Induktsiya va deduktsiya usuli. Induktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro’y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildirsa, deduktsiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko’rishni anglatadi.
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo’lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O’zbekistonda ishsizlik 2003 yilda 0,5 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o’sishi o’tgan yilda yiliga 3,8 foizdan oshmadi va h. k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo’lishi kerakligi to’g’risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o’sishi narxlarning o’sish sur’atidan yuqori bo’lishi zarur va h. k.
Do'stlaringiz bilan baham: |