INТERFERENSION MIKROSKOPIYa.
Bu metod faza kontrastik metodga o’xshash bo’lib, bo’yalmagan yaltiroq
ob’ektlarni kontrastik tasvirini hosil qilishda qo’llaniladi. Shuningdek bunda hujayrani
quruq holdagi og’irligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun maxsus interferension
mikroskop ishlatiladi. yorug’lik manbaidan kelayotgan nur ikkita parallel shoxchalarga-
yuqorigi va pastkilarga ajratiladi. Pastki shoxcha preparat orqali o’tadi va uni yorug’lik
tulkini fazasi o’zgaradi, yuqorigi shoxchaniqi o’zgarmaydi. Preparatdan keyin, ya’ni
ob’ktiv prizmasida har ikkala shoxcha birlashadi va o’zaro ta’sirlashadi
(interferensiyalashadi). Natijada turlicha kalinlikka va turlicha nur sindirish qobiliyatiga
ega bo’lgan preparatni qismlari turlicha bo’yalgan holda ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |