Kafedra mudiri: katta o`qituvchi S.N.Haydarov
Mundarija
KIRISH
I-BOB.SPORT BAYRAMLARI VA ULARNING KLASSIFIKASIYASI
1.1.Sport bayramlarining ahamiyati va ularning mohiyati
1.2.Bayramlar jismoniy tayyorgarlik va jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida
II.BOB.BAYRAM SSENARIYLARI VA ULARNING TUZISHGA QO'YILADIGAN TALABLAR
2.1.Bayramlar o'tkazish tajribasidan va bayram dasturi
2.2.Sport bayramlarini tarkibiy qisimlari
2.3.Sport bayramlari, xalq sayllari va milliy xalq bayramlarida kasbiy va milliy xalq o'yinlari
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Dolzrabligi: Jaxondagi barcha davlatlar, xalqlar eng avvalo salomatlikni saqlash, jismonan baquvvat bo`lish, uzoq umr qo`rish va ular bilan bog`liq bulgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda umummadaniy jarayonlarga jiddiy e’tibor bilan qarashadi. Bu tabiiy bir xoldir.
Yurtimizdagi aholining barchasi bu yo`llarni yaxshi biladi yoki o`z vaqtida ulardan maqsadli foydalanmoqdalar, deb aytish qiyin bulsa ajab emas. Shu sababdan barcha yoshdagi kishilarda, ayniqsa yosh bolalarda turli kasalliklarga chalinishi, jismonan zaif xolatlari kup uchraydi. Bunday noxush voqealiklarning oddini olish maqsadida tibbiyot soxosi uzoq yillardan buyon xizmat qilib keladi. Barcha soxadagi ta’lim-tarbiya jarayonlarida salomatlikka erishish yo`llarini o`rgatib kelinmoqda. Xadislar, turli xil dostonlar, badiiy asarlarda tabiiy harakatlarni ustalik bilan bajarish, jismonan chiniqish, mahoratga erishish masalalari chuqur bayon etilganligining guvoxi bo`lish mumkin. Ayniqsa buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy meroslarida insonni tugilishigacha va undan keyingi bir umr bo`yicha parvarishlash, jismoniy tarbiyalash, chiniqtirish yo`llari aniq ko`rsatib berilgan. Bunday jarayonlarni davom ettirish va hayotda amaliy jixatdan foydalanishda xozirgi davr pedagogika, anatomiya, fiziologiya, gigiyena, jismoniy tarbiya fanlari va boshqa ilmiy asoslangan ilg`or tajribalar asosida xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqilligi sharoitida sog`lom avlodni tarbiyalab yetishtirish, ularning jismoniy va ma’naviy kamolotini doimiy ravishda oshirib borish tadbir-choralari ishlab chiqildi. Aholining barcha tabakalari va qatlamlarida jismoniy tarbiya, sport, sayoxat va xalq milliy o`yinlaridan keng, maqsadli foydalanishlariga sharoitlar yaratib berilmoqda. Jismoniy tarbiyaning salomatlikni yaxshilash, mehnat qobiliyatini oshirish, umrni uzaytirishdagi afzalliklari haqida teleradio, matbuotlarda keng kulamda targ`ibot ishlari olib borilmoqda. Maxsus adabiyotlar, o`quv-uslubiy qo`llanmalar nashr etilmoqda. Ulardan maqksadli va ongli ravishda foydalanish xar bir fuqoroning burchi xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |