Tashqi apparatning membranausti tuzilmalari
Bunga plazmatik membrana ustida joylashgan tuzilmalar kiradi. Bulardan biri glikokaliks bo'lib, hayvon hujayralarida yaxshi taraqqiy etgan, o'simlik hujayrasida kamroq uchraydi. Uning tarkibiga membrananing periferik oqsillari, glikolipidlar va glikoproteinlar kiradi. Glikokaliks tashqi muhit bilan aloqada bo'lgani uchun hujayra tashqi apparatning muhim resteptorlik vazifasini bajaradi. Glikokaliksning tuzilishi xar bir hujayra uchun muayyan bo'lib, takrorlanmaydi, shunga qarab hujayralar bir-birini tanib oladi. Ichak epiteliysi yuzasidagi mikrotukchalar orasida joylashgan glikokaliks hujayra usti hazm qilish jarayonida ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |