O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi farg’ona davlat univerisiteti boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy yo’nalishi


Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi



Download 1,73 Mb.
bet2/4
Sana23.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#404584
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati

2. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 oktabrdagi 214-son qarori
bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom» asosida olib boriladi.
Noshirlik ishi O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviyma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar axborot bozorining faol
ishtirokchilaridan bo‘lgan noshirchilik faoliyatini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib,
sohada keyingi paytlarda juda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu
o‘zgarishlarni bozor sharoitiga mos yangi tashkil etilayotgan nashriyotlar hamda
kitob bozorini to‘ldirib borayotgan eng sifatli, zamonaviy bosma mahsulotlarning
ko‘payib borishi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Zero, mazkur tarmog‘ning
rivoj topishi xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini o‘sishi bilan
chambarchas bog‘liq ekanini hammamiz yahshi bilamiz.
Mustaqillik yillarda ushbu tarmog‘ni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar
qilindi. Eng avvalo sohaning huquqiy asosi yaratildi, qator qonun va qonunosti
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 1996 yilda qabul qilingan «Noshirlik
faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan
«Noshirlik faoliyatini licenziyalash to‘g‘risida Nizom», 2006 yil 16 aprelda
O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № 1561 raqami bilan
ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil 15
martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 29-sonli buyrug‘i
shular jumlasidandir.
Shuningdek, noshirlar malakasini oshirish, sohaning texnik bazasini
mustahkamlash va modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratildi. Bu bevosita
kitoblarning saviyasini, sifatini oshishiga va xalqaro standartlarga mos ravishda
ishlab chiqarilishiga olib keldi.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng sohda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Agar
1990 yilda Respublikada 9 ta nashriyot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning
umumiy soni 105 taga (01.07.2012y. holatiga) etgan (jadval - 1). Agar 1990 yilda
mavjud bo‘lgan 9 ta nashriyotning barchasi davlatga qarashli bo‘lgan bo‘lsa,
bugungi kunda davlatga qarashli bo‘lmagan nashriyotlarning umumiy soni 57 tani
(01.07.2012y. holatiga) tashkil etadi (jadval - 2).
O‘tgan yillar davomida ro‘yxatga olingan nashriyotlarning mulkchilik shaklida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berayotganini kuzatish mumkin (jadval - 3).
Mamlakatimiz kitob bozorlarini sifatli va zamonaviy kitob mahsulotlari
bilan to‘ldirishda davlatga qarashli bo‘lmagan nashriyotlarning alohida o‘rni
borligini ta’kidlash lozim. Chunki, ularning ko‘pchiligi kitob bozoridagi yildanyilga oshib boruvchi talab va ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlashda o‘zlarining
hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.





Matbaachilik (01.07.2012y. holatiga) Matbaachilik sohasida ham


mustaqillik davrida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Amalga oshirilayotgan islohotlar
sohada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun zamin yaratish bilan birga, barqaror
rivojlanishiga keng imkoniyatlarni yaratib berdi.
Mustaqillik yillarda ushbu tarmoqni rivojlantirish yo‘lida sohaning huquqiyme’yoriy bazasini shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi 52-
son qarori, 2002 yil 27 dekabrdagi «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va
hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 454-son qarori,
2006 yil 16 aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № 1561
raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006
yil 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 29-sonli
buyrug‘i shular jumlasidandir.
Davlatimiz tomonidan yaratilgan keng sharoit tufayli matbaa
korxonalarining rivojlanishi, sohaga yangi tehnologiyalarning kirib kelishi bilan
ichki bozorimizdagi matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj qondirila boshlandi.
O‘z navbatida bu jarayon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshib
borishiga ham olib keldi.
Yaratilayotgan keng imkoniyat sababli, so‘nggi yillarga kelib matbaa
korxonalarining soni ham ortib bordi. Agar 1990 yilda Respublikada 149 ta
bosmaxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning soni 1514 taga
(01.07.2012y.holatiga) etgan (jadval-1).
Agar 1990 yilda mavjud bo‘lgan 149 ta matbaa korxonalarining barchasi davlatga
qarashli bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda davlat tasarrufidagi matbaa korxonalarning
soni 21 (01.07.2012y. holatiga) tani tashkil qiladi (jadval – 2, 3).
Iste’mol bozorini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni tartibga solish va sohaning
aynan shu yo‘nalishidagi matbaa korxonalarini texnik va texnologik qayta
jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 noyabrdagi «Respublika iste’mol bozorini
maktab anjomlarining ayrim turlari bilan to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi 1231-son qarori ham qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qaroriga ko‘ra 2010 - 2014 yillar davrida matbaa
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasida
ishlab chiqarilmaydigan va maktab daftarlari, kundaliklar hamda rasm chizish
albomlari tayyorlashda foydalaniladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va
qog‘oz xom ashyosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilishda bojxona to‘lovlari (bojxona
rasmyilashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.
Respublikadagi ichki bozorning turli xil daftar mahsulotlariga bir yillik
ehtiyoji o‘rtacha 200.0 mln. donani tashkil etadi. 2010 yilda ushbu ehtiyoj 56.2
foizga bajarildi. 2011 yildan boshlab bu ehtiyojni ortig‘i bilan bajarib kelinmoqda.
Bundan tashqari daftar mahsulotlarini hamdo‘stlik davlatlariga ham eksport qilish
ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizdagi bosma mahsulotlar bozorining ehtiyojlarini qondirishda
xususiy matbaa korxonalarning o‘rni ortib bormoqda. Chunki, ularning ko‘pchiligi
respublikamiz matbaa mahsulotlari bozorini zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish,
aholining kitob, jurnal, daftar va boshqa matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish kabi muhim vazifani ado etishda o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar.







Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan. 
O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi. 
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi: 
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar');
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr);
- «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust);
- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul');
- «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);
- «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may);
- «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust).

O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.



Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.





Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish