shundaki, bir sostavli gaplarda ega ifodalangan bo‘lsa, kesimning mazmuni
eganing mazmuni orqali bilinadi yoki kesim ifodalansa, eganing mazmuni
biror bo‘lakning yashiringani sezilmaydi; grammatik jihatdan ifodalanmagan
bo‘lakni qidirishga hech qanday ehtiyoj bo‘lmaydi, busiz ham fikr-maqsad
to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Agar to‘liq gapda aytilayotgan fikrni ifodalash
uchun zarur bo‘lgan bo‘laklarning barchasi ishtirok etsa, to‘liqsiz gaplarda
«aytilayotgan fikrni ifolalash uchun zarur bo‘lgan gap bo‘laklarining bir qismi
qatnashmaydi. Lekin bu bo‘lak kontekstdan, oldingi gapdan yoki nutq so‘zlanib
12
mumkin. Aslida ular ikki tarkibli gaplarning nutqdagi vaziyat talabiga ko‘ra
qisqargan shaklidir.
Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchidan esa, yuqorida berilgan ta`riflardan
anglashiladiki, bir tarkibli gaplar tarkibidagi bo‘laklarning ifodalanmasligi faqat
ega va kesimga daxldor. To‘liqsiz gaplarni ega bu ikki bo‘lak doirasida chegaralab
bo‘lmaydi. Ularda ikkinchi darajali bo‘laklarni tushirilib qoldirish ham nazarda
tutiladi. Masalan: - ertaga bo‘ladigan anjumanda kimlar qatnashishi ko‘zda
tutilgan? –Hammamiz qatnashamiz, kabi
.
O‘zbek tilshunosligida bir tarkibli gaplar tadqiqot ob`ekti bo‘lgan. Professor
Inomjon Rasulov ushbu mavzuda doktorlik dissertatsiyasi yozgan va «Hozirgi
o‘zbek adabiy tilida bir sostavli gaplar» nomli monografiya yozgan.
9
Biz ham o‘zbek tilidagi bir tarkibli gaplarning mazmun-mohiyatini anglash
va ushbu bobni yozishda I.Rasulovning ana shu kitobidan bevosita foydalandik.
Bir tarkibli gaplarning jahon tilshunosligida va turkologiyada o‘rganilishini
atroflicha o‘rgangan I.Rasulovning qayd etishicha, o‘zbek tilshunosligida bir
tarkibli gaplar haqidagi ta`limotning shakllanishi, uning takomillashuvi rus
tilshunosligi va turkologiyaning shu sohada erishgan yutuqlari bilan bog‘liq.
O‘zbek tiliga oid 1930 yillargacha nashr qilingan adabiyotlarda bu haqda hech
qanday ma`lumot berilmagan. Birinchi marta 1933 yilda A.Yo‘ldoshev va N.Said
tomonidan nashr etilgan «Grammatika. Nahv» (Toshkent, 1933) deb nomlangan
maktab darsligida ayrim ma`lumotlar uchraydi. Ushbu kitobda atov gaplar va
egasiz gaplar to‘g‘risida mulohaza yuritilgan va ular hozir biz mulohaza
yuritayotgan bir tarkibli gaplar sifatida izohlangan, «bunday gaplarda ega
anglashilmaydi, qo‘shni gaplardan ham uni topib bo‘lmaydi», deyilgan. Keyingi
grammatikaga oid darsliklarda, masalan, H.G‘ozievning «Grammatika. Sintaksis»
(Toshkent, 1938) kitobida bu qarashlar takomillashtirib borilgan va qarashlar
kesim hisobiga kengaytirlgan.
9
Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар. – Тошкент: «Фан», 1974.
13
Mana shu tarzda I.Rasulov to o‘z davriga qadar yaratilgan darsliklardagi va
boshqa manbalardagi bir tarkibli gaplarga oid fikrlarni o‘rganib chiqadi, tahlil
qiladi va ularga o‘zining tanqidiy munosabatini bildiradi. Uning asosiy xulosasi
shu bo‘ladiki, bu yaratilgan adabiyotlarda bir tarkibli gaplarga oid ma`lumotlarda
izchillik yo‘q, tizim shakllanmagan. Gaplarning bu turini mualliflar o‘z
qarashlaridan kelib chiqib izohlashgan. Masalan, egasi topilmaydigan, egasi
Do'stlaringiz bilan baham: