Ishning ilmiy yangiligi. O‘rganilgan mavzu alohida tadqiqot ob’ekti sifatida
tarixshunoslikning zamonaviy metodologiyasi asosida tadqiq qilindi. Bitiruv
malakaviy ishida milliy g‘oya va milliy mafkuramizning ustuvor tamoyillariga
asoslangan holda Amir Temur va temuriylar davri tarixi tarixshunosligi bitiruv
malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilmoqda.
Ishning nazariy-metodologik asosi. Ishda mustaqil O‘zbekiston
Respublikasi milliy istiqlol mafkurasining ustuvor maqsad va vazifalari g‘oyaviy
asos qilib olindi. Tadqiqot ishida ilmiy bilishning xolislik, tarixiylik, o‘zaro tahlil,
ob’ektivlik, tizimlilik va rivojlanish kabi tamoyillariga amal qilindi.
Ishni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
I.A.Karimovning asarlarida, ma’ruza va nutqlarida, davlat va hukumat farmonqarorlarida
ilgari surilayotgan metodologik, ilmiy-nazariy, ma’naviy-mafkuraviy
xarakterdagi fikrlar, dasturiy-konseptual ko‘rsatmalar ham nazariy-metodologik
asos vazifasini bajardi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |