O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'limi vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti tarex yo‘nalishi kurs ishi mavzu: Toshkent shahridagi ziyoratgohlarda me’moriy yodgorliklarning aks ettirilishi


II – BOB. Toshkentning qadimiy masjid va madrasalari



Download 87,33 Kb.
bet5/8
Sana21.07.2022
Hajmi87,33 Kb.
#832781
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ziyoratgohlar

II – BOB. Toshkentning qadimiy masjid va madrasalari
2.1. Xoja Ahror valiy jome masjidi va madrasasi
Ma’lumki, ona tomondan Shayx Xovand Tahurning avlodi bo‘lgan Xoja Ahror (1404-1490) o‘zining yoshlik yillarini Toshkentda o‘tkazgan. Keyinroq Samarqandda madrasa tahsilidan so‘ng Toshkentga qaytib, ziroatchilik va savdo bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Xoja Ahror temuriy Sulton Abu Sa’id (1451-1469) davrida yana Samarqandga taklif qilinib, o‘z hayotining ko‘p qismini shu shaharda o‘tkazgan bo‘lsa-da, Toshkent madaniy-ma’naviy hayotida ham chuqur iz qoldirgan. Shu sababli Xoja Ahror nomi keyingi asrlarda ham Toshkent ma’naviy muhitida muhim o‘rin tutardi.
Toshkentdagi Xoja Ahror nomi bilan bog‘liq ko‘plab masjidlar haqida “Tarixiy jadidayi Toshkand” asarida kengroq ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ular bizga ushbu masjidlarning XIX asrdagi qiyofasini tasvirlab beradi. Xoja Ahror jome’ masjidi esa Toshkent masjidlari orasida alohida ajralib turgan va u shahardagi yirik hamda qadimiy me’moriy inshootlar sirasiga kirgan. Mazkur jome’ masjid 1451 yilda qurdirilgan. Ko‘p o‘tmay, 1454 yilda uning yaqinida Xoja Ahror madrasasi ham bunyod qilingan . O‘z vaqtida ushbu jome’ va madrasaga Xoja Ahror tomonidan Toshkent viloyatida Kuzak, Nayman, Qorasuf yeri, Qorasufi kalon, Bulug‘suf, Oqqo‘rg‘on, Xatnaylik, Hoji dorug‘a, Qo‘ng‘roq, Qoraxitoy kabi yigirmaga yaqin qishloqlardagi mulklar vaqf qilingan edi .
Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Xoja Ahror jome’ masjidi Chorsu bozori boshida, Boboi Obrez qabrining g‘arbida joylashgan va u Ko‘kaldosh hamda Xoja Ahror madrasalari, bozor do‘konlari bilan tutash bo‘lgan. Uning yonidan shahar ichidan oqib o‘tuvchi uchta ariqdan biri - Shayxontahur arig‘i oqib o‘tgan .
“Tarixi jadidayi Toshkand” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xoja Ahror jome’ masjidi binosining shimoliy va janubiy tarafida 22 ta ravoq va 22 ta gumbaz, janubi sharqida esa, 14 ta ravoq va 14 ta gumbaz hamda g‘arb tarafi o‘rtasida bir peshtoq, katta gumbaz va g‘ishtli, burji naqshlangan mehrob, janubiy va janubi-sharqiy tomonida esa darvozalari bo‘lgan. Toshkentdagi Xoja Ahror jome’ masjidi (tarhi 91,0x35,6m, balandligi 20,0 m) kattaligi jihatidan Samarqandagi Bibixonim (tarhi 167/109m) va Buxorodagi Kalon masjididan (tarhi 126,5x81,4m) keyin O‘zbekistondagi eng katta jome’ masjidlarning uchinchisi bo‘lgan .
Turli davrlardagi tabiiy ofatlar, ayniqsa zilzilalardan zarar ko‘rgan ushbu jome’ masjid bir necha bor ta’mirlangan. Xususan, Qo‘qon xoni Sheralixon (1842-1845) davrida Solihbek dodxohning shaxsiy mablag‘i va Xoja Ahrorning vaqf yerlaridan tushgan mablag‘ hisobiga ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan . Masjidning gumbazi Toshkentda yuz bergan 1866 yildagi zilzilada ham qulab tushgan va qayta tiklangan. Muhammad Solihxo‘janing yozishicha, Shayxontahur ko‘chasidan o‘tuvchi Katta ko‘chadagi imoratlar va bozorda, unga yaqin ko‘chadagi do‘konlar hamda Shayx Shibli arig‘idan sharqdagi yerlar Xoja Ahror jome’ masjidi va madrasasining vaqfi bo‘lib, ularni Xoja Ahror avlodlaridan Musaxonto‘ra Sayidxonto‘ra boshqargan.
1884 yilda masjidning atrofi va bozor ichida 102 ta do‘kondan yiliga 120 so‘m, masjid yaqinidagi Solihbek dodxoh avlodlariga qarashli bir saroydan yiliga 120 so‘m jami 240 so‘m vaqf daromadi hisobiga faoliyat ko‘rsatgan. Bu vaqtga kelib vaqf mulklarini boshqarish Sayidxonto‘raning boshqa bir o‘g‘li Mo‘minxonto‘ra qo‘lida bo‘lgan .
Xoja Ahror jome’ masjidi 1885-1888 yillarda o‘lka ma’muriyati tomonidan 13208 rubl mablag‘ sarflanib ta’mirlangan. Jome’ masjidning 1888 yil 29 iyul juma kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Turkiston general gubernatori N.O.Rozenbax (1884-1888), shahar qozilari - Muhiddinxo‘ja qozi, Azizlarxo‘ja qozi, Sharifxo‘ja qozi, Xudoyorxonning Toshkentda istiqomat qilayotgan o‘g‘illaridan Sayyid Aminbek, Sayyid Umarbek, Shahrisabz va Kitob beklari Jo‘rabek va Bobobek hamda boshqa taniqli kishilar ishtirok etgan. Masjidning ochilish marosimida Sebzor daha qozisi Muhiddinxo‘ja Hakimxo‘ja qozikalon o‘g‘li tantanali nutq so‘zlab shaharliklarni qutlagan .
Xoja Ahror jome’ masjidi 1917 - 1924 yillarda, shaharda kechgan siyosiy voqealar jarayonida ham tarix sahifasida qoldi. Xususan, 1917 yil 27 noyabrda Qo‘qonda muxtoriyat e’lon qilingandan so‘ng, 1917 yilning 6 dekabrida Xoja Ahror jome’sida muxtoriyatni olqishlab o‘tkazilgan mitingda minglab toshkentliklar ishtirok etgan edi. Voqea guvohlarining yozishicha, Saidg‘ani Mahmud raisligida va mahalliy siyosiy arboblar - Munavvar Qori Abdurashidxonov, mulla Odil, Sherali Lapin ishtirokida o‘tkazilgan ushbu mitingda 60 ming kishi qatnashgan, masjidning ichki sahni va tomi odamlar bilan to‘lib ketgan .
Ko‘kaldosh madrasasidan 40 metr shimoli-sharqda bo‘lgan Xoja Ahror jome’ masjidi binosi yaroqsiz holga tushib qolgani sababli 1954 yilda buzib tashlangan. Masjid O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 26 yanvaridagi farmoyishiga asosan qayta tiklangan va 1998 yil 16 iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilib foydalanishga topshirilgan . Masjidning XX asr boshidagi qiyofasini esa faqat o‘sha davr fotograflari olgan suratlarida ko‘rishimiz mumkin .
Shu o‘rinda shahardagi Xoja Ahrorning shahardagi boshqa masjidlar to‘g‘risida kengroq ma’lumot berish maqsadga muvofiqdir. Zero XIX asr Toshkent masjidlari haqida so‘z ketganda, shahardagi Xoja Ahror nomi bilan bog‘liq masjidlar haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. Umuman olganda, Xoja Ahrorning Toshkent shahrida jome’ masjiddan tashqari yana bir mahalla masjidi ham bunyod qilgani haqida uning vafotidan oldinroq, 1490 yilda tuzilgan vaqfnomasida ham eslab o‘tilgan . Afsuski vaqfnomada jome’ va mahalla masjidi toshkentliklar orasida mashhurligi sababli ularning chegaralari ko‘rsatilmagani ta’kidlangan. Shu sababli Xoja Ahror XV asr oxirida bunyod ettirgan mahalla masjidi shaharning qaysi qismida bo‘lganini aniq aytish qiyin.
Albatta, bu kabi masjidlarning ayrimlarining bunyod bo‘lishi aholi tomonidan Xoja Ahror va uning izdoshlari nomi bilan bog‘liq deb tushunilgan yoki vaqf mulklari daxlsizligini ta’minlash maqsadida Xoja Ahror nomi bilan bog‘lashga harakat qilingan bo‘lishi ham mumkin. Ayrimlari Xoja Ahrorning vaqf yerlaridan kelgan daromad hisobiga bunyod etilgan bo‘lishi ham mumkin. Lekin Xoja Ahrorning Toshkentda o‘nlab masjidlar bunyod ettirgani ayni haqiqatdir. Xususan, birgina “Tarixiy jadidayi Toshkand” asarida shahardagi o‘ndan ortiq masjid Xoja Ahrorga nisbat beriladi. Ularning 5 tasi Shayxontahur, 4 tasi Beshyog‘och va 3 tasi Ko‘kcha dahasida bo‘lgan. Bu haqda Muhammad Solihxo‘ja shunday yozadi: “Va yana bu ruknda [Shayxontahur dahasi] beshta masjid Xoja Ahror valiynikidir. Ularning ikkisi Havzbog‘ mahallasida bir-biriga tutash bo‘lib, devorlari pishiq g‘ishtdan, shiftlari yog‘ochdan. Ularning har birini alohida bittadan xonaqoh va ayvonlarga ega. Ustunlari ostiga marmar toshlar qo‘yilgan.
Yana biri Bo‘rqi Sarimast valiy [mozori] yaqinida, Xishtmasjid nomi bilan atalgan. U ham pishiq g‘ishtdan bino qilingan, bir xonaqohi va ayvoni bo‘lgan. Yana bir masjid Sho‘rtepa guzarida, u ham pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xonaqoh va ayvondan iborat ”.
Bu dahadagi Xoja Ahror masjidlarining beshinchisi deganda, Muhammad Solihxo‘ja yuqorida tilga olingan, dastlab Shayx Xovand Tahur tomonidan bunyod qilingan Oltinlik masjidini nazarda tutgan.
“Tarixi jadidayi Toshkand” asarida Ko‘kcha dahasidagi Langar, Charmgaron va Mahkama masjidlari ham Xoja Ahror masjidi sifatida tilga olingan (Mahkama masjidiga quyida alohida to‘xtalib o‘tamiz). Jumladan, Xoja Ahror Langar masjidiga o‘z xalifalaridan birini tayin qilgan va masjid hovlisida uning qabri bo‘lgan. Charmgaron masjidi pishiq g‘ishtdan, darvozaxonali bo‘lib, minorasi toshdan qurilgan. Uning hujralarida talabalar istiqomat qilgan.
Beshyog‘och dahasidagi Xoja Ahror masjidlaridan ikkitasi Samarqand darvoza ko‘chasida, bir biriga yaqin masofada joylashgan. Yana bir masjid esa, Ko‘kmasjid deb atalgan va uning ustunlari tagkursisi marmar toshlardan qilingan . Ushbu masjid ayvon ustunlarining rangi ko‘kimtir bo‘lgani sabab keyinchalik u Ko‘kmasjid nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hozirda masjid xonaqoh, unga tutashgan ayvon va darvozaxonadan iborat qismi saqlangan bo‘lib, u XIX asr oxirida toshkentlik aka-uka Nodirmat va Hojimatboy mablag‘iga qaytadan qurilgan. Masjid 1995-1999 yillarda ta’mirlanib atrofi obodonlashtirilgan.
“Tarixi jadidayi Toshkand” asari va arxiv hujjatlarida Chorsu bozori yaqinidagi Gulbozor masjidining bunyod bo‘lishi ham Xoja Ahror nomi bilan bog‘liq. “G” shaklida qurilgan Gulbozor masjidining taxminan XVI asrga mansubligi arxeologik tekshiruvlar natijasida ham aniqlangan. Mazkur masjidni tadqiq etgan A.F.Muhitdinov to‘plagan ma’lumotlarga qaraganda, XIX asr oxiri XX asr boshlarida masjid maktab vazifasini ham bajargan. 1907 yilda masjid maktabida o‘qigan Sh.Muzaffarovning masjid imomi bo‘lgan o‘z tog‘asidan eshitganlariga qaraganda, uning qurilishi XV asrda yashab o‘tgan Shayx Muxtor valiy nomi bilan bog‘liq bo‘lgan va u Xoja Ahror jome’ masjididan ham oldin qurilgan ekan .
Masjid qurilishiga ko‘ra, sodda lekin, katta gumbaz bilan yopilgan bo‘lib, xonaqoh va ayvondan iborat. XX asrning 50-80 yillarida oshxona va turli artellarning omborxonasi bo‘lgan ushbu masjid qurilish uslubiga ko‘ra, Toshkent shahrining qadimiy masjidlaridan biri bo‘lib, arxitektura yodgorligi sifatida davlat tomonidan muhofaza ostiga olingan. Masjid hozirda Chorsu bozori orqa tarafida joylashgan bo‘lib, ta’mirlash va yon-atrofni obodonlashtirish zarur.
Yuqorida nomlari keltirilgan masjidlardan tashqari, 1868 va 1884 yilgi arxiv qaydnomalarida Toshkent shahridagi Balandmasjid, Mahsido‘zlik, Parchabof, Pularig‘, Ko‘nchilik, Xishtmasjid, Temirchilik mahallalaridagi masjidlarning bunyod bo‘lishi ham Xoja Ahror faoliyati bilan bog‘langan.
Uncha ham yirik bo‘lmagan Xoja Ahror madrasasi jome masjid qarshisida, ko‘chaning narigi beti, Shimolida joylashgan hamda bosh peshtoqi masjidga qaragan bo‘lgan. 1451 yil asos solingan mazkur madrasa va uning faoliyati to‘g‘risida kamdan-kam materiallar saqlanib qolgan. XV asr boshlarida juma namozi ado etilganidan so‘ng madrasa supasida saroy a’yonlari, olimlar, ulamolar yig‘ilishib, «qiyomat kunida qayta tirilib, hayot baxsh etilguvchi inson zoti ma’naviy substansiyasi boqiyligi» masalasida bahslashishgan, metafizika sohasiga oid borliq masalalarini muhokama etishgan va hokazo?. XIX asrda Xoja Ahror Valiy madrasasida 80 talaba tahsil ko‘rgani ham ma’lum. Bu davrda uning vaqf mulkini Xoja Ahror Valiyning avlodlaridan biri Musoxon to‘ra Saidxon to‘ra o‘g‘li boshqarib turgan”.
Xoja Ahror madrasasi bir necha marotaba qayta qurilgan, ta’mirlangan va birlamchi asl binodan faqatgina tuzilishi va tashqi o‘lchamlari (32x29) meros bo‘lib o‘tgan, xolos. XX asrning boshlariga kelganda madrasa ikkinchi qavati barham topishi asnosida kvadratsimon hovli tevaragida atigi 20 ta hujra qolgan. Hovlining bosh o‘qi tevaragida ikkita ravoqsimon ayvoncha ham joylashgan edi. Binoning janubi-g‘arbiy burchagida tahoratxona va boshqa qo‘shimcha binolari bo‘lgan xo‘jalik hovlisiga olib chiquvchi torgina yo‘lak – dahliz, madrasaning old tarafida miyonxona ayvoni, g‘arbiy tarafida esa masjid, sharqiy qismida esa darsxona ham joylashgan bo‘lgan. Fasad bag‘alsimon ravoqlari bo‘lgan katta bo‘lmagan peshtoq bilan nihoyalangan, ikki yonboshidagi devorlarida yaxlit ravoqlar ochilgan bo‘lgan. Bir mahallar ulamo ahli bahs-munozalariga guvoh bo‘lgan madrasa supasi yoki tashqi hovlisidan nomu nishon ham qolmagan. XX asr o‘rtalariga kelib Xoja Ahror madrasasi butunlay vayrona holiga kelib qolgan, shuning uchun 1954 yili butunlay buzib tashlangan, chiqqan g‘ishtlari esa Ko‘kaldosh madrasasini ta’mirlashda ishlatilgan.
2014 yili muborak Ramazon oyi arafasida «Xoja Ahrori Valiy» jome masjidi to‘liq rekonstruksiya qilindi. Masjid ichidagi yozuvlar ham yangilandi. Masjiddagi barcha matnlarni 1994 yili Mirobid Mirzarahimov yozgan.


Download 87,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish