Fakultet kengashi raisi: prof. I.R.Kamolov
Kelishildi: O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i:
kat.o’q. N.A.Xolmirzayev
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
“Astronomiya o'qitish metodikasi” 5110200 - Fizika va astronomiya o‘qitish
metodikasi ta’lim yo’nalishida astronomiya o‘qitish metodikasining umumiy
masalalari, xususiy masalalari, amaliy mashg‘ulot masalalari, astronomiyani
o‘qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, shuningdek,
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, muammoli o‘qitish kabi vazifalarni
bajaradi.
Astronomiya o‘qitish metodikasi kursining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim
maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida astronomiyadan bo`lajak
dars beradigan o‘qituvchilar uchun ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar
qo‘yiladi.
Talaba:
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari
uchun fizika va astronomiya o‘qituvchilarini tayyorlaтnishi, talabalar umumiy o‘rta
ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari astronomiya fani
dasturlari bilan tanishib chiqib, o‘rganib chiqishlari, ushbu fanlar bo‘yicha
dasturlarni tahlil qila olishlari, dasturda ko‘rsatilgan astronomik tushuncha, qonun,
kattaliklarning mazmunini bilishi hamda o‘quv amaliyoti davomida o‘quvchilarga
o‘rgata olishi kabi tasavvurlarga ega bo‘lishi;
- olam tuzilishi haqidagi hozirgi zamon tushunchalari bilan qurollangan
bo‘lishi, qutb yulduzli va yorug‘ yulduzlari mavjud bir necha yulduz turkumlarini
bilishi va ularni maktablarda o`uvchilarga o`ita olishi, turli kengliklarda osmon
sferasining aylanishi, vaqtni o‘lchash haqidagi tushunchalar bilan qurollanishi
(yulduz va Quyosh vaqtlari, ulardan biridan ikkinchisiga o‘tish), kalendarlar (eski
va Yangi stil) haqida umumiy tasavvurlar bilan qurollanishi, amaliy astronomiya
predmeti bo‘lmish soat tuzatmasi, geografik kordinatalrni topish, quyosh
sistemasining tuzilishi va dinamikasi tushunishi va ularga doir asboblarda ishlay
olishi hamda o`quvchilarga tushuntira olishi. Kepler qonunlari. Turli astronomik
hodisalar haqida ilmiy tasavvurlar. Astronomik asboblar, ularning ishlash prinsipi
va qurilmalari haqida tushunchalar. Astrofizik metodlar (optik, radio, rentgen,
ultrabinafsha, gamma astronomiya) spektral metod va analiz haqida
tushunchalar.quyosh sistemasining yirik va mayda jismlarining fizik tabiati haqida
hozirgi zamon tasavvurlari. Yulduzlargacha masofalarni ularning radiuslari va
masofalarini hisoblash haqida bilimlar, yulduzlarning rangi, yorqinliklari va
tempraturalari va spektral sinflari haqida ma’lumotlar va ular orasidagi bog‘lanishni
ifodalovchi diagrammalari. Galaktikalar va ularning klasifikasiyalari. Bizning
galaktikamiz tuzili shva aylanishi. Tashqi galaktikalar. Mahalliy galaktik to‘dalar
bo`icha dars ishlanmalar tayyorlash va ularni o`itish metodikasini bilishlari;
O‘tagalaktika va metagalaktika haqida bilishi va ulardan foydalana olishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |