O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Mukimov


-rasm. Dunyo  mamlakatlarida bug‘doy  yetishtirish ulushi



Download 13,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/240
Sana12.01.2022
Hajmi13,43 Mb.
#353614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240
Bog'liq
donni-qayta-ishlash-texnologiyasi

2-rasm. Dunyo  mamlakatlarida bug‘doy  yetishtirish ulushi. 
 
Dunyo bo‘ylab bug‘doy zaxiralarining eng  past  ulushi Afrika va 
Okeaniyaga  (boshqa  mintaqalarga  nisbatan)  tegishlicha  2,44%  (14,2 
Mamlakatlar miqyosida don yetishtirish 
strukturasi 729,0 mln tonna uchun 



million  tonna)  va  3,8%  (22,4  million  tonna)ga  to‘g‘ri  keldi.  Ushbu 
mintaqalarda  qurg‘oqchilik  iqlimi  qishloq  xo‘jaligi  uchun  noqulay 
hisoblanadi,    bu  mintaqalarda  ko‘pincha  intensiv  dehqonchilik  tizimi 
qo‘llaniladi,  g‘alla  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirish  uchun  asosiy  
e’tibor bular: urug‘chilik, sug‘orish, zararkunandalarga qarshi  kurash, 
agrotexnik    texnologiyalarga  rioya  etish    chora-tadbirlarni  qo‘llashni 
talab qiladi. 
2020-yilga  kelib,  don  yetishtirish  hajmi  dunyo  bo‘yicha  ortishi 
kuzatildi.  Bug‘doy yetishtirish bo‘yicha Osiyo birinchi o‘rinni saqlab 
qolib,  uning  ulushi  43,4  foizni  (311,2  million  tonna)  tashkil  etadi.  
2010–2020-yillar    Osiyo  3,9  foizga  o‘sdi.  2020-yilga  kelib  Yevropa 
jahon ishlab chiqarishidagi ulushini biroz pasaytirdi (- 2,06%), ammo 
ishlab  chiqarish  hajmi  12  million  tonnaga  oshdi.    Amerika,  hanuz  3-
o‘rinda: ushbu mintaqa ishlab chiqarishni 2,72%ga (2,1 million tonna) 
qisqartirdi.  Afrikada va Okeaniyada (global ishlab chiqarishga nisba-
tan) yuqori bo‘lmagan ishlab chiqarish o‘zgarishlari sodir bo‘ldi.  Ushbu 
mintaqalarda ishlab chiqarish 1,25 foizga (10 million tonnadan ortiq) va 
0,70 foizga (7,9 million tonna) oshdi.  Agar 2010–2020-yillarda Afrika 
va Okeaniyada bug‘doy ishlab chiqarishni ko‘rib chiqsak, Afrika ishlab 
chiqarishni deyarli ikki baravarga, Okeaniya esa deyarli 1,5 baravarga 
oshirdi. Bu innovatsiyalar (zamonaviy texnologiyalar, yanada samarali 
boshqarish) va investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, bug‘doy ishlab 
chiqarishni  kapitallashtirishdan  dalolat  beradi.  Bug‘doy  bozoridagi 
vaziyat barqaror bo‘lib, ishlab chiqarishning nisbiy ulushlarida deyarli 
o‘zgarishlar  bo‘lmadi,  demak,  dunyodagi  biron-bir  mamlakat  ushbu 
qishloq xo‘jaligi mahsulotiga ixtisoslashgan emas. 
Ishlab  chiqarishning  muhim  ko‘rsatkichlaridan  biri,  bu  konsen-
tratsiya koeffitsiyenti.  Ishlab chiqarish konsentratsiyasi darajasini tahlil 
qilishda  birinchi  navbatda  bug‘doy  ishlab  chiqaradigan  mam-
lakatlarning soni va ularning umumiy sonidagi ulushi aniqlanadi.   
FAO  statistik  portalining  ma’lumotlariga  ko‘ra,  dunyoda  125  
mamlakatda    bug‘doy  yetishtiriladi.  Bug‘doy  yetishtirishning  10  ta 
yetakchi  davlatlari  69,71%ni,  qolgan  115  ta  mamlakat  esa  yalpi 
hosilning 30,29%ni tashkil etdi.    
Ushbu  10  ta  yetakchi  mamlakat    ulushini  birinchi  3  ta  (Xitoy, 
Hindiston, Rossiya; ular 10 ta yetakchi mamlakat ishlab chiqarishining 
taxminan  55–56%ni  ishlab  chiqaradi).    Shuni  ham  ta’kidlash  kerakki, 


10 
eng  yirik  ishlab  chiqaruvchilar  dunyoning  ko‘plab  mintaqalarida 
tarqalgan  bo‘lsa-da,  aksariyat  mamlakatlar  Osiyoda  joylashgan 
(tanlangan  10  ta  mamlakatdan  4  ta  mamlakat).  Bunga  ushbu 
mamlakatlarda aholining ko‘pligi, qulay agroiqlim sharoiti, shuningdek 
katta ekin maydonlari sabab bo‘ladi. 
2015-yildan  2025-yilgacha  bo‘lgan  davrda  10  ta  eng  yirik 
mamlakatlarning  global  ishlab  chiqarishdagi  ulushining  o‘zgarishi  
kutilmoqda. O‘n  yillik mobaynida ishlab chiqarish konsentratsiyasining 
o‘sishi kuzatildi: o‘n  yillik davr boshida yetakchi davlatlarning ulushi 
69,71%  ni tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 69,30%    o‘n yillik 
oxrida  saqlanib  qolinishi  kutilmoqda  va  bu  ishlab  chiqaruvchilarning 
bozorni  monopoliyalashtirishga  bo‘lgan  intilishidan  dalolat  beradi. 
Xususan,  bu  Osiyo  mamlakatlariga  taalluqlidir,  ular  birgalikda  o‘z 
ulushini 1,65 foizga oshirgan.  Shunga qaramay, hatto 10 ta eng yirik 
ishlab chiqaruvchilar ulushining (0,59%) biroz o‘sishini hisobga olgan 
holda ham bozor ancha barqaror, chunki  yetarlicha uzoq vaqt davomida 
o‘zgarishlar juda katta emas.  Va bu yana bironta ham ishlab chiqaruvchi 
mamlakatlar  bug‘doy  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashmaganligini 
tasdiqlaydi. 

Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish