319
Hukmi qazo bud v-in ba dilam bar,
Mahkam az on shud Ki yor yori qazo shud.
Har
chy biguyam zi man nigar, ki nigary,
Aql julo shud zi man,
Ki yor judo shud
47
(Mazmuni: Qalbimdagi og‘ir yuk qazo hukmidir, Shundan yor o‘limning o‘ri bo‘ldi. Nima
desam-da menga boq, boqmasang, Aql ham, yor ham mendan judo bo‘ladi).
Abulhusayn Muhammad binni Muhammad al-Murodiy Buxoriy (vaf.940) Rudakiyning
sevimli shogirdlaridan bo‘lgan qasidanavis shoir bo‘lgan, hatto uning o‘limiga Ro‘dakiyning
marsiyasi ham bor. Uning Abu Aliga bag‘ishlangan qasidasida shunday fikrlar bor:
(Mazmuni)
Sen tirik ekansan, yo‘ldan
hech kim adashmaydi,
Adashgan tayanchini qilich zarbi yemiradi,
Qo‘lingdan saxovat va xalokat yog‘iladi…
48
Yoki:
(Mazmuni)
Boshing kzra o‘lim charx urib turganda,
Hasham va xazinadan foyda nechun
49
.
Bu davr adabiy muhitida Daqiqiy va Farruxiy kabi mashhur shoirlar yetishib chiqqan.
Daqiqiydan so‘ng davlat arbobi va iste’dodli shoir Tohir Chag‘oniy (vaf.992) ijod qilgani
haqida Umar Roduyoniy xabar beradi va «Tarjimonu-l-balog‘a»da muqtazob (iqtizob -
qirqilgan) san’atining go‘zal namunasi sifatida quyidagi baytini keltiradi:
Bar mamlakat
savor nagashty tu az gazof,
V-ozodagon-t banda nagashtand xir-xir.
Edun ba mavqey, ba madoroi ro‘zgor,
K-az nesh no‘sh makiyu v-az boda sherri sher
50
(Mazmuni: Sen davlatda qilichsiz ham sarvar, sardor, Oqsuyaklar senga jabr-sitam ila
tobe’ emas. Hayotda sen haqiqIy mavqega egasan, Sening qahringdan chaqqan ilon zahri ham
beia’sir va sherni bemalol sog‘a olasan)
Abu Mansur Muhammad ibni Ahmad Daqiqiy (929-977) fors mumtoz adabiyotida
mashhurlikda Ro‘dakiydan keyinda turadigan shoirlardan. U haqda Beruniyning «Al osor al-
boqiya», Abulfazl Bayhaqiy (996-1077)ning «Tarixi Mas’udiy», Firdavsiyning «Shohnoma»,
Muhammad Avfiyning «Lubobu-l-albob» (1221), Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», Lutf
Alibek Ozariyning «Otashkada» (1760-61) asarlarida ma’lumotlar bor. DaqiqIy ijodi haqida
V.V.Bartold, I.V.Braginskiy, N.O-.Osmanov, B.F.Lifshits, E.V.Rtveladze va boshqalarning
ishlari ma’lum.
Shoir 950-yillardan Chag‘oniyonga kelgan Abu Ali, Abu Mansur Nasr saroyida
mulozimlik qilgan. Jomiy Daqiqiyning Ushbu to‘rtligini keltiradi:
Man in jo der mondam,
xor gashtam,
Aziz az mondani doim shavad xor.
Chu ob andar shamar bmsyor mond,
U funad girad az oromi bisyor
51
(Mazmuni: Men uzoq turgandan la’natlandim, Bir joyda uzlq qolish hurmatli odamni ham
la’natga botiradi. Axir bir joyda suv ko‘p tursa ko‘lmau bo‘lib, Uning rangi, hidi va tam’i
o‘zganadi). Shoir Nuh ibn mansurning topshirig‘i bilan nasriy «Shohnoma»ni she’rga sola
boshlaydi, biroq uning uch ming baytini yozib ulgurganida, quli tomonidan pichoqlab
47
Юқоридаги асар. – Б.302.
48
Қодиров Б., Муртазонв Б. Чағониён алабиёти (X-XII асрлар) – Т.:
Янги аср авлоди, 2002. – Б.37.
49
Ашъори ҳамасрони Рўдакй. – Сталинобод, 1958. – Саҳ.29.
50
Муҳаммад ибни Умар Родуёний. Тарчумону-л-балоға. (Таҳияи матн, тавзнҳоти Х.Шарифов). – Душанбе:
Дониш, 1987. – Саҳ.27.
51
Жомй А. Баҳористон. – Душанбе: Ирфон, 1966. – Саҳ.88.
320
o‘ldirilgan. Bu asarning «Gushtospnoma» qismi bo‘lib, adabiyot tarixida Daqiqiy manna shu
asarning muallifi sifatida qolgan.
Abulhasan Ali Chulug‘ Farruxiy Seyistoniy (980-1037) davrining go‘zal tabiatli, latif
shoirlaridan bo‘lgan. U haqda Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Avfiy, Davlatshoh Samarqandiy
xabar beradi. U och-nochor holda Seyistondan Sag‘oniyonga yo‘lga chiqadi va Abul Muzaffar
nomiga qasida bitadi, bir faqir bunday go‘zal qasida yozishiga amirning kadxudosi Amid Asad
ishonmaydi, shunda Farruxiy bir kechada boshqa «Dog‘goh» nomli qasida bitgan ekan. Qasidada
ulug‘ shoirni esga olib, «Daqiqiy qabri uzra o‘sgan har bir ko‘kat, seni minglab so‘zlar bilan
ta’riflaydi» deyish bilan qasidachilikda Daqiqiy yo‘lini davom qilganiga ishora bermoqchi
bo‘ladi. Farruxiy amirning she’r bazmida
Ko‘k harirdan yuziga yopgan ro‘molin sabzavor,
Etti xil rang ipaklarin boshga soldi ko‘hsor
deb boshlanuvchi qasida bilan hammaning maqtoviga sazovor bo‘lgan ekan
52
. Muzaffariy ismli
boshqa bir shoir uni «tojiu-l-shuaro» deb ataganini Asadiy Tusiy (1005-1075) «Lug‘ati furs»
asarida keltiradi.
Chag‘oniyon shoirlari faqatgina o‘z davrida, o‘z yurtida adabiy muhit yaratibgina qolmay,
balki somoniylar va g‘aznaviylar sulolasi adabiy muhitiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdilar. Daqiqiy
ijodi Firdavsiy va Adib Sobir Termiziy (1078-1147), Amir Muazziy (1049-?)ga o‘z ta’sirini
o‘tkazgan bo‘lsa, Labibiy an’analari Mas’ud Sa’di Salmon (1046-1122) ijodining shakllanishiga
turtki bo‘lgan. /aznada beruniy ilmiy maktab yaratgan bo‘lsa, u bilan yonma-yon turgan Farruxiy
yirik adabiy maktabning ijodkorlaridan bo‘lgan, u nafaqat hukmdorlarga balki, Beruniy kabi
ulug‘ allomalar nomiga ham qasidalar bitgan.
Do'stlaringiz bilan baham: