O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana31.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#522230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
22222-converted

Қон томиридан қонни оқиб 
чиқишини секинлаштириш
Қон томирлар нерв-мускул
аппаратининг
фалажланиши,
қон
томирларининг
тонусини
йўқолиши сабаб бўлади.
Қон томири юзасини 
кенгайиши
Қонни қуюқлашиши, 
ёпишқоқлиги
Қон томирини атроф 
тўқима суюқлиги билан 
босилиши
Қон томири ички деворига 
лейкоцитлар ёпишиб 
томирлар девори нотекис 
бўлиши
YAllig‘lanish o‘chog‘idagi qon tomirlar reaksiyasi turli xil qo‘zg‘atuvchilar 
tasirida o‘zgaradi. Masalan: qon tomirlarini toraytiruvchi (adrenalin kafein va 
boshqalar) va tomirlarni toraytiruvchi simpatik nerv tasirini sezmay qo‘yadi. Qon 
aylanishini sekinlashishi qon tomirlarida qonni oqishini to‘liq to‘xtashigacha 
o‘zgartirib, tromboz va qon quyilishiga o‘xshash o‘zgarishlar hosil bo‘ladi. Qon 
aylanishini yallig‘lanish o‘chog‘ida buzilishi moddalar almashinuvini yomonlashtirib, 
yallig‘lanish markazidagi hujayralarni oziqlanishini buzib, bu o‘zgarishlarni o‘zi ham 
yallig‘lanishini kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Qon tomirlarini kengayib, qon oqishi sekinlashishidan qon tomirlarini 
o‘tkazuvchanligi kuchayib, qonning suyuq qismlari bilan shaklli elementlarini sizib 
chiqishi yuz beradi va bu jarayoni ekssudatsiya deyiladi. Ajralib chiqqan suyuqlikka 
ekssudat deyiladi. Ekssudat transudatdan tarkibida oqsilni 2-4 barovar, shaklli 
elementlar, mahalliy to‘qima elementlar, to‘qimalarni parchalanish mahsulotlarini, 


bazi bir fermentlarni va boshqa mahsulotlarni bo‘lishi bilan farq qiladi. Ekssudatsiya 
jarayoni bir necha sabablarga bog‘liq bo‘lib, ulardan asosiylari kapillyar qon 
tomirlarini o‘tkazuvchanligi, tomirlarda qon bosimini baland bo‘lishi, osmatik va 
onkotik bosimni yallig‘lanish o‘chog‘ida yuqori bo‘lishi hisoblanadi.
Kapillyarlar o‘tkazuvchanligi yallig‘lanish o‘chog‘ida to‘plangan fiziologik 
aktiv moddalar: gistamin, bradikinin, serotinin hamda kaliy va vodorod ionlariga 
bog‘liq bo‘lib, bu ionlar qon tomirlar devorini shishiradi, kolloid moddalarni 
suyultiradi va qon tomirlarni oziqlanishini buzadi.
Sog‘lom kapillyar qon tomirlaridan suv va kristolloidlar o‘tib, o‘tkazuvchanlik 
kuchayganida kolloid moddalardan oqsillar dastlab albuminlar (past molekulyar 
og‘irlikdagi) o‘tadi.
YAllig‘lanishda yallig‘lanish o‘chog‘iga katta miqdorda qon oqib kelib, qon 
oqib ketishi zaiflashib, qon tomirlarida bosim oshadi, bu qon tomirlaridan yana 
ko‘plab suyuqliklarni sizib chiqishiga sharoit yaratadi. Bunday kuchli ekssudatsiyada 
qon tomirlarida qon bosimi pasayib, qon oqishini zayiflashtiradi. Ekssudatsiyaga 
yallig‘lanish o‘chog‘idagi osmatik va onkotik bosim ham tasir ko‘rsatadi. Osmotik va 
onkotik bosimni o‘zgarishi yallig‘lanish o‘chog‘idagi yani yallig‘lanish manbayida 
osmotik va onkotik bosimlarni oshiradi.
Ekssudatsiya davrida qon tomirlaridan suv, tuz, oqsil yani hujayrasiz mahsulotlar 
ajralib, keyinchalik endi qon tomirlaridan to‘qimalarga leykotsitlar chiqa boshlab, 
leykotsitlar emigratsiyasi deyiladi. Qon oqishini sekinlashishidan qonning shaklli 
elementlarini qayta taqsimlanishi va leykotsitlarni qon tomirlar devorlari bo‘ylab 
joylashib, leykotsitlar emigratsiyasi yuzaga keladi. Normal hayotiy jarayonlarda qon 
ikki qavat yupqa, qon tomirlar chekkasida joylashgan plazma va markazda harakat 
qilayotgan shaklli elementlarning joylashishi bilan harakterlansa, eritrotsitlar 
solishtirma og‘irligi yuqori bo‘lib qon tomirlarini o‘rtasida, leykotsitlar engil bo‘lib 
periferiyasida harakat qiladi. 
Qon oqishini sekinlashishi bilan engil leykotsitlar qon tomir chekkasiga chiqib 
to‘planib, to‘qnashib, qon tomir devori bo‘ylab surilib harakat qiladi. Keyin guruh-
guruh bo‘lib qon tomirlariga yopishadi. Bunday etib oq qon hujayralarini qon tomirlar 
ichki devori bo‘ylab to‘planishiga leykotsitlarni qon tomirlari bo‘ylab joylashishi 
deyiladi. Leykotsitlarning qon tomirlar devori bo‘ylab joylashishi natijasida ular 
o‘zlarini aylana tuzilishini o‘zgartirib, ingichka protoplazmatik o‘simta-psevdapodiy 
hosil qilib qon tomilarini teshib, tashqi tomondan burtma hosil qiladi. SHu burtgan 
qism asta-sekin kattalashib, leykotsit sitoplazmasi quyilib, oqibatda leykotsit qon 
tomirlaridan tashqarida-emigratsiyada bo‘ladi. Emigratsiyalangan leykotsit to‘qima 
oraliq bo‘shliqlar buylab amyobasimon harakat qilib, yallig‘lanish markaziga o‘tadi 
va I.I.Mechnikov aniqlashicha bakteriyalar, nabud bo‘lgan to‘qima, begona 
zarrachalarga nisbatan fagotsitoz jarayonini bajaradi. Bir qism leykotsit yallig‘lanish 
o‘chog‘idagi moddalar almashinuvini buzilishi natijasida hosil bo‘lgan oraliq 
mahsulotlar tasirida nabud bo‘lib, ko‘plab proteaza, lipaza, katalaza nukleaza va 


boshqa fermentlarni hosil qilib, to‘qimalarni parchalangan qismlarini, bakteriyalarni 
parchalaydi, zararli moddalarni netrallaydi. Sog‘lom qolgan leyksitlar yo to‘qimaaro
suyuqliklar bilan qonga yoki shu erda kechadigan tiklanish jarayonida qatnashadi. 
YAllig‘lanish turi va davriga bog‘liq ravishda har xil vaqtda har xil leykotsitlar 
chiqib, odatda neytrofillar, keyin limfotsitlar, yallig‘lanish oxirida monotsitlar 
chiqadi. Neytrofillar juda chidamsiz leykotsitlar bo‘lib, yuqori osmatik bosim va 
atsidozda ko‘p miqdorda parchalanib nabud bo‘ladi. 
Monotsitlar rN 5.5 bo‘lganida ham o‘zlarini chidamliligini nomoyon qiladi. 
Neytrofillar mikrofaglarga kirib yiringli jarayon hosil qiladigan mikroorganizmlarni 
fagotsitoz qilsa, limfotsit va monotsitlar-makrofaglar parchalangan hujayra 
bo‘lakchalarini fagotsitoz qiladi. Leykotsitlarlarni qon tomirlar devori bo‘ylab 
joylanishini va ularni qon tomirlaridan chiqishini: mexanik, biologik va fizika 
kimyoviy nazariyalar asosida tushintiriladi.
Leykotsitlarni qon tomirlari bo‘ylab joylashinishini tushuntiruvchi mexanikoviy 
nazariyaning tarafdorlaridan A.S.SHklyarevskiyning tushintirishicha leykotsitlarning 
solishtirma og‘irligi engil bo‘lganligi uchun boshqa shaklli elementlar tomonidan 
chetga 
surib 
tashlanadi 
deyilsa, 
I.I.Mechnikov 
tajribalarda 
leykotsitlarni 
og‘irlashtirish maqsadida kinovor qo‘shib qon aylanishini kuzatganida ham 
leykotsitlarni qon tomirlari bo‘ylab joylashishi yuzaga kelavergan. Ikkinchi xil shu 
nazariya tarafdorlarining tushintirishicha leykotsitlar emigratsiyasi passiv jarayon 
bo‘lib, leykotsitlar umum suyuqliklar oqimi bo‘ylab oqib chiqib, qon tomirlaridan 
tashqarida bo‘lib qolar ekan. SHunday bo‘ladigan bo‘lsa nima uchun bir holatda 
netrofillar, ikkinchi holatda limfotsit va monotsitlar chiqadi? SHunday qilib, 
leykotsitlarni qon tomirlar devori bo‘ylab joylanishida mexanik sabablar asosiy o‘rin 
egallamasdan, bu nazariya bu jarayonlarni hosil bo‘lishini tushintraolmaydi. CHunki 
leykotsitlar qon tomirlar devorlari bo‘ylab joylashishi murakkab biologik jarayon 
bo‘lib, leykotsitlarni qon tomirlar devoriga yaqinlashib, uni qon tomirlaridan 
tashqariga chiqib, fagotsitozda qatnashishi aktiv jarayonlar hisoblanadi. 
I.I.Mechnikovning biologik nazariyasiga ko‘ra leykotsitlar emigratsiya qilishini 
musbat xemataksis xususiyati deb atadi. Musbat xemotaksis xususiyati stafilakok, 
streptakok va boshqa moddalardan ular faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan moddalar 
bilan bir kotorda nuklein almashinuvining mahsulotlari, ba’zi bir globulinlar, jigar va 
buyrak oqsillari, go‘shtli pepton bulyooni, ba’zi bir dorivor moddalarga xos. 



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish