280
o 'rtasidagi o 'zaro harakatni o 'rganishda benixoyat kattadir. Masalan, 3 kishidan iborat guruhda
liderni aniqlashda qaror qabul qilish oson kechadi, ammo guruhdagi shaxslar soni qanchalik ko'p
bo'lsa, lider bo'lsa ham bo'Imasa ham qaror qabul qilish va konsensusni topish uchun juda ko 'p
vaqt sarf qilish kerak bo'Iadi. Shundan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, liderelikni aniqlash
va qaror qabul qilish o 'rtasidagi o 'zaro ta 'sirlar guruhdagi shaxslar soniga bog'liq bo'Iadi.
Faktorli eksperimentlar bizga 3 ta alternativ tanlovni beradi ya'ni biz bir holatni yana bir
mustaqil ko 'rsatkichga aylantirishimiz, buning oqibatida uning aniqligini va natijalarning
o'zgarishini Yuqori darajaga ko 'tarishimiz mumkin bo'ladi. Biz natijalarni keng miqyosda olsak
bo'ladi. Chunki faktorlar tarzida katta hajmdagi holatlar va biz aniqligini bilgan, har bir
bosqichda Yuqori effektga ega bo'Igan faktorlar olingan. Shunga ko'ra bizda eng optimal va
bajarilishi muqarrar bo'Igan holat bor. Har safar biz bir holatni to'g'ridan-to'g'ri bir faktorga
aylantirganimiz uchun eksperiment ham qiyinlashib boradi. Lekin bu eksperimentning naqadar
chuqur o'rganishimiz va o'tkazishimiz uchun qulay kontseptsiya sanaladi. Bu albatta uning
Yutuqlaridan biridir.
Faktorli eksperimentning yana bir yutug'I -
uning statistik holatidir.
Faktorli eksperimentda
ma'lum bir holat qaysi tomonga o'zgarmasin, natijalarni o 'zgartirishdan qat 'iy nazar faktorga
aylanadi. Baxolashning o 'zgaruvchanligi esa, pasayib boraveradi. Qanchalik holatlar ko'payib
borsa, biz ularni faktorlarga aylantiraveramiz, baho qanchalik past bo 'Isa, demak biz aniqlagan
har bir farq statistik qiymatga ega bo 'ladi.
Yuqorida aytib o'tilgan Yutuqlar bilan bir qatorda, faktorli eksperimentlarning kamchiliklari ham
mavjud.
Faktorli eksperimentning eng asosiy kamchiliklaridan biri uning juda ko'p vaqt va mablag 'ni
talab qilishidadir.
Bizga ma'lumki, ayrim ko'rsatkichlar boshqa ko 'rsatkichlar bilan aloqaga kirishishi mumkinligi
bois faktorli rejaga tayanib ish ko'ramiz. Chunki faktorli eksperimentga qo'shiladigan har bir
faktor rejadagi qismlarning shunchaga ko'payishiga olib keladi. Shunga ko'ra, faktorli rejalar
benihoyat chegarasiz o'lchovlarga ega bo'lishi mumkin. Har bir qo'shilgan qism qoshimcha vaqt
va e'tiborni talab qilib, bizdan ehtiyotkorlikni va har bir faktorlar qismini tanlamaslikka qaratadi.
Katta masshtabli faktorli eksperimentlarni o'tkazish uchun kerakli resurslar mavjud bo'lmasa,
unda biz bir nechta kichik hajmdagi eksperimentlarni o 'tkazishimiz mumkin. Muammoni
yechishning asosi shundan iboratki, siz mustaqil ko'rsatkichni har xil eksperimentlarga mansub
bo'lishini va ular o'zaro ta'sirga ega bo'lmasligini bilishingiz zaruz. Bu tahminni tekshirish uchun
esa, bizda boshqa imkoniyat ham yo'q. Mana shunday tahminlarga javob izlash uchun ko'pgina
psixologlar real holatlarda keskin yo'I tutishadi. Kichik eksperimentlarni o'tkazib, faktorli
rejalarni qo'llashadi.
Katta faktorli eksperimentlarga yondashuvning yana bir juda murakkab usuli mavjud. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: