Xavfli yuklarni tashishga ruxsat olish. Xavfli yuklarni tasniflanishi. Xavfli yuklarni tashishda harakat xavfsizligini ta’minlashning asosiy tadbirlari.
Xavfli yuk deb –materiallar, moddalar, ulardan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqarish va boshqa xo‘jalik ishlari o‘zining xossalari va chiqindilarni alohida holatlari bilan ularni tashish (olib yurish) vaqtida insonlar hayotiga va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi hamda moddiy boyliklarining buzilishiga yoki umuman yo‘q qilinishiga olib keluvchilarga aytiladi.
Xavfli yuklar GOST 19433-88 “Xavfli yuklar”ga asosan ro‘yxati belgilanib sinflarga va toifalarga ajratiladi. Mazkur me’yoriy hujjatga asosan ularning to‘liq, ro‘yxati bo‘yicha modda va buyumlarning tashish, yuklash va tushurish , saqlash vaqtlarida portlash, yong‘in chiqish yoki transport vositalari omborlar, jixozlari, bino qurilmalarni zararlanishi oqibatida odamlarni va hayvonlarni o‘lishiga, shikastlanishiga zararlanishiga, kuyishiga, nurlanishiga, va boshqa kasalliklarga chalinishiga olib kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ayniqsa xavfli yuklarning ta’siridan atrof- muhit ko‘p zaralanishi kuzatiladi.
Transport vositalarida tashilayotgan xavfli yuklar ta’sirida hayvonot olami va o‘simliklarga tuzatib bo‘lmaydigan holatda ta’sir bo‘lishi mumkin. Xavfli yuklar ta’sirida tabiatda sezilarli muvozanatni buzuvchi holatlari vujudga kelishi ularga nisbatan e’tirozlarni keltirib chiqaradi. Misol tariqasida suv havzalariga neft va kimyoviy maxsulotlari chiqindilarni tushishi hayvonot dunyosiga, o‘simliklarni o‘sishiga katta zarar yetkazishi mumkin.
Umuman olganda yuklarni fizik, kimyoviy, biologik xossalariga muvofiq odamlarga, texnikaga, qurilmalarga va atrof ofatlarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘ladi.
Xavfli yuklarninng ro‘yxati bir necha ming nomlar bilan belgilangan. Hamma xavfli yuklar ro‘yxati bo‘yicha turlariga ajratilib BMTning maxsus “Oranjevuyu”(qizg‘ich) kitobiga kiritilgan. Bu kitobni yozilishidan kutilgan maqsad har-xil davlatlarda va tillarda o‘qishni qiyinchaliklarini bartaraf etish uchundir. Sanoati rivojlangan davlatlarda xavfli yuklarning 60% ortig‘ini avtomobil transporti yordamida tashiladi. Xavfsiz tashishni tashkil etishda ilmiy asoslangan xavfli yuklarni tartiblariga rioya qilish judayam zarur bo‘ladi. Afsuski, xavfli yuklarni tashish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘pincha insonlarning hayoti bilan va katta moddiy hamda ijtimoiy zaralarga olib kelishi kuzatiladi.
O‘zbekistonda avtomobil transporti yordamida neft va neft maxsulotlari, gazlar, zararli moddalar, yengil alanga oluvchi moddalar, maxsulotlar kabilar ko‘p miqdorda tashilmoqda. Bularga yana zarar tarqatuvchi moddalarni ham aytib o‘tish to‘g‘ri bo‘ladi.
Xavfli yuklarning turlari
Xavfli yuklar asosan 3 ko‘rinishdagi ta’siriga ega, bularga:
Fizik va ximyoviy xususiyatlar.
Sog‘liqqa zarari.
Atrof muxitga zarari.
Xavfli yuklarni xavfliligiga asos bo‘luvchi holatlarga muvofiq ular 9 ta turga bo‘linadi:
1 turi – portlovchi moddalar
2 turi – gazlar
3 turi – oson alanga oluvchi suyuqliklar
4 turi- yengil alanga oluvchi moddalar (buyumlar, maxsulotlar).
5 turi-ishqorlar
6 turi- zararli va yuqumli moddalar
7 turi-radiatsiya tarqatuvchi moddalar
8 turi-zanglatuvchi moddalar
9 turi-boshqa xavfli modda va maxsulotlar
Xavfli yuklarni tashuvchi transport vositalarini maxsus belgilari bilan belgilash tizimlarini ishlab chiqilgan.Bu belgilarda aloxida ranglar aniq ma’noni anglatilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |