Sitoplazma harakati
Hamma tirik hujayralar uchun ichki borliqining harakatlanib turishi xosdir. Masalan: sodda organizmlar yolg’on oyoqchalar - psevdopodiyalarni va plazmatik xivchinlar hosil qilib harakatlanadi. Bu harakat sitoplazmaning harakati natijasida yuzaga keladi.
Qattiq qobiqli harakatsiz hujayralarda katta molekulalar sintezlanayotgan joyga qurilish materialini tashish va hosil bo'lgan mahsulotni hujayraning boshqa yerlariga olib o'tish bilan bog’liq. Ya'ni bunday hujayralarda sitoplazmaning harakati hujayra ichi transporti bilan bog’liq.
Hujayralarda sitoplazmaning harakati birlamchi va ikkilamchi bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |