Eksperimental psixologiya fanining
maqsadi
psixologik eksperiment o‘tkazishning malaka va
ko‘nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:
1. Psixologiya fanida eksperiment o‘tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan
tanishtirishdan iborat.
2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor
rivojlanishini o‘rganishdir.
1.2.Psixodiagnostik va eksperimental tekshiruv bosqichlari
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‗yishning 3 bosqichi farqlanadi:
Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‗lgan tadqiqotda olingan
natijalar qayta ishlanadi.
Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki
uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‗rni
aniqlanadi.
1.3. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya turlari
Fan va texnikada diagnostikaning juda ko‗p turlari bor. Masalan: tibbiyot diagnostikasi kasalning
kelib chiqishini o‗rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika – har xil texnika sistemalari, elektron
hisoblash mashinalari, kompYuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni
o‗rgatadi; sport diagnostikasi – jismoniy jarayonlarning o‗zgarish holatlarini o‗rganadi va
aniqlaydi; psixologik diagnostika – shaxs guruhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va
taraqqiyot ko‗rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy jihatdan o‗lchab beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktablaridagi o‗quv-tarbiya jarayoni bolalarning
qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga
qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning o‗z o‗quvchilarini yaxshi bilishiga,
ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‗llashiga bog‗liq.
Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor
«retseptlar»ni bera olmaydi. Bunday ko‗nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular
xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu
haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday
qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmoqchi bo‗lgan psixik hodisalarning
qonuniyatlarini o‗rganing va ularga mos ravishda harakat qiling, deymiz».
Lekin tarbiyachilar bolalar psixologiyasi bo‗yicha bilimlarni juda kam qo‗llaydilar, asosan
o‗quvchilar o‗zlashtirmaganlarida, taraqqiyotdan chetlashish yoxud buzilishlar sodir
bo‗lgandagina foydalanishga harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari
sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi o‗laroq shaxs aktsentuatsiyasining turli ko‗rinishi sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: