Plazmatik membrananing o'sishi
Hujayra lar bo'linishidan so'ng yangi hujayralar o'sadi, hajmi ortadi va demak ularning membranasi ham kengayadi. Plazmalemmaning yuzasida doimiy ravishda lipid va oqsil molekulalarining yangilanib turishi kuzatiladi. Plazmatik membrana yangilanib turishi Golji apparati xisobiga amalga oshadi. Golji apparati hosil bo'lgan pufakchalar plazmatik membranaga kelib, bu yerda bir-biri bilan qo'shilib yangi membranani hosil qiladi. Bu jarayon asosan plazmatik membrananing shikastlanishida ro'y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |