Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi


Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 201,5 Kb.
bet4/8
Sana04.10.2020
Hajmi201,5 Kb.
#49647
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ASHUROV RAMAZON 303-GURUH KURS ISHI O'ZB TARIXI

Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati.


Kurs ishidan kasb-hunar kolejlari va akademik litseylarda “O’zbekiston tarixi” fanidan hamda oliy o’quv yurtlari tarix yo’nalishi bakalavri uchun “O’zbekiston tarixi” fanlaridan ma’ruza matnlari tayorlashda, amaliy mashg’ulotlar olib borishda foydalanish mumkin.

I BOB 1945-1985-yillarda ijtimoiy va siyosiy hayot

1.1 Urushdan keyingi yillarda 1945-1985-yillar Oʻzbekistonning iqtisodiy ijtimoiy-siyosiy tuzum


Urushdan keyingi yillarda Oʻzbekiston xalq xoʻjaligining tinch qurilishga oʻtishi murakkab xalqaro vaziyatda kechdi. Urush davrida umumiy dushman fashizmga qarshi kurash antifashist davlatlar va xalqlarni birlashtirgan boʻlsa, urush tugagandan keyin bu ittifoqdagi davlatlar orasida ajralish yuz berdi va ikki oʻrtada sovuq urushlar munosabati boshlanib ketdi.

Urushdan soʻng fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga katta hissa qoʻshgan Oʻzbekiston xalqlari oldida harbiylashgan xalq xoʻjaligini tinch qurilish yoʻliga solish, uni urushdan oldingi darajaga yetkazish va rivojlantirish kabi murakkab vazifalar turardi.

Urush davridagi harbiy-iqtisodiy hamkorlik tajribasi urushdan keyingi vayron boʻlgan iqtisodiyotni tiklash va rivojlantirishda ham gʻarb davlatlari bilan hamkorlik qilish zarurligini koʻrsatdi. Lekin haddan tashqari mafkuralashgan sovet tizimi Respublikalarni xorijiy mamlakatlardan “temir qoʻrgʻon” bilan ajratib, mamlakatni ortiqcha qiyinchiliklar va qurbonga mahkum etdi. Sobiq Ittifoq boshqa mamlakatlardagi tiklanishning ilgʻor tajribalaridan, chet el sarmoyalaridan foydalanishni istamadi. Lekin, ularning bu yutuqlarida chetdan kelgan sarmoyalar ham katta oʻrin egallagan. Amerika Qoʻshma Shtatlarida qabul qilingan “Marshall plani” asosida ajratilgan taxminan 50 mlrd. dollar Yevropa mamlakatlarining iqtisodini oʻnglab, hayot darajasini koʻtarishga, ilgʻor texnologiyalarni joriy etishda hal qiluvchi kuch boʻldi. Sovet davlatining gʻoyat mafkuralashgan iqtisodiy siyosati esa yakkalanib qoldi va bu xalqimizning boshiga ortiqcha kulfat olib keldi.

Oʻzbekiston urushdan keyingi yillarda oʻz xalqining arzon kuchidan, boy xomashyo manbalaridan cheksiz ravishda foydalanishiga asoslangan, kompartiya chizib bergan besh yillik rejalarni bajarishga kirishdi. Bir tomonlama, Markaz manfaatiga boʻysundirilgan Respublika iqtisodiyotini urushdan oldingi darajaga yetkazish va yanada rivojlantirishga qaratilgan vazifani bajarishda oʻzbek xalqining mehnatsevarligi, sabr-toqatli va tinchliksevarligi kabi fazilatlardan foydalanildi.

M.Sodiqov ‘’O’zbekiston tarixi” “ Sharq” Tosh 2010 211-bet

Iqtisodiyot oldiga qoʻyilgan eng muhim vazifalar Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 1946 yil avgustida chaqirilgan 8-sessiyasida qabul qilingan 1946-1950 yillarga moʻljallangan rejada belgilandi. Bunga koʻra, xalq xoʻjaligining barcha sohalariga 3 mlrd. 900 mln. soʻm kapital mablagʻ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Yelektr quvvati ishlab chiqarishga alohida eʼtibor berildi. 5 yilda 8 ta yirik va oʻrta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan 300 000 kv. soat kuchga ega boʻlgan Farhod suv elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi oʻrinda boʻlib, urushgacha Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quvvat beradigan boʻldi.

Qisqa davr oraligʻida, 20-30 yillardagi “sotsializm qurish” azoblari, ayniqsa ikkinchi jahon urush davri qiyinchiliklarini, mashaqqatlarini boshdan kechirgan Oʻzbekiston xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirish yoʻlida ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 foizga koʻpaydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar koʻp edi. Sanoatning xalq xoʻjaligidagi salmogʻi 47,7 foizni tashkil qilgan edi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Boʻzsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.

Oʻzbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, aksariyat hollarda mahalliy sharoit, ijtimoiy ahvol hisobga olinmasdan iqtisodni bir tomonlama, yaʼni oʻlkani xom-ashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi. Sanoat, xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga boʻysundirildi. Sovet hukumatining 1946 yil 2 fevraldagi Oʻzbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish choralari toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekistonda paxta yakkahokimligini kuchaytirish uchun asos boʻldi.

Iqtisodiyotni tiklash ishlari qishloq xoʻjaligida ayniqsa paxtachilikda qiyinchilik bilan oʻtdi. Oʻzbekistonda paxtachilikni rivojlantirish toʻgʻrisida sovet hukumatining urushdan keyin qabul qilgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan asoslanmagan oʻnlab qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmadi, shuning uchun ham kutilgan natijalarni bermadi. 1947-1948 yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949 yildan boshlab ahvol birmuncha oʻzgardi. 1950 yili 2 mln. 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950 yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 soʻm yaʼni avvalgidan ikki baravar koʻp haq toʻlandi. Lekin dehqonchilikning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilganligi oqibatida gʻalla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.

Iqtisodni rejali ravishda rivojlantirish bilan bir qatorda baʼzi ijtimoiy masalalarga ham eʼtibor qilindi. Jumladan, ish haqi oshirildi, harbiy soliq, kartochka tizimi bekor qilindi. Pul islohoti oʻtkazildi, qisqartirilgan ish soati joriy etildi, kundalik istemol mahsulotlarining narxi arzonlashtirildi. Bu tadbirlar pulning xarid quvvatini oshirish imkonini tugʻdirdi. Lekin shunga qaramasdan narx navo hali ancha yuqori edi. 1950 yili Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari 1940 yilga nisbatan deyarlik ikki barobar qimmat edi.

Keng isteʼmol mollarini ishlab chiqarish tobora kamaydi. Ular asosan chetdan keltiriladigan boʻldi natijada Respublika aholisining yengil sanoat, oziq-ovqat mollariga ehtiyoji kuchaydi.

Jumhuriyat aholisining uchdan ikki qismini tashkil qilgan qishloq aholisining moddiy ahvoli achinarli edi. Ularning oylik daromadi oʻrtacha 20 soʻmni tashkil qilgan holda, bu koʻrsatkich ishchilarda 64 soʻm edi. Vaholanki, urushdan keyingi xoʻjalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy ogʻirligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. Oʻzining bogʻ va mevalari bilan mashhur boʻlgan Oʻzbekiston aholisi haddan tashqari koʻp olinadigan soliq tufayli bogʻlaridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga koʻra mol boqib foyda koʻrmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xoʻjaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xoʻjaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi. Bunday zoʻravonliklar urush oqibatlari, vaqtinchalik, oʻtkinchi holat deb tushuntirildi.

50-60 yillarda qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirishga va shu asosda paxta va gʻalla yetishtirishni koʻpaytirish choralari koʻrildi. Oʻzbekistonda uch yil ichida (1953-1955 yy.) 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. 1956 yili Mirzachoʻlning oʻzida sugʻoriladigan maydon 205.000 gektarga yetdi.

Shu yillarda Markaziy Fargʻonani oʻzlashtirish munosabati bilan Katta Fargʻona kanali qayta taʼmirlandi. Toshkentviloyatida Ohangaron suv omborining 2-navbati, Yuqori Chirchiq suv tarmogʻi, Buxoro viloyatida Quyimozor suv ombori, Sirdaryo viloyatidagi Janubiy Mirzachoʻl magistral kanali qurilib foydalanishga topshirildi. 1960 yili respublikada sugʻoriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.

Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral oʻgʻitlardan foydalanishga katta eʼtibor qaratildi. Respublikada 1951 yilda 0,9 mln t. mineral oʻgʻit ishlatilgan boʻlsa, 1980 yilda uning miqdori 5 mln. tonnadan oshib ketdi. Gʻoʻza barglarini toʻkish va zararkunandalarga qarshi kurashda ishlatilgan oʻta zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.)dan haddan tashqari keng miqyosda foydalanish, aholi sogʻligiga keskin yomon taʼsir qildi.

Duniy boʻyicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr.dan, AQSH da 800 gr.dan toʻgʻri kelgan boʻlsa, respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 1989 yil 25-45 kg.dan toʻgʻri keladi. Respublika boʻyicha boʻlsa, bu har bir kishiga 7-8 kg.ni tashkil etdi.

M.Sodiqov ‘’O’zbekiston tarixi” “ Sharq” Tosh 2010 213-bet

Paxta xom-ashyosi yetishtirish 1946-1985 yillarda 5,5 barovar koʻpaydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln. ga. dan ortdi. 1966-1986 yillar maboynida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligiga 45 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, shundan 17,1 mlrd. soʻmi sugʻorish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln. ga. yer oʻzlashtirildi. Oʻzlashtirilgan yerlarda yangi 160 ta sovxozlar tashkil etilgan boʻlib, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xom ashyosi yetishtirildi.

Qishloq xoʻjaligining ekstensiv yoʻldan rivojlantirilishi, totalitar rejimning sugʻorish texnologiyasiga qoʻpol aralashuvi ogʻir ekologik va boshqa turli noxush ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqardi.

1985 yilga keliboq respublikada 900 ta sugʻorish tarmogʻi 92 ming gidrotexnik qurilmalar, 10 mlrd m3 hajmda suv toʻplaydigan 23 ta suv omborlari mavjud edi. 70-80 yillarda suvning tabiiy muvozanatini buzilishi yer, suv, hattoki havoning zaharlanishiga olib keldi.

Mavjud suv zahirasi imkoniyatlaridan ortiq yerlarning oʻzlashtirilishi, togʻ yon bagʻirlariga ekin ekilishi, oʻrmonlarni shafqatsizlik bilan kesilishi, daryo va koʻl suvlarining ifloslanishi hayvonot olamida halokatli oʻzgarishlarni yuzaga keltirdi. Orol dengizi yaqin oʻtmishda dunyodagi eng katta koʻllardan hisoblanib, baliqchilik, ovchilik, transport sohasi yaxshi yoʻlga qoʻyilgan edi. Biroq bir avlod umri davomida bir dengiz quridi. Bir mustabid tuzum rahbariyatining respublikadagi paxta yakka hokimligi siyosati, maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, Orol atrofida favqulodda halokatli ekologik xatarni keltirib chiqardi.

Orol dengizining qurishi 1960-70 yillarda yiliga-18 sm, 1971-1980 yillarda-53 sm, 1981-1985 yillarda-78 sm, 1985 yilga kelib esa-87 sm.ga yetdi. 1961 yildan 1991 yilgacha dengiz haji 3 baravar qisqardi, dengiz oʻz qirgʻogʻida 75-80, baʼzi joylarda 100 km.ga chekindi. 1980 yillarning boshida Orol dengiziga suv kelishi deyarli butunlay toʻxtab, nodir suv makoni quriy boshladi. Bu yerlarda 2 mln. ga tuz va qumdan iborat maydon ochilib qoldi.

Sanoat va qishloq xoʻjaligida yuzaki islohotlar xalqning turmush ahvolida deyarli oʻzgarish yasamadi. Ayniqsa, sobiq ittifoqdagina emas, balki mehnat sharoiti eng ogʻir boʻlgan oʻzbek paxtakorlarining turmush darajasi ayniqsa achinarli ahvolda boʻldi.

Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari “sotsializm uzil-kesil gʻalaba qilgan” davrda aholining jon boshiga hisoblaganda quyidagicha edi: goʻsht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kilogramdan toʻgʻri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Qishloq aholisining isteʼmol darajasi bu oʻrta hisobdan koʻra yana ham achinarli edi.

Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq xoʻjaligini boshqa sohalarini qoloqlikka olib keldi, gʻalla, chorvachilik mahsulotlari, sabzavot-mevaga aholining talabi qondirilmadi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan notoʻgʻri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sugʻoriladigan yerlarda tomorqa hajmi 25 sotihdan 13 sotihga tushirildi. Bu koʻrsatkich joylardagi rahbarlarning oʻzboshimchaligi bilan 10 sotihgacha, Fargʻona, Toshkent viloyatlarida esa, hatto 6-8 sotihgacha kamayib ketdi. Bu holat respublika qishloq aholisining turmush darajasini gʻoyat ogʻir qilib qoʻydi.

80-yillarda kundalik hayotda hammaga kerak boʻlgan mebel garnituri, xolodilnik, sifatli chang yutkich va boshqalarni topish muammoga aylanib qoldi.

50-yillarda sanoat va qurilish, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi tarqoqlikning respublika iqtisodini kompleks rivojlanishiga toʻsqinligi yanada kuchaydi. Respublikaning sanoat va qurilish ishlari uchun huquqi va maʼsuliyati cheklanganligi sababli, 1953 yili respublika ixtiyoridagi korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 31 foizni ishlab chiqargan boʻlsa, ittifoqqa boʻysungan korxonalarga 69 foiz toʻgʻri keldi. 1956 yilida esa sanoat mahsulotlarining salmogʻi 55% foizga koʻtarildi.

Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda xatolarga ham yoʻl qoʻyildi. Xususan Toshkent va Toshkent viloyatida yirik sanoat korxonalari qurilib, sanoat ishlab chiqarish joylashtirishda nomutanosiblikni keltirib chiqardi. 1955 yil dekabrda Oʻzbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi lavozimiga avval Vazirlar Kengashining raisi vazifasida ishlagan Nuriddin Muhiddinov saylandi. Shu davrdagi koʻplab ijobiy oʻzgarishlarda N.Muhiddinovning shaxsan hissasi katta boʻldi. Uning tashabbusi bilan Markaz qaramogʻidagi yuzlab sanoat korxonalari respublika ixtiyoriga oʻtkazildi. 1960 yillarda Oʻzbekiston sanoatida bir qancha oʻzgarishlar yuz berdi. 1959-65 yillar 450 dan ziyod sanoat korxonalari (shundan 150 yirik) va sexlar ishga tushirildi. Toshkent (birinchi navbati) Navoiy, Taxiatosh issiqlik elektrostansiyalari, gazli gaz koni shular jumlasidandir.

1953 yili Setalontepa, 1955 yilda Jarqoq, 1956 yilda Gazli neft konlarining ochilishi natijasida gaz sanoatining moddiy bazasi yaratildi. 1958-1960 yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri qurilishi bilan respublika sanoat korxonalari, shahar va ayrim qishloqlarni gazlashtirish boshlandi.

Respublika aholisining aksariyat koʻpchiligi tabiiy gazga muhtojligini qondirish va butun iqtisodiy ishlab chiqarishini gazlashtirish asosida qayta qurish mumkin boʻlgan sharoitda chetga tabiiy gazni olib ketish avj oldi. Oʻzbekiston tabiiy gazi sobiq ittifoqning Yevropa qismi, Ural, Qozogʻiston, Tojikiston, Boltiq boʻyi mamlakatlari va boshqa mintaqalarga uzluksiz joʻnatib turildi. Vaholanki, tabiiy gaz yetishtirish Respublikada yildan-yilga ortib bordi. Masalan, 1960 yilda 447 mln m3 hajmda tabiiy gaz olingan boʻlsa, 1970 yilga kelib bu miqdor 32 mlrd. m3 ni tashkil qildi.

Rangli metallurgiya sanoati sohasida Ohangaron, Olmaliq havzasi va Zarafshon tizma togʻlar konlari oʻzlashtirildi.

Mashinasozlikning qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan sohasi 1959-1965 yillarda 1952-58 yillarga nisbatan keskin oshib ketdi.

Sobiq SSSRning 50-60 yillarda fan-texnika sohasidagi erishgan yutuqlarida Oʻzbekistonning qoʻshgan hissasi katta boʻldi. Mahalliy aholining mashaqqatli mehnati hisobiga yetishtirilgan qimmatbaho mahsulotlari sovet mamlakatining iqtisodiy va harbiy kuch qudratini oshirishga boʻysundirildi. Urushdan avvalgi yillarda ham, Fargʻona vodiysida uranning bir necha manbalari ochilgan boʻlib, urushdan keyin barcha uran konlari ittifoq ixtiyoriga oʻtkazilgan edi. 1948 yil yanvaridan Oʻrta Osiyodagi uran qidirish tashkilotlari yagona-Krasnogorskiy ekspeditsiyasiga birlashdi. 1951 yil ana shu “10-korxona” deb nom olgan tashkilot bazasida Krasnoxolm ekspeditsiyasi tuzilib, ittifoq geologiya vazirligiga boʻysundirildi. Qizilqumda 50-60 yillarda jami 27 kompleks uran konlari ochildi. Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod shaharlarida bir necha yuz kilometrni tashkil etgan temir yoʻl, avtomobil yoʻllari qurildi.

Urushdan keyingi qiyin sharoitda transport qurilishiga alohida eʼtibor berildi. Amudaryoning chap qirgʻoqlari boʻylab 400 km masofaga Chorjoʻy-Urganch temir yoʻli qurildi. Bu bilan Ashxobad, Samarqand, Dushanbe, Toshkent va boshqa shaharlardan tovar, yoʻlovchi poyezdlari Rossiya orqali Yevropa mamlakatlariga yoʻl oldi.

M.Sodiqov ‘’O’zbekiston tarixi” “ Sharq” Tosh 2010 215-bet

1966-1970 yillarda sanoatda zoʻraki jadallashtirish natijasida yangi (oltin, uran, neft ishlab chiqaruvchi) sohalar rivojlandi. Respublikada kimyo tolasi, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, boshqarishning butkul markazlashtirilishi koʻp oʻtmay samara bermay qoʻydi. 70-yillardan boshlab yildan-yilga sanoat va qishloq xoʻjalik rejalari bajarilmay qoldi.

70-80 yillarning birinchi yarmida xalq xoʻjaligini ishchi kadrlarga boʻlgan talabi ilmiy asoslangan tarzda oʻrganilmadi. Natijada kadrlar tayyorlashni rejalashtirishda jiddiy xatoliklarga yoʻl qoʻyildi, baʼzi sohalarda keragidan ortiq ishchi kadrlar tayyorlandi, boshqa sohalarda, ayniqsa texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlarda mahalliy millat vakillaridan ishchi kadrlar tanqisligi sezilib qoldi.

Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisining soni va tarkibiga, respublika iqtisodiy taraqqiyotiga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatgan. Lekin, 1971 yildan - 1985 yillarga qadar Oʻzbekiston xalq xoʻjaligida ishchi va xizmatchilar soni 2641,5 mingdan 4833,5 ming nafarga koʻpaydi. Biroq, bu oʻsish sunʼiy ravishda, yaʼni respublikamizga tashqaridan koʻplab kishilarni koʻchirib keltirish hisobiga roʻy berdi.

Aholi tarkibida ishchilar soni anchagina oʻsganiga qaramay, respublikamiz bu koʻrsatkich boʻyicha sobiq Ittifoq respublikalari ichida 1979 yilgi maʼlumotga koʻra, 13 oʻrinda turar edi. Oʻzbekiston ishchilar sinfining milliy salmogʻi jihatidan orqada qolmoqda edi. Masalan, oʻzbeklar 1973-1983 yillarda sanoatda 51,1 foizni, qurilishda 46,5 transportda 38,6 aloqada-40,6 kimyo va neft kimyosida 24,9 foizni tashkil qilar edi.

Shu bilan birgalikda ishlab chiqarishda band boʻlmagan aholi soni ortib bordi. Ularning soni 1983 yilda 836 ming nafarni tashkil qildi.

Sanoatning zamonaviy tarmoqlarida “oʻzbek xalqi goʻyo ishlashga qodir emasligi” va shu munosabat bilan koʻp yoshlar ishsiz yurganligi haqida asossiz turli mulohazalar keng tarqaldi. Darhaqiqat respublikamizda 80-yillar oxirida bir mln.ga yaqin ishsizlar bor edi. Biroq, buning boisi ularning ishlash ishtiyoqi yoʻqligidan emas, balki yuqorida taʼkidlanganidek, asosan markazning maxsus yoʻnaltirilgan siyosati tufayli va qolaversa baʼzi mahalliy mutasaddi rahbarlar tomonidan ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullari yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligi, ularning ish joylari, turar joy, bolalar bogʻchalari, hunar-texnika bilim yurtlari bilan taʼminlash imkonini yetarlicha yarata olmaganidandir. Oʻn yillar davomida mahalliy yoshlar orasidan ishchi kadrlar tayyorlash bilan astoydil shugʻullanish oʻrniga milliy gʻururi toptalgan holda Rossiya va Ukrainadan tayyor kadrlar keltirish siyosatini maʼqul koʻrdilar.

Respublika iqtisodiyotini ahvoli, jamiyatni boshqarish usullarini qayta koʻrib chiqishni, ularni yangi sharoitga moslashtirishni talab qilsa ham Oʻzbekiston kommunistik partiya, uning qoʻmitalari, urush davrining ish tajribasini davom ettirib, markazda va joylarda hokimiyatni oʻz qoʻlida mahkam ushlab, maʼmuriy buyruqbozlik tizimini yana ham kuchaytirdi.

Urushdan keyingi yillari partiya va hukumat rahbarligiga nazariy jihatdan kam tayyorlangan, ish tajribasi yetarli boʻlmagan xodimlar keldi. Davlatni boshqaruv tizimida mahalliy xalq vakillari faqat 47 foizni tashkil qildi. Partiyaga qabul qilishga yuzaki, toʻralarcha yondashuv natijasida qabul qilinganlarning koʻpchiligini ishchi va dehqonlar tashkil qilib, ilgʻor ziyolilar, malakali mutaxassislar rahbarlik ishlaridan chetlashtirildi. Oʻzbekiston SSR Oliy va mahalliy kengashlariga saylovlar yuzakilashib, oldindan tuzilgan roʻyxat va reja asosida deputatlikka nomzodlar koʻrsatildi. Saylovchilarning 99,9 foizi ovoz berishda qatnashib, “yakdillik” bilan kommunistlarning vakillariga ovoz berdi. Bu qanchalik haqiqatga toʻgʻri keladi, tushunish qiyin emas. Sovetlar faoliyatida yuzakichilik, qogʻozbozlik kuchaydi. Oliy Savetning, ayniqsa mahalliy sovetlarning sessiyalari vaqtida chaqirilmasdan undagi masalalar koʻpincha muhokama qilinmay yoki hurfikrliliksiz qabul qilinardi. Saylangan sovetlar vazifasini uning ijroiya qoʻmitalari bajaradigan boʻldi. Sovetlarga deputat boʻlib saylanganlarning aksariyat qismi jamiyat taraqqiyotining qonunlaridan xabarsiz, umuman hokimiyatni boshqarish masalalari bilan qiziqmaydigan shaxslar edi. Ayniqsa oliy sovetlarga saylangan deputatlar rus tilida olib borilgan sessiya majlislarida respublika manfaatlarini himoya qiladigan darajada faoliyat koʻrsata olmasdi. Partiya va jamoat tashkilotlarining oliy organlariga aʼzo boʻlib saylanganlar, bu tashkilotlarning anjumanlariga delegat boʻlib borganlar orasida ham oʻz vazifalarini tushunmaydigan, tushunsa ham uni roʻyobga chiqarishni bilmaydiganlar, loqaydlar koʻpchilikni tashkil qilar edi. Bunday deputatlar va delegatlar ichida Respublikamiz nomiga dogʻ tushirganlar ham oz boʻlmadi.

Respublika Oliy Kengashining I chaqiriq deputatlaridan 158 deputat, II chaqiriq deputatlaridan esa 167 nafari qayta saylangan. Bular partiya, maʼmuriy xoʻjalik xodimlari, jamoa xoʻjaligi raislari boʻlgan. Bundan koʻrinadiki, maʼmuriy buyruqbozlik tizimi davrida deputatlik nomenklatura xodimlariga imtiyoz boʻlib xizmat qilgan. Yillar oʻtishi bilan bunday deputatlar ishga toʻgʻanoq boʻla boshladilar.

Partiya, sovet xodimlarining savodxonlik darajasini koʻtarishga qanchalik urinishmasin deputatlar orasida oʻrta va toʻliqsiz oʻrta maʼlumotlilar soni salmoqli ediki, bu respublika Oliy Kengashi faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Baʼzi deputatlar oʻrta maʼlumot bilan Oliy Kengashning doimiy qoʻmitalari aʼzosi ham boʻldi.

30-yillarning ikkinchi yarmidan 1959 yilgacha Sovetlarga Markazdan kelgan rahbar partiya va sovet xodimlarini saylash yoʻlga qoʻyildi. IV chaqiriq Oliy Kengashning 294 deputatidan 16 tasi markaz vakillari edi. Bunday ish yuritish 70 yillardan qaytadan yoʻlga qoʻyildi.

Urushdan keyingi yillarda dunyo xalqlari oʻrtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga Oʻzbekiston oʻz hissasini qoʻshdi, uning xorijiy mamlakatlar bilan savdo va madaniy aloqalari kengaydi. 1958 yili Oʻzbekiston dunyoning 32 mamlakatiga sanoat va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini chiqargan boʻlsa, 1970 yil 76 mamlakat bilan savdo aloqalarini oʻrnatdi. Chet davlatlarga mahsulot chiqarishda Oʻzbekiston sobiq Ittifoqda RSFSR va Ukrainadan keyingi uchinchi oʻrinda turdi. Qorakoʻl teri va paxta tolasidan boshlab, mashinasozlik mahsulotlarining 250 turi toʻrt qitʼaning deyarli hamma mamlakatlariga chiqarildi. Ming afsuski, bu mahsulotlar Oʻzbekiston nomidan emas “SSSRda ishlangan” degan tamgʻa bilan dunyoga tanildi.

Andijon mashinasozlik zavodining mahsulotlari 44 mamlakatga, Toshkent kabel zavodining mahsuloti 27, Chirchiq elektroximkombinati 20, Samarqanddagi “Kinap” zavodi 30 mamlakatga oʻz mahsulotini chiqardi. Koʻp yillar davomida paxta tashqi bozorga chiqarilgan asosiy mahsulot boʻlib, 1953 yildan boshlab Oʻzbekiston paxtasi Amerika Qoʻshma Shtatlari, Meksika, Suriya kabi paxta yetishtiruvchi mamlakatlarning raqobatini yengib yirik kapitalistik davlatlar bozoriga chiqdi va jami 35 davlatning bozorini egalladi.

1960-70 yillari Oʻzbekiston Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun minglab Oliy va oʻrta maʼlumotli mutaxassislar va malakali ishchi kadrlar tayyorlab berdi. 1961 yili Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) qoshida chet elliklar uchun tayyorlov boʻlimi ochildi. Oʻzbekistonning minglab mutaxassislari koʻpgina mustaqillikka erishgan mamlakatlarning iqtisodiyotini rivojlantirishga oʻz hissalarini qoʻshdi. Oʻzbekistonlik mashinasozlar, paxtakorlar, suv xoʻjaligi inshoatlari va ipakchilik mutaxassislari koʻp mamlakatlarda oʻzlarining boy tajribalarini tashviqot qildilar. Misrdagi Asvon va Xelvonn suv inshoatlari, Afgʻonistondagi Jalolobod kanali va Kubadagi sanoat qurilmalarida Oʻzbekiston mutaxassislari ham ishtirok qildilar.

“Feodalizmdan sotsializmga sakrab oʻtish” mumkinligi toʻgʻrisidagi marksistik taʼlimotni Oʻzbekiston misolida isbotlash maqsadida, Osiyo va Afrika davlatlari uchun sotsializmning tajriba maktabi sifatida uning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengaytirildi, delegatsiyalar almashish borasida ishlar jonlantirildi.

1947-1955 yillari dunyoning 46 mamlakatlaridan, shu jumladan ilgʻor taraqqiy etgan davlatlardan 180 delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Ana shu davrda sobiq ittifoqning delegatsiyalari tarkibida 200 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolari xorijiy mamlakatlarda boʻlib qaytdi. Bundan tashqari saʼnat va adabiyot xodimlari oʻrtasida delegatsiyalar almashildi. Bu tadbirlar natijasida bizning oʻlkada “kazarma sotsializmi” oʻrnatilgani ham oshkora boʻldi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari Oliy sudining aʼzosi Uilyam Duglas Oʻzbekistonda boʻlib qaytgandan keyin “Luk “ jurnalida Oʻrta Osiyo respublikalaridagi hayotda Fransiyaning mustamlakachilik tamgʻasi koʻrinayapdi deb yozadi. Mahalliy matbuotda bunga tuxmat deb qaraydi.

Oʻzbekiston xalqaro birodorlashgan shaharlar uyushmasiga aʼzo boʻldi. Toshkent, Pokistonning Karachi, Liviyaning Tripoli, Hindistonning Patiala, AQSHning Siyetl, Marokashning Marokash, Yugoslaviyaning Skople shaharlari bilan birodarlashdi. Oʻsha davrning muhim muammolari boʻyicha Toshkentda xalqaro yigʻinlar, uchrashuvlar va ilmiy kengashlar chaqirildi. Jumladan, 1959-72 yillarda oʻttizdan ortiq ilmiy sessiya va kengashlar boʻlib oʻtdi. 1958 yilni kuzida Toshkentda 37ta Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining anjumani oʻtdi va bu yerda “Toshkent ruhi” yuzaga kelib, xalqaro miqyosda Oʻzbekistonning mavqeini oshirdi.



Download 201,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish