O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli Andijon davlat universiteti


Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi



Download 1,24 Mb.
bet8/18
Sana10.06.2022
Hajmi1,24 Mb.
#651964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi hasharotlar

Bukur chivinlar (Simulidae) oilasi vakillari qon so'ruvchi juda mayda chivinlar bo'lib, gavdasining uzunligi 2-6 mm keladi. Bu chivinlar umumiy ko’rinishidan pashshalarga o’xshash, tanasi tig’iz, elka qismi ko’tarilgan, mo’ylovlari qisqa, xartumchasi qisqa va sanchib-so’ruvchi tipda tuzilgan. Lichinkalari oqar suvda yashaydi. Ular odamlar va uy hayvonlarining ba’zi parazit kasalliklarini, shuningdek, tulyaremiyani tarqatadi.
Ko'krak qismi bukur bo'lgani uchun bukur chivinlar deyiladi. Ayni vaqtda ularning 1000 dan ortiq turi aniqlangan. Bukur chivinlarning rangi ko'pincha qora va ko'kish tusda bo'ladi. Urg'ochilari urug'langandan so'ng oqar suvlar ostidagi o'simliklar va boshqa substratlarga 100-800 tadan tuxumlarini to'p-to'p qilib qo’yadi. Oradan 4-12 kun o'tgach, tuxumdan lichinkalar chiqadi. Ular orqa qorin segmentidagi so'rg'ichlar va ilmoqchalar yordamida suvdagi har xil substratlarga yopishib olib hayot kechiradi. Bosh tomonida joylashgan yelpig'ichsimon tukchalari va qilchalari yordamida suvni filtrlab o'ziga oziq topadi. Lichinka 5 marta tullagach (3 hafta davomida), maxsus pillali g'umbak hosil qiladi va 20-21 kun ichida jinsiy voyaga yetadi. Hayoti davomida 1-3 marta avlod beradi.
Bukuri chivinlarning faqat uig'ochilari qon so'radi, erkaklari esa gul shirasi bilan oziqlanadi. Ayrim janubiy hududlarda ular faqat o'simlik shirasi bilan oziqlanadi. O'rta mintaqada va ayniqsa tayga zonasida qonxo'r bukuri chivinlar ko'p uchraydi.
Urg'ochilari hayvonlarga kunduz kunlari shamol yo'q paytda hujum qiladi. Hayvon qonini so'rib zaharli so'lak ajratadi, bir necha soat o'tgach, hayvon terisi shishadi, harorati ko'tarilib yurak urishi tezlashadi. Ular Sibir yarasi, tulyaremiya, yapon ensefaliti, moxov kasalliklarini, qoramollarda va shimol bug'ularida esa onxotserkoz, qushlarda gemosporidioz kasalliklarining qo'zg'atuvchilarini tarqatadi.
Iskabtoparlar (Phlebotomidae) oilasi vakillari juda mayda bo'lib, tanasi uzun tukchalar bilan qoplangan, uzunligi 1,3-3,5 mm keladi. Ular kichik kapalakchalarga o'xshaydi. Iskabtoparlar kemiruvchilar va boshqa sutemizuvchilar, kaltakesaklar hamda toshbaqalarning inlarida, qushlarning uyalarida, molxonalarda, aholi turar joylarida yashaydi. Ular Yevropaning janubi, O'rta va Janubiy Osiyo hamda Shimoliy Afrikada keng tarqalgan. Markaziy Osiyoning cho'lli mintaqalarida ham ko’plab tarqalgan. Ularning faqat urg'ochisi qon so'radi; erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi. Iskabtoparlar obligat qon so'ruvchi hasharotlar bo'lib, odatda odamlarga, hayvonlarga tunda, issiq va dim paytlarda hujum qiladi. Qonni faqat urg'ochilari so'radi. Tana tuzilishi chivinlarga xos bo'lib, ulardan juda uzun mo'ylovlari bo'lishi va tanasida qalin, qattiq uzun tuklari borligi bilan ajralib turadi. Oyoqlari uzun va ingichka, ayniqsa, oxirgi juft oyog'i ancha uzun bo'ladi. Oyoqlari va qanotlari butun tanasi singari tukchalar bilan qoplangan. Otalangan urg'ochilari tuxum qo'yishdan oldin, albatta, qon so'rishi kerak, shundan keyingina tuxumlari rivojlanadi.
Iskabtoparlar ovqat izlab, 1,5 km dan ko'proq yo'l bosadi. Tuxumlarni qorong'i organik moddalarga boy, zax yerlarga qo'yadi. Bir qo'yishda urg'ochilari 50-70 taga yaqin tuxum qo'yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi chuvalchangsimon bo'lib, tanasi 12 segmentdan tashkil topgan. Lichinkalar chiriy boshlagan organik moddalar bilan oziqlanadi va 4 marta tullaydi. To'rtinchi marta tullashdan keyin g'umbakka aylanadi. G'umbakdan voyaga yetgan hasharot chiqadi. Tuxum qo'yishdan to voyaga yetgunigacha qulay sharoitda 46 kun kerak bo'ladi, noqulay sharoitda rivojlanish muddati juda cho'zilib ketishi mumkin (104-rasm).
Iskabtoparlarning qurtlari organik qoldiqlarga boy bo'lgan joylarda, masalan, g'orlar, daraxtlaraing kavagi yoki sudralib yuruvchilar va kemiruvchilarning inlarida rivojlanadi. Bir yilda ularning ikki avlodi voyaga yetadi.
Iskabtoparlardan Phlebotomus pappatasii turi odamlarga leyshmanioz (pash-shaxo'rda) va pappatachi isitmasi kabi kasalliklarni yuqtiradi.



Shunday qilib, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, chivinlar uy hayvonlari va odamlarning tinchligini buzishi bilan katta ziyon keltiradi. Chivin lardan bezovta bo‘lgan chorva mollarining mahsuldorligi pasayib ketadi. Bezgak chivinlari tropik mamlakatlarda odamlar o‘rtasida bezgak kasalini, ayrim chivinlar virusli Yapon ensefaliti, tulyaremiya kasalligini tarqatadi.


Chivinlarni yo‘qotish uchun ularning barcha rivojlanish davrlarini hisobga ol gan holda, chora tadbirlarni amalga oshirish kerak. Voyaga yetgan chivinlar yoz paytlarida kunduzi qo‘nib turadigan joylarda, qish paytida esa qishlash joylarida har xil insektitsidlar yordamida yo‘qotiladi. Lichinkalari va g‘umbaklariga qarshi kurashish uchun suv havzalari tekshiriladi.
Anopheles lichinkalari sho‘r, kislorodi kam, soya suv havzalarida yashamaydi. Suvi tez oqib turadigan daryo va anhorlarda ham lichinkalari uchramaydi. Chivinlarning lichinkalariga qarshi kurashishda xo‘jalik maqsadlari: uchun keraksiz bo‘lgan kichikroq suv havzalari tuproq bilan ko‘mib tashlanadi. Baliq ko‘paytirilmaydigan va xo‘jalik maqsadlari: uchun ishlatilmaydigan suv havzalariga zaharli kimyoviy moddalar sepiladi, neftlanadi. Neft suv betiga nihoyatda yupqa parda ko‘rinishida yoyilib, lichinkalar va g‘umbaklarning nafas olish teshiklarini berkitib qo‘yadi va ular o‘ladi. Kimyoviy moddalar zarrachalarining kattaligi lichinkalar oziqlanadigan mikroorganizmlardan kichik bo‘lishi kerak, shundagina ular kimyoviy moddalarni yutadi.
Hozirgi vaqtda kurashning biologik usuli rivojlanib bormoqda. Lichinkalar va g‘umbaklari bor suv havzalarida ular bilan oziqlanadigan gambuziya balig‘ini ko‘paytirish yaxshi natija bermoqda. Sholipoyalarni esa uzib-uzib sug‘orish, ya’ni qisqa vaqt ichida suvni chiqarib tashlash yo‘li bilan parazitlarni yo‘qotish mumkin. Bundan tashqari, hovuz suvlarini vaqti- vaqti bilan oqizib turish, suv havzalarining organik chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish