x = x (t),
-y = y{t), (i.i)
z = z (t)
yoki vektor ko'rinishida r = r(t).
Moddiy nuqta holatining vaqtga bog'liqligini ifodalaydigan bu tenglamaga moddiy nuqta harakatining kinematik tenglamasi deyiladi.
Vektor kattaliklar. Vektorlar ustida amallar bajarish
Mazmuni: vektor kattaliklar; vektorlarning ifodalanishi; vektorlar ustida algebraik amallar; ikki vektorlarning skalar va vektorial ko'paytirmalari. Fizik kattaliklar. Fizikada, asosan, ikki xil kattalik qo'llaniladi. Ulardan biri o'zining son qiymati bilan to'la aniqlanib, skalar miqdorlar yoki skalarlar deyiladi. Bunday kattaliklarga yuza, hajm, zichlik, massa, issiqlik miqdori, energiya miqdori va boshqalar kiradi. Ikki xil kattaliklarni to'la ifodalash uchun esa ularning son qiymatlaridan tashqari yo'nalishlari ham berilgan bo'lishi kerak. Bunday kattaliklar vektor kattaliklar yoki vektorlar deyiladi. Ko'chish, tezlanish, kuch, kuch momenti vektor kattaliklardir.
Vektorlarning ifodalanishi. Chizmada tugash nuqtasi strelka qo'yish bilan ko'rsatilsa, yozuvda vektor belgilangan harf ustida strelka qo'yiladi (r). Vektorning son qiymati uning moduli yoki uzunligi deyiladi va yoki \f\ dek ko'rsatiladi.
Uzunliklari teng va yo'nalishlari bir xil bo'lgan vektorlarga o'zaro teng vektorlar deyiladi. Uzunligi bir birlikka teng bo'lgan vektorga birlik vektor deyiladi va r0 kabi belgilanadi: r = rr0.
Boshlang'ich nuqtasi tekislik yoki fazoning istalgan nuqtasida yotishi mumkin bo'lgan vektorlarga ozod vektorlar deyiladi. Biz ozod vektorlar bilan ish ko'ramiz, ya'ni vektorlami kerakli nuqtaga ko'chiramiz. Bu ular ustida amallar bajarilishini osonlashtiradi. O'z navbatida fazoning va vaqtning bir jinsliligi, ya'ni ularning barcha qiymatlarining teng kuchliligi bunga to'la imkon beradi. Vektorlar ustida amallar.
Vektorlarni qo'shish. Ikkita a va b vektorlar yig'indisi deb, tomonlari shu vektorlardan iborat bo'lgan parallelogrammning diagonaliga teng bo'lgan vektorga aytiladi : с = a + b.
Bunda ava 6 vektorlar 0 nuqtaga ko'chirilgan va ularga parallel bo'lgan a' va b' vektorlar yordamida parallelogramm hosil qilinip., a va b vektorlarni qo'shish uchun b vektorning boshini a vektorning tugash nuqtasiga ko'chirish va a vektorning boshlanish nuqtasini b vektorning tugash nuqtasi bilm tutashtirish kifoya ekan. Bir nechta vektor qo'shilganda aynan shunday ish tutiladi:
d=a + b+c.2
Algebraikyig'indi deganda kattaliklarningson qiymatlarini qo'shish, Mometrik yig'indi deganda esa son qiymatlaridan tashqari yo'nalishlarini ham hisobga olib qo'shish nazarda tutiladi.
Vektorlarni ayirish. avektordan 6 vektorni ayirish, a vektorga (- /+) vektorni qo'shish kabi bajariladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |