O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana01.04.2021
Hajmi0,53 Mb.
#62325
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
ozbek tilida egasi topiladigan gaplarning stilistik xususiyatlari

aniqmas,  egasi  umumlashgan,  atov,  shaxsi  ma`lum,  shaxsi  topilmas,  shaxsi 

noma`lum 

va 


hokazo. «Bir 

sostavli 

gaplar 

izohi 


A.Ma`rufov 

va 


G‘.Abdurahmonovning  o‘zbek  tilidan  o‘rta  maktablarning  yuqori  sinflari  uchun 

nashr  qilingan  qo‘llanmasida  birinchi  marta  sistemalashtirildi.  Bunda  bir  sostavli 

gaplarning  shaxsi  topilmas,  shaxsi  umumlashgan  va  atov  gap  tiplari  ancha 

mukammal  yoritildi. «Hozirgi  o‘zbek  adabiy  tili»  ning  II  qismida esa  bir  sostavli 

gaplarning izohi yanada chuqurlashtirildi».

10

 



Akademik  A.N.Kononovning  o‘zbek  tiliga  bag‘ishlab  yozgan  ishlarida 

gaplarning  bu  turi  avvalgilarga  qaraganda  birmuncha  keng  va  mukammal 

yoritilgan. Bu fikrlar uning «Grammatika uzbekskogo yazika» (Tashkent, 1948) va 

«Grammatika  sovremennogo  uzbekskogo  literaturnogo  yazika»  (M-L.,1960) 

asarlarida bayon qilingan. I.Rasulovning yozishicha, A.N.Kononov tomonidan «bir 

sostavli  gaplar  haqidagi  ta`lim  takomillashtirilib,  alohida  sarlavha  ostiga  olinadi. 

Uning shaxssiz gap, shaxsi noaniq gap, shaxsi umumlashgan gap, atov gap tiplari, 

ularning ichki ko‘rinishlari til faktlari bilan keng izohlanadi. SHaxsi umumlashgan 

gaplardan shaxsi umumlashgan oborotlar farq qilinadi. Vokativ gaplar doirasi keng 

izohlanadi».

11

 

SHunday  bo‘lishiga  qaramasdan,  o‘zbek  tilshunosligida  bir  tarkibli  gaplar 



nazariyasiga oid birmuncha mukammal qarashlar professor A.G‘ulomov qalamiga 

mansubdir. Bu fikrning to‘g‘riligini nima bilan izohlash mumkin? Garchi olimning 

«Sodda gap» (Toshkent, 1948) va M.Asqarova bilan hammualliflikda nashr etgan 

«Hozirgi  zamon  o‘zbek  tili.  Sintaksis» (Toshkent, 1961, 1966) asarlarida  bir 

                                           

10

 



Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.24-25. 

11

 



Расулов И. Ҳозирги ўзбек адабий тилида бир составли гаплар, -Б.25. 


14 

 

tarkibli gap yo ega, yoki kesim tarkibidan iborat bo‘lishi haqida borgan bo‘lsa-da, 



uning  «Bir  sostavli  gaplar  sostavlarga  ajratilmaydi  (ega  sostavidan  iborat  bir 

sostavli  gap,  kesim  sostavidan  iborat  bir  sostavli  gap  deb  ajratilmaydi),  chunki 

bunda  bir-biriga  nisbat  qilinadigan  sostavlar  yo‘q.  Bular  o‘z  logik-grammatik 

xususiyati, strukturasiga qarab, yo ega, yo kesim sostavini eslatadi»,

12

 degan fikri 



bir  tarkibli  gaplarning  mazmun-mohiyatini  anglashda  g‘oyatda  muhim  bo‘lib 

hisoblanadi. A.G‘ulomovning yana bir muhim fikri o‘zbek tilining sintaktik tizimi, 

ayniqsa, bir tarkibli gaplar hisobiga boyib borayotganligi haqidagi qarashdir. 

Anglashiladiki, 

A.Yo‘ldoshev, 

N.Said, 


H.G‘oziev, 

A.Ma`rupov, 

G‘.Abdurahmonov,  A.Kononov,  A.G‘ulomov  va  boshqalar  tomonidan  sodda 

gaplarning  ushbu  turi  haqida  bir  qancha  mulohazalar  bildirilgan  bo‘lishiga 

qaramasdan,  ularning  hech  biri  batafsil  va  izchil  holatdagi,  keng  qamrovdagi 

fikrlar emas edi.  SHuning  uchun  ham  I.Rasulov  mavzuni  atroflicha  o‘rganish 

masalasini  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘ydi  va  bir  tarkibli  gaplar  sohasida  qo‘lga 

kiritilgan yutuqlardan foydalangan holda sodda gaplarni ikki tarkibli va bir tarkibli 

gaplarga  ajratish  printsipi,  bir  tarkibli  gaplar  va  ularning  logik-grammatik 

xususiyatlari, ularning ikki tarkibli gaplardan farqi va ularni tasniflash tamoyili, bir 

tarkibli  gaplarning  doirasi  va  tiplari,  ularning  o‘zaro  farqi  va  o‘xshash  tomonlari, 

bu  tip  gaplarning  to‘liqsiz  gaplardan  farqi  va  nutqda  qo‘llanish  xususiyatlari, 

terminologiyasi  kabi  qator  masalalarni  o‘zbek  tilshunosligida  birinchi  marta 

monografik yo‘nalishda hal qilib berdi. 

Tilshunoslikka oid ilmiy adabiyotlarda qayd etilishicha, gap hosil qilishning 

muayyan shart-sharoitlari mavjud. Bulardan eng asosiysi va muhimi minimal shakl 

bo‘lib hisoblanadi. «Bu minimal forma, - deydi I.Rasulov. – ob`ektiv modallik va 

sintaktik  zamon  kategoriyalarining  munosabatini  o‘zida  ifoda  qilib,  gapning 

grammatik  ma`nosini  tashkil  qiladi».  Bu  minimal  shakl  har  bir  gapda  mavjud 

bo‘lib, u ega va kesim yoki faqat ega va unga aloqador bo‘lak, faqat kesim va unga 

                                           

12

 Sitata I.Rasulovning yu



қoridagi kitobi 26-betidan olindi. 

 



15 

 

aloqador  bo‘lak  ko‘rinishlarida  ifodalanishi  mumkin.  Ko‘pchilik  holatlarda 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish