Katabolizmning umumiy yo’llari.
Jonli organizmning jonsiz tabiatdan asosiy farqi uning o’zini o’rab
turgan tashqi muhit bilan modda va energiya almashinuvidir.
Ovqatlanish va nafas olish organizimi tashqi muhit bilan bog’lovchi
omil bo’libgina qolmay balki modda va energiya almashinuvining asosiy
bosqichlaridan hisoblanadi. Ovqatning asosiy komponentlari: oqsil,
uglevod, yog’lar, organizm uchun ham energetik manbai, hamda plastik
material hisoblanadi. Organizmning kundalik energiyaga bo’lgan
ehtiyojining 5,5% uglevodlar hisobiga, 15% oqsil va 30% foizi yog’lar
parchalanish (katabolizma) hisobiga qoplanadi. Katabolizmning umumiy
yo’llari 3 bosqichdan iboratdir.
Birinchi bosqichda uglevodlardan - geksozalar, glyukoza, fruktoza,
galaktoza; oqsillardan - aminokislotalar; yog’lardan -glitserin va yog’
kislotalari hosil bo’ladi. Bu protseslarda ajraladigan energiya miqdori
deyarli ko’p emas va ozuqa moddalar umumiy energiyasining taxminan
0,6-1% ni tashkil qiladi.
Ikkinchi bosqichda monosaxaridlar va glitserin piruvatga aylanadi, yog’
kislotalari esa - atsetil KoA ga, aminokislotalar - piruvatga, alfaketoglutaratga, fumaratga, suksinat va atsetil KoA ga aylanadi. Bu
bosqichda ozuqa moddalardagi taxminan 30% energiya ajralib chiqadi.
Uchinchi bosqichda hosil bo’lgan 4 ta oxirgi mahsulot: atsetil KoA, alfaketoglutarat, fumarat, suksinat limon kislotasi siklida CO2 va H2O gacha
parchalanadi. Natijada ozuqa moddalardan qolgan 60-70% energiya
ajralib chiqadi.
1 molekula glyukozani parchalanishi misolida olib qaralsa, jami 38
molekula ATF, bunda 1-chi bosqichda - 2 molekula pirouzum kislotasi
va 8 molekula ATF sintezlanadi; 2-chi bosqichda - 2 molekula atsetil
KoA, 2 molekula CO2 va 6 molekula ATF sintezlanadi; 3-chi bosqichda
- 4 molekula CO2 va 24 molekula ATF hosil bo’ladi. 9
II.2.Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvi.
Oqsillar odam organizmning sog’-normal o'sishi va rivojlanishida
muhim rol o'ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o'taydi:
plastik va energetik.
Oqsillarning ahamiyati shundan iboratki ular barcha hujayralar va
to'qimalarning tarkibiy qismiga kiradi, ya'ni hujayralarining eskirgan
qismlarini yangilab turishda va ularning ko'payishida asosiy rol
o'ynaydi.
Oqsillar (proteinlar) aminokislotalardan tuzilgan yuqori molekulali
birikmalardir, ular organizmda kislorod ishtirokida, oksidlanib,
parchalanadi va o'zidan energiya ajratadi.
Katta odam kundalik ovqatining tarkibida 80-120 g oqsil bo'lishi
kerak.
1g oqsil parchalanganda 4,1 kkal yoki 16,7 kj energiya ajratadi. Bu
energiya odam tanasi haroratining doimiyligini saqlash, ichki
organlarning normal shakllanishini ta'minlash, odamning harakatlanishi
va har xil ishlar bajarishi uchun sarflanadi.
Oqsillar plastik funksiyasi.
Oqsillar katalitik yoki ferment funksiyasida ya'ni organizmda
biokimyoviy reaksiyalarni tezlashtiradi.
Hujayra va hujayraaro strukturalarning asosiy tarkibini, tog’ay, teri,
suyaklarning asosiy moddasi tarkibiga kiradi.
Oqsillarning himoya funksiyasi.
Yot bakteriyalarga immun tanachalar (antitelolar) hosil bo'lishida
qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |