O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/157
Sana27.07.2021
Hajmi1,47 Mb.
#130038
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157
Bog'liq
tasviriy faoliyatga orgatish nazariyasi va metodikasi moduli boyicha

“pedonom”  rahbarligida  jismoniy  sog‘lom  bo‘lish  uchun  turli  mashqlar  bilan 
chiniqtirilar,  sovuqqa,  ochlikka  va  chanqoqlikka  chidashga,  og‘riqqa  bardosh 
berishga  o‘rgatilar  edi.  Ta’limning  asosiy  qismini  harbiy  gimnastika  mashqlari 
egallar edi. 
 Qadimgi  yunon  tarixchisi,  faylasuf  olim  Plutarx  Sparta  maktablaridagi 
ta’lim-tarbiya haqida gapirib, shunday deydi: 
“O‘qish  va  yozishga  kelganda  bolalarga  faqat  ularning  eng  zaruri  o‘rgatilar 
edi,  tarbiyaning  qolgan  qismi  esa  bitta  maqsad:  hech  so‘zsiz  itoat  qildirishni, 
chidamli bo‘lishni va engish ilmini o‘rgatishni ko‘zda tutar edi”. 
Spartada  ta’lim-tarbiyaning  yana  bir  muhim  vazifasi  yoshlarni  qullarga 
nisbatan  shafqatsiz,  ularni  mensimaydigan  qilib  tarbiyalashdan  iborat  edi.  SHu 
maqsadda  yoshlar  “Kreptiyalar”da,  ya’ni  kechalari  qullarni  tutish  mashqlarida 
qatnashar, shubhali bo‘lib ko‘ringan har qanday illatni (qulni) o‘ldirar edilar. 
YOshlarga  axloqiy  tarbiya  berishda  davlat  rahbarlari  maxsus  suhbatlar 
o‘tkazib, shu yo‘l bilan ularga axloqiy va siyosiy tarbiya berar edilar. SHuningdek, 
bolalarni savol-javob jarayonida aniq, qisqa va lo‘nda qilib javob berishga o‘rgatib 
borilgan. 
Spartada  18—20  yoshga  etganda  yigitlar  “Efeblar”  o‘spirinlar  guruhida 
harbiy xizmatni o‘taganlar. 
Spartada  qizlar  tarbiyasiga  ham  alohida  e’tibor  berilgan.  Ularni  harbiy  va 
jismoniy  tarbiya  malakalari  bilan  qurollantirib  borilgan.  CHunki  erkaklar  jangga 
ketganlarida ular shaharni qo‘riqlab, qullarni itoat saqlashini ta’minlar, ular hatto 
jangda ham qatnashar edilar. 
Afinada  esa  hayot,  tartib,  intizom,  maktab  tizimi  va  undagi  ta’lim-tarbiya 
spartanikidan butunlay farq qilar edi. Qullar xususiy mulk hisoblanar edi. Afinada 
eramizdan  ilgarigi  V—IV  asrlarda  madaniyat  barq  urib  o‘sdi.  Fan,  me’morchilik 
va haykaltaroshlik taraqqiy qildi. 
Afinada  eng  ko‘rkam  va  barkamol  inson  deb  ham  jismoniy,  ham  ma’naviy 
jihatdan  etuk  kishini  o‘zlarirning  “ideali”  deb  hisoblar  edilar.  Bu  ideal  faqatgina 
yuqori tabaqali quldorlarga xos edi. Jismoniy mehnat esa faqat qullarning qismati 
deb hisoblanar edi. 


Afinada bolalar 7 yoshga etguncha uyda tarbiyalanar, o‘g‘il bolalar 7 yoshdan 
boshlab  maktabga  qatnar,  qizlar  esa  oilada  ona  ko‘magida  uy-ro‘zg‘or  ishlariga 
o‘rgatilar  edi.  Afinada  xotin-qizlarning  hayoti  uy  doirasidan  chiqmas,  asosan 
ichkarida o‘tar edi. 
Afinada  bolalar  dastlab  7  yoshdan  13—14  yoshgacha  “grammatist”  (savod 
o‘rgatish  ma’nosida),  “kifarist”  (grekcha  musiqa  o‘qituvchisi  ma’nosida) 
maktablarda  tahsil  olganlar.  Bu  maktablar  xususiy  bo‘lib,  o‘qish  pullik  edi. 
shuning uchun fuqarolarning bolalari bu maktablarda ta’lim ololmas edilar. 
Bu  maktablarda  “didaskol”  deb  atalgan  o‘qituvchilar  mashg‘ulot  olib  borar 
edilar. (men o‘qitaman, degan ma’nodagi “didasko” so‘zidan keyinroq “didaktika” 
— ta’lim nazariyasi kelib chiqqan). 
O‘g‘il  bolalarni  maktabga  qullardan  biri  boshlab  borar  edi,  bunday  qul 

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish