Tayanch tushunchalar: maktab, madrasa, qorixona, daloilxona, otnoyilar
maktablari
Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. XVII-XIX
asrlarda O’rta Osiyoda bir nechta turdagi talim muassasalari (maktab, madrasa,
qorixona, daloilxona, otnoyilar maktablari) mavjud edi. Ayniqsa Qo’qon,
Toshkent, Buxoro kabi shaharlarda ularning soni tez ko’paygan.
Maktablar boshlang’ich talim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish
va o’qish o’rgatilgan, din haqida dastlabki malumotlar berilgan. Madrasalar yuqori
turuvchi o’quv muassasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al-
xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
XIX asrdagi Qo’qon xonlari arxivlarida beklar va xonlar saroylarida sag’ir
(yetim)lar uchun ochilgan maktablar haqidagi malumotlar saqlanib qolgan. Bunday
maktablar davlat mablag’lari hisobiga faoliyat yuritgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |