YAKKA SAVOLLAR
1. Jism oladigan tezlanish massaga va kuchga bog'liqmi?
2. Nyutonning ikkinchi qonuni nimaga asoslangan?
3. «Harakat miqdori» tushunchasini kiritish nima uchun kerak?
4. Harakat miqdori va uning yo'nalishi.
5. Kuch impulsi nima?
6. Kuchlar ta'sirining mustaqillik prinsipi nimaga asoslangan?
7. Kuchlarning teng ta'sir etuvchisi.
4.Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi.
Nyutonning uchinchi qonuni
M a z m u n i: Nyutonning uchinchi qonuni. Galileyning nisbiylik prinsipi.
Nyutonning uchinchi qonuni. Biz biror jismning yoki jismlarning, boshqa jismga ta'siri haqida gapirdik. Tabiiyki, ta'sir ko'rsatilayotgan jism o'zini qanday tutadi, degan savol tug'iladi. Tajribalarning ko'rsatishicha, u ham ko'rsatilayotgan ta'sirga teng va qarama-qarshi yo'nalgan kuch bilan ta'sir ko'rsatadi. Moddiy nuqtalar (jismlar) orasidagi bunday o'zaro ta'sir Nyutonning uchinchi qonuni yordamida aniqlanadi: moddiy nuqtalarning bir-biriga har qanday ta'siri o'zaro ta'sir xarakteriga egadir. Moddiy nuqtalar ta'sir kuchlarining kattaliklari doimo bir-biriga teng, yo'nalishlari qarama-qarshi va ularni tutashtirgan to'g'ri chiziq bo'ylab yo'nalgan:Masalan, ikkita qayiq haydovchilari arqonning ikki tomonidan ushlab turgan bo'lishsin. Ular orasidagi masofaning teng o'rtasini belgilaymiz. Endi qayiq haydovchilardan biri arqonni torta boshlasin. Ikkinchisi esa arqonning uchini ushlab turaversin. Qayiqlar oradagi masofaning teng o'rtasida uchrashganini ko'ramiz. Shu tajribani rolikli konkichilar bilan ham o'tkazib ko'rish mumkin. Bu tajribalar Nyutonning uchinchi qonuni o'rinliligini ko'rsatadi. Shuningdek, markazga intilma va markazdan qochma kuchlarning tengligi ham Nyutonning uchinchi qonunining isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |