Qo`laniladigan asosiy metod bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
Dogmatik, reproduktiv metod ;
Tushuntirish, ko`rgazmali;
Rivojlantiruvchi ta’lim;
Muammoli, izlanishli;
Ijodiy metod;
Dasturlashtirilgan ta’lim metodi ;
Dialogli metod;
O`yin metodi ;
O`z-o`zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi;
Axborotli ( kompyuterli) ta’lim metodi
Tashkiliy shakllariga ko`ra pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga bo`linadi:
Hozirgi an’anaviy ta’lim;
Shaxsga yo`naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar;
O`quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar;
O`quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi pedagogik texnologiyalar;
Materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar;
Xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari;
Alternativ texnologiyalar;
Tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar;
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalri;
Mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari;
Texnologiyalarni loyihalash va o`zlashtirish texnologiyalari.
Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo`naltirilganlik bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi:
Fanlar bo`yicha bilim, ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan –axborot texnologiyalar;
Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo`naltirilgan –operatsion texnologiyalari;
Estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo`naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional axloqiy texnologiyalar;
Shaxsning o`z-o`zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo`naltirilgan o`z-o`zini rivojlantirish texnologiyalari;
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan –evristik texnologiyalar;
Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo`naltirilgan amaliy texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi:
Qo`llash darajasiga ko`ra;
Falsafiy asosiga ko`ra;
Asosiy rivojlantiruvchi omiliga bo`yicha;
O`zlashtirish konsepsiyasi bo`yicha;
Shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha;
Mazmun xususiyatlari bo`yicha ;
Boshqaruv turiga bo`yicha;
Bolaga yondashuv bo`yicha;
Ko`p qo`llanilgan metodlari bo`yicha;
Ta’lim oluvchilar toifalari bo`yicha.
Xulosa
Moddalar almashinuvi - tiriklik uchun zarur bo'lgan oziq
moddalarning organizmga kirishi va ular sarflangandan keyin hosil
bo'lgan mahsulotlarning yana tashqi muhitga chiqarilishidan iborat.
Moddalar almashinuvi bir- biriga chambarchas bog’liq bo'lgan holda
ikki ya'ni assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonida o'tadi.
Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o'tishi
assimilyatsiya yoki anabolizm deyiladi.
Bu jarayon natijasida hujayralarning tarkibiy qismlari yangilanadi ular
ko'payadi. Hujayralar eskirgan tarkibiy qismlarining parchalanishi dissimlyatsiya yoki katabolizm. Buning natijasida energiya hosil bo'ladi va bu energiya assimlyatsiya jarayoni uchun sarflanadi.
Oqsillar odam organizmning sog’-normal o'sishi va rivojlanishida
muhim rol o'ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani o'taydi:
plastik va energetik.
Oqsillarning ahamiyati shundan iboratki ular barcha hujayralar va
to'qimalarning tarkibiy qismiga kiradi, ya'ni hujayralarining eskirgan
qismlarini yangilab turishda va ularning ko'payishida asosiy rol
o'ynaydi.
Yog’lar ham oqsillarga o'xshash odam organizmida plastik va energetik ahamiyatiga ega.
1 g yog’ organizmda kislorod ta'sirida oksidlanib, 38,9 kj yoki 9,3 kkal
energiya ajratadi.
Yog’lar ikki xil bo'ladi: hayvon yog’lari va o'simlik moylari. 29
Uglevodlar odam organizmida asosan energiya manbai bo'lib
hisoblanadi. Ayniqsa, jismoniy ish bajarganda ular birinchi bo'lib
parchalanadi va hujayra to'qimalarini, ayniqsa muskullarni ish faoliyati
uchun zarur bo'lgan energiya bilan ta'minlaydi.
Katta yoshdagi odamlar tanasining 50-60%ni suv tashkil qiladi,
yoshlarning tanasida esa miqdor bundan ko'proq bo'ladi. Masalan,
chaqaloqni tana massasining 80% ni suv tashkil etadi. Suv erituvchanlik
xossasiga ega.
Mineral tuzlar odam tanasining barcha hujayra va to'qimalar tarkibida
bo'ladi.makroelementlar Na, Cl, Ca, K P, Fe
Bular qon hujayrasi ayniqsa suyaklar tarkibida ko'p miqdorda bo'ladi.
mikroelementlar Mn, Co, Cu, Ag, kabilar kiradi. Bular qon hujayra va suyaklar tarkibida oz miqdorda bo'ladi.
Vitaminlar organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan biologik
aktiv moddalardir. Ularning juda oz miqdori ham moddalar
almashinuviga kuchli ta'sir etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. N.K.Axmedov “Normal anatomiya, fiziologiya va patalogiya” darslik.
T. 1996 yil.
2. Bahodir Aminov , Turob tolipov 8- sinflar uchun “Odam va uning
salomatligi” “ibn Sino” 2001 yil.
3. B. Aminov. Т. Tilavov, О. Mavlonov„O'qituvchi” nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. TOSHKENT – 2006
4. X. Musayev, G. A. Shaxmurova “Patologik anatomiya” ( O’quv
qo’llanma). TOSHKENT – 2009.
5. www.tdpu.uz – TDPU ning sayti
6. www.pedagog.uz – o’qituvchilar sayti
7. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |