nashr qilingan qo‘llanmasida birinchi marta sistemalashtirildi. Bunda bir sostavli
gaplarning shaxsi topilmas, shaxsi umumlashgan va atov gap tiplari ancha
mukammal yoritildi. «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» ning II qismida esa bir sostavli
yoritilgan. Bu fikrlar uning «Grammatika uzbekskogo yazika» (Tashkent, 1948) va
asarlarida bayon qilingan. I.Rasulovning yozishicha, A.N.Kononov tomonidan «bir
sostavli gaplar haqidagi ta`lim takomillashtirilib, alohida sarlavha ostiga olinadi.
Uning shaxssiz gap, shaxsi noaniq gap, shaxsi umumlashgan gap, atov gap tiplari,
ularning ichki ko‘rinishlari til faktlari bilan keng izohlanadi. SHaxsi umumlashgan
gaplardan shaxsi umumlashgan oborotlar farq qilinadi. Vokativ gaplar doirasi keng
izohlanadi».
mansubdir. Bu fikrning to‘g‘riligini nima bilan izohlash mumkin? Garchi olimning
«Hozirgi zamon o‘zbek tili. Sintaksis» (Toshkent, 1961, 1966) asarlarida bir
14
tarkibli gap yo ega, yoki kesim tarkibidan iborat bo‘lishi haqida borgan bo‘lsa-da,
uning «Bir sostavli gaplar sostavlarga ajratilmaydi (ega sostavidan iborat bir
sostavli gap, kesim sostavidan iborat bir sostavli gap deb ajratilmaydi), chunki
bunda bir-biriga nisbat qilinadigan sostavlar yo‘q. Bular o‘z logik-grammatik
xususiyati, strukturasiga qarab, yo ega, yo kesim sostavini eslatadi»,
12
degan fikri
bir tarkibli gaplarning mazmun-mohiyatini anglashda g‘oyatda muhim bo‘lib
hisoblanadi. A.G‘ulomovning yana bir muhim fikri o‘zbek tilining sintaktik tizimi,
ayniqsa, bir tarkibli gaplar hisobiga boyib borayotganligi haqidagi qarashdir.
Anglashiladiki,
A.Yo‘ldoshev,
N.Said,
H.G‘oziev,
A.Ma`rupov,
G‘.Abdurahmonov, A.Kononov, A.G‘ulomov va boshqalar tomonidan sodda
gaplarning ushbu turi haqida bir qancha mulohazalar bildirilgan bo‘lishiga
qaramasdan, ularning hech biri batafsil va izchil holatdagi, keng qamrovdagi
fikrlar emas edi. SHuning uchun ham I.Rasulov mavzuni atroflicha o‘rganish
masalasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va bir tarkibli gaplar sohasida qo‘lga
kiritilgan yutuqlardan foydalangan holda sodda gaplarni ikki tarkibli va bir tarkibli
gaplarga ajratish printsipi, bir tarkibli gaplar va ularning logik-grammatik
xususiyatlari, ularning ikki tarkibli gaplardan farqi va ularni tasniflash tamoyili, bir
tarkibli gaplarning doirasi va tiplari, ularning o‘zaro farqi va o‘xshash tomonlari,
bu tip gaplarning to‘liqsiz gaplardan farqi va nutqda qo‘llanish xususiyatlari,
terminologiyasi kabi qator masalalarni o‘zbek tilshunosligida birinchi marta
monografik yo‘nalishda hal qilib berdi.
Tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha, gap hosil qilishning
muayyan shart-sharoitlari mavjud. Bulardan eng asosiysi va muhimi minimal shakl
bo‘lib hisoblanadi. «Bu minimal forma, - deydi I.Rasulov. – ob`ektiv modallik va
sintaktik zamon kategoriyalarining munosabatini o‘zida ifoda qilib, gapning
grammatik ma`nosini tashkil qiladi». Bu minimal shakl har bir gapda mavjud
bo‘lib, u ega va kesim yoki faqat ega va unga aloqador bo‘lak, faqat kesim va unga
12
Sitata I.Rasulovning yu
қoridagi kitobi 26-betidan olindi.
15
aloqador bo‘lak ko‘rinishlarida ifodalanishi mumkin. Ko‘pchilik holatlarda
Do'stlaringiz bilan baham: