Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi- oldida yalt- yalt etuvchi ko‘k rangli yoki ko‘k va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish bo‘lagida, chiroqlarini doimiy yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq mexanik transport vositalari guruhi.
Bolalar guruhini tashkiliy tashish- yo‘nalishli transport vositalariga daxli bo‘lmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi.
To‘xtash- transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo‘lgan muddatga to‘xtatish (harakatsiz holatga keltirish).
Do'stlaringiz bilan baham: |