O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`limVazirligi Buxoro Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Iqtisodiy ta’lim va turizm kafedrasi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar dinamikasi



Download 397,29 Kb.
bet22/42
Sana12.01.2017
Hajmi397,29 Kb.
#236
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlaiga ajratilgan kreditlar dinamikasi8

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ-1047-sonli «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to`ldirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’risida»gi Qaroriga asosan 2013 yilda tijorat banklari tomonidan mahalliy oziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qariyb 1 263 mlrd. so`m yoki 2012 yilga nisbatan 1,3 barobarga ko`p kreditlar ajratildi.



Fikrimizcha, hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o`sish sur`atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo`lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o`rin tutmoqda. Bunga, asosan, huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotning mazkur sektori uchun barqaror qulaylik, imtiyoz va kreditlar tizimini shakllantirish masalalariga jiddiy e`tibor berilayotgani tufayli erishilmoqda.

2012 yil davomida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyati bilan bog’lik loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 48,5 mlrd. so’m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. "Mustahkam oila yili" da oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, turmush darajasini oshirish maqsadida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar, jumladan mebellar, maishiy texnikalar va boshqa turdagi uzoq foydalaniladigan jihozlarni sotib olishga jami 320 mlrd. so’mlik, shu jumladan 15 mingta yosh oilaga uch yillik qaytarish muddati bilan 81 mlrd. so’mlik iste`mol kreditlari ajratildi.

2012 yilda mamlakatimizning yuqori sur`atlar bilan barqaror o’sishini ta`kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor iqtisodiyotimizga yo’naltirilgan kapital mablag’lar, investitsiyalarning tobora o’sib borayotganida, bu ko’rsatkich yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. Banklarning roli iqtisodiyotininig etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, uy-joylar qurilishini, transport va infratuzilmaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha o’z investitsion siyosatida, ayniqsa ahamiyatlidir. Banklar tomonidan ajratilgan kredit qo’ilmalari qoldig’i esa 30,5 foizga o’sib, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra 20,4 trln. so’mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 85,8 foizi ichki manbalar hisobiga berilgan bo’lib, tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, asosan iqtisodiyotniig strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb qilinmoqda. Yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig’i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda. Banklarning investitsiya kreditlari ustuvor ravishda "2011-2015 yillarda sanoatni rivojlantirish", "2012 yilgi Investitsiya dasturi" hamda tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish davlat dasturlariga kiritilgan loyhalarni qo’llab-quvvatlashga, kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub`ektlari tomonidan minitexnologiyalarni sotib olishga yo’naltirilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko’paytirishni rag’batlantirish borasidagi qo’ushimcha chora-tadbirlar tug’risida" 2009 yil 28 iyunda imzolangan PQ- 1166-sonli Qaroriga binoan tijorat banklariga quyidagi imtiyozlar berildi:

- 2015 yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab, tabakalashtirilgan stavkalar bo’yicha foyda solig’ini to’lash;

- tijorat banklariga korxona va tashkilotlar - yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda ekspertizadan o’tkazish bo’yicha xarajatlarni umuman loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, moliyalashga kreditlar berishni amaliyotga tatbiq qilish joriy etildi.

Natijada 2012 yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 5760 mlrd. so’m yoki 2011 yildagiga nisbatan 1,3 barobarga ko’p investitsiya kreditlari ajratildi.

Bank tizimining respublikamizda uy-joy qurilishini rivojlantirish va mazkur jarayonni moliyalashtirishdagi faoliyati alohida e`tiborga molikdir. Banklarning ushbu yo’nalishdagi kreditlari ham uzoq muddatga mo’ljallangan bo’lib, ular investitsion kreditlar tarkibida salmoqli o’rin egallaydi.

Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo’yicha "Qishloq qurilish bank" tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 2012 yilda mazkur bank tomonidan namunaviy loyihalar bo’yicha 8510 ta yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga jami 810,0 mlrd. so’mlik mablag’ yo’naltirildi. Ushbu mablag’ning 294,8 mlrd. so’mi mijozlarning badallari va 515,2 mlrd. so’mi "Qishloq qurilish bank"ning kreditlari hissasiga to’g’ri keladi. Mazkur kreditlar "Qishloq kurilish bank" tomonidan imtiyozli ravishda 15 yil muddatga 7 foizli stavka buyicha ajratilmoqda.

Iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy soglomlashtirish, qayta tiklash, texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish va keyinchalik ushbu korxonalarni strategik investorlarga sotish borasida ham banklar tomonidan 2012 yilda salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 2013 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, tijorat banklari tomonidan jami 168 ta iqtisodiy nochor korxona bank balansiga qabul qilingan bo’lib, ushbu korxonalarda ishlab chiqarishni tiklash vа modernizatsiya qilish maqsadida banklar tomonidan 388 mlrd. so’mlik investitsiyalar kiritildi hamda faoliyati tiklangan korxonalarning 120 tasi yangi mulkdorlarga 919,3 mlrd. so’mga sotildi.

Bugungi kunda tijorat banklari balansidagi faoliyati tiklangan korxonalarni yangi mulkdorlarga sotish ishlari olib borilmoqda hamda 11 ta korxonada ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha texnologik liniyalarni tiklash, qurilish-ta`mirlash, yangi uskunalar o’rnatish va modernizatsiyalash bilan bog’liк ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda eksportga etkazib berish hajmi va turlarini ko’paytirish, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag’batlantirish, ularga mahsulotlarini yangi jahon va mintakaviy bozorlarga olib chiqishda ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi "Eksport qiluvchi korxonalarni rag’batlantirishni kuchaytirish vа raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga etkazib berishni kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risida"gi PQ-1731-son Qarori qabul qilindi.

Natijada, banklar balansiga olingan holda faoliyati tiklangan korxonalarda jami 1,7 trln. so’mlik mahsulot (xizmat) ishlab chiqarildi va shundan, 480,0 mln. AQSH dollari mikdorida mahsulot eksport qilindi.

Hayot darajasi, birinchi navbatda, aholi daromadlari miqdori bilan belgilanadi. 2012 yilda bu ko’rsatkich O’zbekistonda 17,5 foizga o’sdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi.

Yurtimizda kechayotgan o’zgarishlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real pul mablaglari, o’rtacha nominal va real ish haqi miqdori belgilangan eng kam ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiya ko’rsatkichlarini yaqqol namoyon etmoqda.




Download 397,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish