O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

Jamoatchilik  fikri  -  tarbiyaviy  ta'sir  ko'rsatishning  eng  muhim  usuli  bo'lib, 
o'quvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini bajarilish natija-lariga qarab muntazam 
rag'batlantirib  borishda  namoyon  bo'ladi.  Jamo-aning  tarbiyaviy  vazifalarini 
ma'lum  bir  yo'nalishda  amalga  oshirilishini  ta'minlaydi,  o'quvchilarning  bir-
birlariga do'stona munosabatini shakllantiradi. 
Pedagogik  ta'sir  ko'rsatish  usullaridan  samarali  foydalanishning  eng  muhim 
sharti  o'qituvchining  insonparvarlik  nuqtai  nazaridan  yonda-shishini  talab  etadi. 
Ushbu  usullar  kasbiy  mas'uliyatni  his  etadigan  yago-na  intilishga  qaratilgan  jonli 
kishilaming  jonli  munosabatidir.  Pedagogik  ta'sir  qilish  o'quvchilar  psixikasining 
anglanmaydigan sohasiga qaratilgan bo'lib, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning 
yaqindan aloqa-da bo'lishini, ularning o'zaro bir-birlariga ishonishini, o'zaro tushu-
nishini,  ta'sir  qilish  mazmuni,  shaxsning  bir  butun  holatiga  amaliy  ta'sir  qilishini 
nazarda  tutadi.  Shunday  qilib,  ta'sir  qilish  ta'lim-tarbiya  samaradorligini  hozirgi 
zamon  talablari  darajasida  takomillashtirib  borishda  yoi-yo'riq  yaratib, 
o'quvchilarning faolligini rag'batlantiradi. 


O'qituvchi  tarbiyalanuvchilarning  o'zaro  tarbiyaviy  ta'sirga  ega  ekanliklarini, 
ularning  o'zaro  kommunikativ  munosabatlari  hamda  faoli-yatlari  o'rtasidagi 
bog'lanishning  mavjudligi,  uning  samaradorligini  belgilashini  unutmasligi  shart. 
O'qituvchi  sinf  jamoasiga  va  alohida  tarbiyalanuvchiga  pedagogik  ta'sir 
ko'rsatishida  muvaffaqiyatlarga  eri-shishi  uchun,  o'quvchilar  orasida  o'zaro 
pedagogik  munosabatlar  tizimini  oqilona  rejalashtirishi  va  psixologik  muhitni 
ijobiy  tomonga  o'zgartirishi  lozim.  To'g'ri  tashkil  etilgan  va  har  jihatdan 
mukammal  bo'lgan,  yosh  avlodning  qalbi  va  ongini  asrashga,  ularni  milliy  va 
umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan pedagogik munosabatlar 
tizimini  tashkil  etish  uchun  o'qituvchi  har  bir  o'quvchi  ruhiyatini  chuqur  bilib 
olishi,  ularning  ichki  imkoniyatlaridan  xabardor  bo'lishi,  axborot  berishi,  fikr 
almashishi,  ular  qayg'usini,  tuyg'ularini  tushunishi  va  hamdard  boiishi  zarur. 
Pedagogik munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o'qituvchi: 
•  o'quvchilar bilan boiajak munosabatni modellashtira olishi; 
•   munosabatda bo'ladigan sinf jamoasi xususiyatlarini oldindan bilishi; 
•  bevosita samimiy va hamjihatlikka asoslangan munosabat o'rnatish; 
•  munosabatda ustunlikka ega bo'lib, uni demokratik talablar asosida oqilona 
boshqarish; 
•  munosabatning ijobiy va salbiy jihatlarini uzluksiz tahlil etib borishi lozim. 
O'qituvchi  tarbiyachi  sifatida  tarbiyalanuvchi  o'quvchilarni  o'zi  uchun 
hamisha  tarbiya  obyekti  deb  hisoblashi  kerak.  Biroq  tarbiya-ianuvchi  o'qituvchi-
tarbiyachi  bilan  erkin  va  ongli  munosabatda  boiishga  erishsagina,  tarbiyaviy 
munosabatlar samarali xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy faoliyatning kommunikativ 
munosabatlar jarayonida o'ziga xos qator  qoidalari ham mavjud bo'lib, o'qituvchi 
o'quvchilarga  pedagogik  ta'sir  ko'rsatishda  ushbu  qoidalarni  mukammal  bilishi 
lozim: 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish